Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

Xalq - boyligu. Vatan - xazina. 
Menposibon. O, noyob kasb. 
Xoh tun bo'lsin, ko'raman bosib 
Dushman kirsa, bo'lib birigna. 


49 Shukrullo 
Sevinchlarga to'la bu siyna, 
Chunki shuni menga muno'sib 
Ko'rib, xalqim aylabdi nasib, 
Mayli, umrim bo'lsin hadiya! 
Vatan ishqi bilan, o, qalbim, 
Dengiz kabi to'luq, limmo-lim. 
Sevgim bo'lmas asli begona, 
Ishontiray qayta ont ichib 
Kijon bersamjanglarga kiral 
Sevgim, yurak but qolur yana! 
Bu she'rni yozgan shoirni sovet davlati, xalqinine 
dushmani deb boladimi? Yoki, urushning S e h ! 
kuni yozilgan she'rim:
S n c n i 
Istaymanki, daydib kelgan yov 
Gulzorimni yakson etmasin. 
Jangda o'lay, mayli, xalqimning 
Bir umrlik erki ketmasin. 
Yov kim? Nemis fashistlarimi? Ular hujumni qa 
yerdan boshladi? O'zbekistondanmi, yoki m T y e r a 
ndanmi? Albatta u O'zbekistonni, m
L
g
^

emas Belorussiya, Rossiya yerlarini b o s i b o k ? b o X 
ladi. Rossiya yerlarini yov bosib olsa, menga nima 
deb qarab o'tirmay, jangda o'zini qurb™ qilifhgaTozi 
bo lgan shoirni baynalmilalchi demay, m L t c h f i k d a 
ayblash adolatdanmi?!
J1Rcla 
Bunday aybnomani qo^ish sen onangni haqorat 
qilgansan onangdan kechgansan degan tuhmat-
dek dahshatli-ku! Bu malomatni kim bo^niga ofa-
di? Haqiqiy farzand bu sharmandalikni qaror qilib el 
dod s o r b
S h k
° \
a r i b
^ yoqalarini chok q * b 
° '
l i m g a r o z i 
b
o
<
1
»
 oLni 


«Kafansiz ko'milganlar» 
49 
Bu haqorat, tuhmatlar kamlik qilgandek, sen bu 
she'rlarni o'z millatchilik, sovetlarga dushmanliging-
ni niqoblash uchun yozgansan, degan javobni eshit-
sang, bunga qanday chidaysan! 
Millatchiligim nimadan iborat degan bir fikr doim 
meni qiynardi? Men biror millatni haqorat qilibmanmi? 
Umuman millatchilikning o'zi nima? Negizi nimadan 
iborat! Millatchilik degan gap o'zi qachon paydo bo'ldi, 
qayerdan kelib chiqqan? O'zbek xalqi tarixida shu vaqt-
gacha biron shoir, bironta olim, biror kasb egasini, sen 
millatchisan deb qamash u yoqda tursin, aybdor qilin-
ganini bilmayman. Millatchi degan gap qachon paydo 
boldi? Ruslar O'rta Osiyoni bosib olganidan keyinmi, 
yoki inqilobdan keyinmi? Chor Rossiyasi davrida ham 
biror o'zbek yozuvchisi, olimini millatchilikda ayblab, 
hozirgidek yalpi qamalgani tarixdan malum emas. 
Xalq dushmani degan gap o'zi tarixda bo'lganmi? 
Xonga, hokimga qarshi kurashlar bo'lgan, ammo o'z 
xalqiga qarshi chiqqan, uni baxtsizligini istagan ziyo-
lini tasawur qilolmayman. Yaxshi niyat yo'lida har 
qanday odam ham xato qilishi mumkin, ammo hech 
bir davrda xato qilgan odamni xalq dushmani deb 
qamaganini bilmayman. Nahotki, «0'tgan kunlar»dek 
xalq sevib o'qiydigan asarni yaratgan Abdulla Qodiriy 
yoki buyuk bilim egalari Fitrat, Cho'lponlar o'z xalqi-
ning baxtiga qarshi kurashgan bo'lsa! Bitta bular 
emas, Fayzulla Xo'jayev, Akmal Ikromov, ular qatori 
ming-minglab qamalgan ziyolilar-chi? Nahotki shun-
day dono odamlar o'z xalqi ziyonini o y lagan bo'lsa! 
Baxtiga to'g'anoq bo'lishni istagan? Yo'q! Yo'q! Bular-
ni haqiqatni bilmagan nodonlar deb bo'ladimi? Yo'q!.. 
Shunday bo'lgach, bir xalqning shunday iste'dodli 
farzandlarini dushmanga, millatchiga chiqarib otib, 
oldirib yo'q qilib tashlansa, adolatli deb bo'ladimi? 
Axir bularning har biri o'z xalqiga faqat yaxshilik ti-
lagan-ku! Yaxshilikka jazomi?! Bularga hech kim 


50 
Shukrullo 
achinmaydimi? U sho'rliklarning taqdiri har bir aqli 
raso, oq bilan qorani ajratishga fahmi oz-moz yetgan 
odamni oyiatmaydimi? Masalan, men o'zim kitobla-
rini qoldan qo^may kechalari uxlamasdan o'qigan, 
adabiyotimizning faxri, yorqin yulduzi bo'lgan 24 
yoshli Usmon Nosirning qamalishiga tilimda aytma-
sam ham dilimdan rozi bo'lganmanmi? 
Dilingdagi gapni aytishga nega qo'rqqansan? Kim-
dan? Kimdandir, nimadandir cho'chib, haqiqatni 
aytolmay yashash erkinlikmi? Abdulla Qodiriyning 
«0'tgan kunlar»i, «Mehrobdan chayon»larini odamlar 
yashirib qo'ldan qo'lga berib o'qigan-u yirtib tashla-
magan. Men shunday odamlarning o'limiga quvon-
ganmanmi? Aslo, aslo! Ularning kitoblarini o'qigan 
xalq-chi?! Demak, xalq sevgan odamlarni qamagan-
lar xalq dushmanimi, yoki bunday adolatsizlikdan 
nafratlanganlar dushmanmi? 
Xayolimdan o'tgan dilimdagi bu achchiq haqiqat-
larni aytib bolarmidi! Aytish emas, xayolingdan 
o'tkazishga cho'chiysan! Buni aytish, o'zingni ochiq-
dan-ochiq millatchi, dushman qilib ko'rsatish bo'lar-
di. Dodingni kimga aytasan? Kim tinglaydi! Tepang-
da qo'lini mushtlab, o'dag'aylab turgan tergovchimi? 
Bitta chora: 
Tangrim, o'zing, o'zing yarlaqa, 
O'zingdan hech o'zga madad yo'q. 
Na do'stim bor, na dard tinglovchim, 
O'zingdan hech o'zgaga had yo'q, -
deb Xudoga nola qilish-u, yoki ikkinchi chora, o'zi-
ni o'zi kamerada qatl qilgan Ivandek bu tuhmat azob-
laridan qutulish uchun o'z joningga qasd qilish! 


«Kafansiz ko'milganlar» 
51 

Download 1,31 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish