Xotinimning hikoyasi
1931-yil, yoz. Men olti yoshli qizaloq edim. Bizlarni
quloq qilishdi. Tintuvdan so'ng hovli-joy, mol-mulk,
«Kafansiz ko'milganlar»
19
ot-ulovlar musodara qilinib, otamlarni qaygadir olib
ketishdi.
Oradan 20 kunlarcha o'tgach, erlarning Ukraina-
ga jo'natilishi, agar xotinlar erlari bilan ketmay, bo-
lalari bilan qolishni istasa, qolsin deb elon qilishdi.
Shunda xaloyiq orasida dod-faryod ko'tarildi. Onam
esa men bolalarimni tirik yetim qilmayman, erimni
qayerga jo'natsangiz men ham bolalarim bilan bir-
ga ketaman, qanday azob bo'lsa ham birga tortaman
deb iltijo qildilar. Ayrim oilalar ajralib ketdi.
Bizni nega quloq qilishdi - hammamiz hayron edik.
Ozgina yer, bir sigir, bir ot va bizlar bilan yashaydi-
gan korandamiz Xushvaqt aka va uning kampiridan
boshqa hech narsa yo'q edi.
Biz jo'nab ketishimiz oldida, onam Xushvaqt akaga
- bizning uyda qoling, musodara qilingan mollarimizni
ehtimol sizga berishar, deganlarida Xushvaqt aka, men
sizlardan hech yomonlik ko'rmaganman, bittagina ket-
monimni olib bolsa ham sizlar qayerga ketsangiz, bir-
ga ketaman, degan javobni qildi. Shu bilan Xushvaqt
aka ham kampiri bilan quloq qilindi. Birga ketdik.
Avgust. Kun issiq. Hamma quloq qilingan oila-
larni Qo"yliqdagi etap qilish punktiga yig'ishdi. Qa-
rindosh-urug'lar kelishgan. Xayrlashuv. Kimdir
dod-faryod qilib o'zidan ketgan. Kimdir yig'idan hol-
dan toygan. Biz esa otamiz bilan birga jo'nab ketayot-
ganimizdan xursand edik.
Toshkent temiryo'l vokzaliga olib kelib, qizil yuk
vagonlarga joylashdi. Har bir vagonda 2-3 oila joy-
lashgan. Har oilada kamida 3-4 tadan bolalar bor.
Vagonda faqat bittagina deraza bo'lib, u ham juda
kichkina edi. Eshik yopildi. Eshik tagida ikkitadan
soqchi qo'yildi va poyezd jo'nadi. Poyezd jo'nadi-yu
go'yo hammaning yuragini birdan uzib olib ketayot-
gandek bo'ldi. Hamon yig'i-sig'i bosilmas edi.
Vagonning ichi issiq, havosi buzuq, ko'ngilni oz-
dirardi. Poyezd katta stansiyadagina to'xtaydi, xo-
20 Shukrullo
los. Shunda soqchilar bilan birga qaynagan suv olib
chiqish mumkin edi. Hojatxona yo'q. Tuvak tutiladi.
Vagon issig'iga chidab bo'lmas edi. Tuvak poyezd
yurgan paytdagina derazadan yoki teshikdan to'kilar,
suv ham yetishmas edi. Uni esa tozalab turish kerak.
Shu ahvolda 13 kun yo'l yurdik. Olingan oziq-ovqat-
lar qancha tejalmasin, yetishmas edi. Har kuni tush
paytida suyuq baliq sho'rva berilardi. Bu sho'rvani
esa ayniqsa bolalar ichmay xarxasha qilishardi. Shu
azob bilan Odessa shahriga kelganligimiz elon qilin-
di. Yana qancha yuramiz - nomalum edi.
Odessadan bizni teploxodga («Penay») o'tkazdilar.
Shu davrda ko'z og'riq, ich og'riq kasali avj oldi. De-
yarli hamma bolalar ko'z og'riq kasali bilan og'rigan.
Ko'zlarimiz yumilib, shishib ketgan. Mening kichki-
na 3 yoshli Abdulaziz degan ukam esa zotiljam bo'lib
qoldi. Isitmasi baland, shaytonlab qoladi. Ota-onam
uxlamay galma-gal ko'tarib chiqishdi.
Bir sutkadan so'ng teploxoddan Xerson degan
shaharga tushdik. Yuzga yaqin aravalar (4 g'ildirakli
brichka) keltirilib, qishloqlarga tarqatishdi. Shu yer-
da quloqlar 4 millatga ajratildi. Qozoq, turkman, o'z-
bek, qirg'iz. Har bir millatni alohida qishloqlarga olib
ketishdi. Toshkentdan quloq qilinganlarga otamni
boshliq qilishdi (otam rus tilini yaxshi gapirar, savod-
li edilar). Bizga «Yastreb» degan qishloqni berishdi.
Yigirma oila Yastreb qishlog'iga jo'nab ketdi. Biz bilan
Xushvaqt aka va kampiri birga edi.
Biz borgan qishloqdagi ukrainlar Sibirga surgun
qilinib, ularning mol-mulki va uy-joylari bizga o'x-
shab musodara qilingan ekan. Ular bo'm-bo'sh, uy
atroflarini o't bosib, hatto derazalar zo'rg'a ko'rinadi.
Har bir oilaga bir xona va bir dahliz ajratildi. Bizning
yonimizga Xushvaqt aka kampiri bilan joylashdi.
Xushvaqt akaning biz bilan ketishi otam uchun kat-
ta tashvish edi. Chunki bir ketmonidan tashqari hech
|