Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

Tangrining qahri 
Bugun meni shunday bir xonaga kirgizishdiki, Xu-
doning oldida nima gunoh qilgan ekanman, bilmadim, 
kameraga emas, xuddi do'zaxga kirib qoldim deb 
ladim. Bu kamera boshqalarga nisbatan bir muncha 
keng bolishiga qaramasdan, kirish bilan shunday 
bir qolansa hidga to'g'ri keldimki, dimoglarni yorib 
yuborgudek bo'ldi. Chidab turib bolmasdi. Xuddi it, 
mushukning o'ligining ichiga kirib qolgandek boldim. 
Kameralarning maxorka tutuni, qirq daraja issiqdan 
chiqqan odamlarning teri, bir burchakdagi hojat qili-
nadigan tuvakning aralash sassig'iga o'rgangan odam 
ham bunga o'qchimay chidashi qiyin edi. 
Kameradagi sementga qoqilgan ikki-uch temir ka-
rovatlar bo'sh bolib, bir burchakdagisida kimdir orqa 
o'girgancha, qimirlamay yotardi, oyoq tomonida mis 
tuvak (parash) turardi. Ko'rpa-yostig'imni karavotga 
tashlagancha, yozish ham ko'nglimga sig'may, xayolga 
tolgancha otirdim. Sassiqdan o'qchiq kelardi. Qayerga 
qochasan! Nima iloj! Balki meni jazolash uchun shu 
kameraga kirgizishganmi? Inson nimalarga ko'nik-
maydi, nimalarga bardosh bermaydi! Tutqunlik! 
Bu yotgan odam kim? Kameraning bu sassig'iga 
qanday bardosh qilib yotibdi. Nega indamaydi? Qa-
moq odaticha, kameraga biror yangi mahbus kirgu-
dek bo'lsa, tashqaridan biror xabar aytarmikan, bi-
ror dardkash topildi degandek umid bilan qaralardi. 
Bu odamdan sado chiqmasdi. Tirik, o'likligini bilish 
uchun tepasiga bordim. Yo tavba, butun sassiq shu 
odamdan kelardi. Ko'zini yumgancha o'zicha nima-
larnidir pichirlardi. 70 - 75 yoshlar chamasidagi bu 
odam o'girilib menga qaradi-yu bir og'iz gap aytmas-
dan ko'zim yana yurnib oldi. Bir oz jimlikdan keyin, 
yig'i aralash o'zicha nola boshladi: 


52 
Shukrullo 
Xudoyo ohu - vovaylo, 
O'zimdan bo'lmadim ogoh! 
Karomat qilmasang, Alloh, 
Oro yo'llarda qolg'onmati!.. 
U buni qandaydir ohang bilan aytardi. 
Menga aytgan birinchi gapi: - Sen kimsan? - degani 
bo'ldi. Kimligimni aytdim. Eshitdi-yu, go*yo men unga 
davo bo'ladigandek yolg'iz yotib yig'ilib qolgan hasrat-
larini bir olam ko'z yoshlari bilan ayta boshladi: 
- Bir oyog'im go'rda, bir oyog'im to'rda, yetmish-
dan oshgan vaqtimda qayoqdan men dushman bo'lib 
qoldim! Oliklarim qayerda qolib ketadi endi. O'zim 
savodsiz bir ko'knori, giyohvand odam bo'lsam, bu 
ahvolda ajalimdan oldinroq, sud qilmaslaridanoq 
o'lib ketaman-ku! Oyoqlarim turishga yaramaydi. 
Turg'azishga yordamlash, peshonam sho'r ekan. 
Qaysi gunohimga Xudo bu kunga soldi! Tuvakka o'ti-
rishimga yordamlash, nima chora, ichim buzilgan... 
Bu ahvolda erta-indin o'lib qolaman. 
Haqiqatan ham oyoqlarining tizzalari shishib ket-
gan, qo'ltiqtayoqsiz yurishi qiyin edi. 
Men uni turishiga yordamlashdim, uning butun 
vujudidan sassiq kelardi. Tuvakka o'tqazdim. O'zini 
o'zi eplolmasdi, uni tozalashga yordamlashdim. Meni 
duo qilib, o'z holidan o'zi Xudoga nola qilardi. Gunoh-
lariga kechirim so'rardi. Men esa uning bu nolalarini 
tinglab, bu ko'rgulik, bu xo'rliklar mening qaysi gu-
noh, qay shaddodliklarimga bo'ldi, balki gunohlarim-
ni yengillashtirish uchun meni buning oldiga kiritdi-
mi deb oVlardim. Shu xayollar ko'nglimdan o'tarkan, 
kameraning kishini o'qchitib, ko'ngilni behuzur qi-
luvchi badbin bo'ylari ham dimog'imdan ko'tarilgan-
dek, bu begona xuddi awaldan qadrdondek, undan 
jirkanish o'rnini qalbimda uyg'ongan qandaydir achi-
nish, savob degan his egallay boshladi. 



53 
Savob?.. Bu nima? 
Bizning eng katta gunohimiz savobni unutganimiz 
craasmi! 
Savob nima! Savobni bilmagan odam xolisanil-
lo birovning yukini yengillashtirishga ham hissa 
qo'shadimi? Savob bu - insonga mehribonlik hissidan 
tug'ilgan, yaxshilikka yaxshilik qaytishiga ishonish 
e'tiqodi emasmi? Savobga ishonish kishini gunohdan, 
shafqatsizlikdan qaytarmaydimi? Insonni insofga kel-
tiradigan narsa, balki shu savobga ishonishmikan! 
Men bu mo'ysafidni suyab joyiga o'tqazdim. U 
shunday bir ruhiy holatda ediki, men kimman, nima 
qilib bu yerga keldim, hatto buni so'rash ham uni qi-
ziqtirgani yo'q. Uning xayolida nimalar kezardi? 
Lekin bu odam menga tanish, qayerdadir ko'rgan-
man. Eslashga ham, so'rashga ham ulgurmay o'zi 
gap boshlab qoldi: 
- Bolam, senga rahmat, meni bu ahvolimga chi-
dashing qiyin, nima chora, Xudo qildi! Bu ahvoldan 
qutulib, o'lmasligim uchun bitta chora bor. Sendan 
iltimos, men o'rischa gaplasholmayman, boshliqla-
rini chaqirib tushuntir, tintuv vaqtida olib qo*ygan 
ko'knorimni qaytarib berishsin, bo'lmasa ich keti-
shini to'xtatish qiyin. Bu ichketar ko'knorini yema-
ganimdan. Bu ahvolda ikki-uch kun ichida holdan 
toyib, shisha boshlayman, shish boshlandimi, bu 
endi o'lim degan so'z. Shu yerda oliklarim qolib ket-
masin, nachalnigiga tayinla, ko'knorimng hamma-
sini qo'limga bermasalar ham, awaliga yetti ichim, 
uni ertasiga yana kamroq, asta-sekin, kundan kun-
ga me'yorini kamaytira borib, shu yo'l bilan bir hafta 
ichida ko'knori ichishdan qutulishim mumkin. Bu 
sharoitda tashlamay ilojim yo'q. 
Men uning iltimosini qamoq boshliqlariga ayt-
dim. Bilmadim, qamoq boshliqlari insofga kelibmi, 
yoki sud qilinguncha o'lib qolmasin degan oy bilan-



Download 1,31 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish