«Kafansiz ko'milganlar» 43
ko'kragiga sig'may, qirg'og'idan toshib ketgan bir shoir
qanday qilib pessimist bo'ladi, qanday qilib uni pessi-
mist deyish mumkin? Qanday qilib bu so'zga til boradi!
Bunday yolg'on nega kerak bo'lgan? Shu she'rning
davomi Usmon o'zi aytgandek xotiramda seldek qu-
yilib kela boshladi:
Itoat et, agar sendan
Vatan rozi emas bo'lsa.
Yoril, chaqmoqqa ay lan, sen,
Yoril, mayli tamom o'lsaml
Yoqamni chok qilib dod-faiyod ko'targim keldi.
Axir Vatanining har bir xizmatiga askardek hamisha
tayyor, uni rozi qilish uchun chaqmoqqa aylanib, ha-
yotini qurbon qilishga rozi bir otashin shoirni qanday
qilib, qaysi insof, qay diyonat bilan dushman deyish
mumkin bo'ladi!
Axir men Usmon Nosir she'rlarini deyarli hammasi-
ni yod olgandim. Xayolimdan qaysi she'rida millatchi-
lik, hayotdan nolish, siyosatni qoralaydigan g'oya bor
ekan deb birma-bir otkazib ko'rdim. «Yurak» to'pla-
midan keyin oradan bir yil o'tmasdan nashr qilingan
«Mehrim» to'plamidagi she'rlarni xotiramdan kechir-
dim. To'plamning nomini «Mehrim» deb atalishining
o'zi ham, vijdon bilan aytganda, shoirni naqadar ha-
yotga muhabbati zo'rligidan dalolat bermaydimi!
Usmon she'rlarini o'qigan har qanday o'quvchi
xalqqa, Vatanga bundan ortiq yana qanday sadoqat,
qanday muhabbat bo'lishi mumkin deb aytishdan
boshqa nima deyish mumkin?
Usmon Nosir she'rlarini xotiramdan yana bir bor
o'tkazarkanman, hech kimning xayoliga kelmagan
bu aybnomalar, bu tuhmatlarga Usmon o'zi qanday
bardosh bergani, u qilgan ohu faryodlar butun vuju-
dimni larzaga sola boshladi.
44
Shukrullo
Qanday qilib men xalqi sevgan, kitoblari qo'ldan
tushmay o'qilgan buyuk bir shoirni xalqiga dushman
deb ayta olaman!
Usmon!.. Sado ber, Usmon! Bu beqiyos boliton
azoblariga qanday qilib sening bardoshing yetgan,
Usmon! Sening she'rlaringdan olgan oromim, me-
ning ijodimga maktab bo'lganing haqi, qanday qilib
seni o'z xalqining dushmani, millatchi deyman! Ko'r
bo'lmaymanmi! Yo'q! Buning uchun ular nima hukm
chiqarsalar chiqarsinlar, insof bo'lsa - insoflariga,
vijdon bo'lsa - vijdonlariga havola! Ko'nglimdagi gap-
larni tergovchiga aytdim.
Ne uchundir shu onda ko'z oldimda 24 yoshida
qamalgan Usmon Nosir gavdalanadi. Nazarimda Us-
mon Nosir xuddi men o'tirgan shu qora kursida o'tirib,
tergovchiga - men dushman emasman, barcha qoy-
gan ayblaring tuhmat! Xalqimga, vatanimga cheksiz
mehr-u muhabbatimdan o'zga bisotimda dardim yo'q!
O'ldirsalaring ham millatchilik, davlatga dushmanlik-
da o'zimni aybdor bilmayman, qol qoymayman, deb
nola qilayotgandek tuyildi. Nahot 24 yoshli buyuk is-
te'dod egasi, kelajakning daho shoiri Usmon Nosirni
tuhmatlarni tan olmagani, haqgoyiigi uchun o'ldir-
ganlar! Nahot shu qismat menda ham takrorlansa!
Bu dahshatli xayolimni tergovchining:
- Sirlaringni bizdan yashirolmaysan, qo'limiz-
da seni fosh qilish uchun dalil va guvohlar yetarli!
Usmon Nosir, Cho'lponlarning ta'sirida xalq g'amda
qolgan, uni g'amdan qutqarish kerak degan kim?
Sen emasmi? Xo'sh, xalqning g'ami nimadan iborat?
Qanday qilib qutqarmoqchi bo'lgansan, shu haqda
gapir! - degan do'qi buzib yubordi.
- Qayerda aytibman?
- Cylab ko'r!
- Bunday degan emasman!
Tergovchi shkaf tortmasidan mening 1939-yilda
yozilgan (qayerdan olgan bilmadim, chunki u hech
«Kafansiz ko'milganlar»
45
qayerda bosilmagan edi) to'rt yo'l she'rimning rus-
chaga ag'darilgan nusxasini o'qib berdi:
|