«Kafansiz ko'milganlar» 9
degan tavqi la'natni bo'ynimga osish, xolos. U payt-
larda, ayniqsa, dindormi, tamom - sovetga qarshi
dushman, degan so'z edi.
Men qo'l qo^ishdan bosh tortdim. Mana shu bu-
gundan boshlab oqni qora, qilmagan gunohlarimni
qildi deb ko'rsatish, do'q-haqorat, yolg'on boshlandi.
Bu haqorat va xo'rlik azoblaridan qutulish uchun
bitta yo'l bor edi, u ham bolsa men sochimning tola-
sidan tirnog'imgacha sovet davlatiga dushmanman,
millatchiman, deb yozib berishim edi, xolos. Bu esa
o'zimni o'zim o'limga hukm qilish bilan barobar edi.
Kim bunga rozi boladi?! Rozi bo'lmasang-chi? Kar-
serga tashlashadi. Karser qanday boladi, bilasanmi?
Yotar joying sement. Har kuni yeydigan bir cho'mich
yovg'on sole oshi yoki suli bo'tqadan ham mahrum
bo'lib, ikki yuz gramm non va suvga kuning qoladi.
Oylab senga uyqu bermasliklari mumkin. Uyingdan
kiritiladigan yeyish-ichishdan ham, xat-xabardan ham
mahrum etilasan. Istagancha haqorat qilishlari, azob-
lashlari mumkin. Bularning hammasiga bardoshing
yetadimi? Yashashdan umiding bormi? Qancha chi-
daysan? Nima qilish kerak? Yolg'onlarni rost deb tan
olish - bu o'zingni o'zing dushman deb hukm chiqarish
bolmaydimi? Xo'sh, bordi-yu shunday ham qilding, ba-
raka top, deb seni qamoqdan ozod qilib yuborishadimi?
To'qima aybnomalarga qo'l qo'yishni rad etganim-
d;m kcyin tcrgovchi:
Ncga (|;unalganingni bilasanmi? - dedi.
Bu bilan, sen qo'l qoyasanmi, yo'qmi, seni dush-
man deb qamadikmi, majbur qilamiz, demoqehi. Al-
batta, mening hayratlanishim va yo'q deyishimdan
o'zga javobim bo'lmas edi. Mendan yo'q javobni eshit-
gach, tergovchi o'tirgan joyidan darg'azab qo'zg'alib:
- Makkor!.. Makkor! Dushman makkor bo'ladi!
Sovetlarga qarshi harakatlaring, panturkizm va pa-
nislomizm qarashlaring haqida bizlarni bilmaydi deb
10
Shukrullo
o'ylaysanmi! Zo'rlab, qiynamasimizdan hammasini
yashirmay, o'zing gapirishing ma'qul, bu gunohingni
yengillashtiradi. Maksim Gorkiy nima degan? Shoir-
san, bilishing kerak! «Dushman o'zi taslim bo'lmasa,
uni majaqlab tashlaydilar», shundaymi? - dedi.
- O'zi yo'q narsani nimasini yashiraman? Guno-
himni bilsang, aytaber! Meni sovet davlatiga hech
qanday dushmanligim ham, yengillatadigan yoki
og'irlatadigan gunohim ham bo'lgan emas.
Mening bu javobim unga haqorat tuyilib, stolga
g'azab bilan musht urib:
- Dushmanligingni yashirib bizni aldamoqchimi-
san, tuhmatchi! Senga shafqat bo'lmasligini o^la! -
deb urmoqchi bolgudek tepamga kelib turib oldi.
Hamisha to'tiqushdek bir gapni qaytarardi:
- Sovet davlatiga qarshi qanday va kimlar bilan
birgalikda kurashmoqchi bo'lgansan? Biz majbur qil-
masimizdan o'zing ayt!
U qancha do'q-po'pisa, haqorat qilmasin, mening
ham javobim faqat bitta bo'ldi:
- Men dushman bo'lmagan bo'lsam, nimani o*ylay-
man!.. Nimani aytaman!
- Sening ashaddiy dushmanligingning bitta belgisi
shundaki, hattoki sen sovet chekistlarini yolg'onchi
qilmoqchi bo'lasan, ularga ham ishonmaysan.
Yo'q!.. Men chekistlarni eng fidoyi, davlat va vatan
manfaatidan o'zga manfaatni o'ylamovchi, eng halol
odamlar deb hisoblaganman.
Ammo men tergovchiga nima javob qilmay, har
bitta so'zimni aksini aytib, mendan dushman chiqar-
makka intilardi.
- Yaxshilikcha millatchiligingni bo'yningga olma-
sang dalil va guvohlar bilan dushmanligingni fosh qi-
lamiz, bizlarga ishonib, aybingga iqror bo'lsang, yana
takrorlayman, gunohing yengillashadi, tergovni tez-
roq tugallashga sabab bo'lardi... Cyla!
|