«Kafansiz ko'milganlar» 31
~ • " "
- Mana shu xotin hozir Kalimada. O'n yil mudda-
tini tugatdi. Qamoqdan chiqdi. Xohlagan joyingga ke-
tishing mumkin, deyishdi. Ammo men Toshkentga
xursand bo'lib qaytdim-u, u qaytishni istamadi, o'sha
yerda daiyo portida ishga kirib qoldi. Nega? Tug'ilgan
yurtini u sog'inmaganmi yoki kechganmi? Ey, kim o'z
tug'ilgan yurtini sog'inmaydi, undan kechadi. Tojixon
baloni biladigan xotin edi. O'zi emas, hatto menga
ham Toshkentga qaytishni maslahat bermagan edi. U
hukumatning yuksak idoralarida ishlagan, siyosatini
tushungan xotin edi. Abdurayim, Toshkentga borishni
orzu qilsang, bilib qo^, o'rgangan bu joyingdan ham
ajrab qolasan. Bir marta xalq dushmani nomini olding-
mi, boldi, seni omon qoyishmaydi. Bir bahona topib
yana qamashadi, yoki boshqa yoqlarga surgun qilis-
hadi, degan edi, mana, aytgani boldi. Men uning gap-
lariga ishonmay, bola-chaqani bir ko'rsam, armonim
yo'q, nima, bu xotin payg'ambarmi, deb shubha bilan
qaragan edim, u esa baloni bilarkan, yana nima dedi
deng: - Men bu gaplarni havodan olib aytayotganim
yo'q, tarixning sabog'idan olib gapiiyapman. Yigirman-
chi yillarning boshlarida oz-muncha ziyolilar, huku-
mat rahbarlari dushman deb olimga, ayrimlari sur-
gun, qamoqlarga hukm qilinmadi. Xo'sh, nima boldi?
30-yillarga kelib surgun qilinganlari qayta qamaldi,
qamoqdagilari esa otildi. 30-yillarning boshida qamal-
ganlar qamoqdan chiqarilmay 1937-yilda qaytadan
dushman sanalib, otib tashlandi. Sen bilan bizning
taqdirimiz ham shunday. Xalq dushmani deb nomimiz
bir qora boldimi, endi hukumat bizga ishonmaydi. Otib
tashlamasa ham quvilganimiz quvilgan! Tojixon bu
gaplarni karomat qilganday aytgan ekan, to'g'ri chiqdi.
Mana, qamoqning ham, surgunning ham muddatini
otadim. Biror gunohim yo'q, nimaga qamashdi? Tosh-
kentga kelib ko'rgan rohatim bir necha oy ham emas,
bir necha kun bola-chaqamning oldida bo lib diydorini
32 Shukrullo
ko'rganim bo'ldi. Hali toyganim ham yo'q, mana yana
qamashdi. Taqdirim endi nima boladi?
Gapini davom ettirolmay, ho'ngrab yig'lab yubordi.
Sho'rlikning asablari tamom bo'lgan edi.
Uning ahvolini ko'rib, gaplarini eshitganimdan keyin,
meni qanchaga qamaydilar degan tashvishni o'ylash-
dan ham ko'ra, bu adolatsizliklarga qarshi qandaydir
nafrat, taqdirga tan berishdek qandaydir jur'at paydo
bola boshladi. Uning bu gaplarini eshitgan mahbus-
lar, garchand o'zlarining mutlaqo aybsiz ekanliklarini
bilsalar ham oylab, yillab davom etgan tergov azoblari,
zo'rlab qo'yilgan aybnomalar oqibatida bu yerdan eson-
omon, erta-indin, haq joyiga qaror topib, qutulib chiqish
emas, Xudoning marhamati bolib, kamroq muddat
olish, besh yil, o'n yil bolsa ham bir kun bola-chaqa bi-
lan olmay qaytadan diydor ko'rish nasib bolishi haqida
oyiardilar. Taqdirga tan berib qolgandilar.
Ammo-lekin, men buni tan olish emas, oyiab-oy-
lab bunday bolishiga ko'nika olmasdim. Tergovchilar
qanchalik zo'rlab asossiz gunohlarni bo'ynimga qo"y-
masin, o'n yil, 25 yil u yoqda tursin, hatto qamoqda
yotishim mumkin emas, menda gunoh yo'q, erta-in-
din meni chaqirib, sen ozod holding, deyishlari ke-
rak deb oyiardim. Axir, mening gunohim nima? Sen
dindor, dinni targ'ib qilgansan deb qamasalar, axir,
men Bo'rixovdek domla ham emasman! Yoki bo'lma-
sa, qoltig'i tagiga nina bilan «es-es» deb yozilgan ne-
mis soldati Loran ham emasman-ku! Axir, nemis fa-
shistlarining ustidan g'alaba qilinganda, uni quvonch
ko'z yoshlari bilan qarshilab, g'alaba sha'niga hamdu
sanolar to'qigan shoirlardan biri men edim-ku! Nahot
endi o'zim nafratlagan, o'z qarindosh-urug'larimning
kushandasi bo'lgan fashist soldati bilan teng qilinib,
hamtovoq bolib, bir xonada teng nafas olishga mu-
nosib ko'rilsam. Nahotki, gunohim shunchalar og'ir!
Nahotki, men shunchalar dushmanlik qilgan bo'lsam!
|