Ko'zi bog'liq odam
Odam o'ldiribmi yoki o'g'irlik qilibmi, ishqilib bi-
ror gunohga botib qo'lga tushgan kishining ahvolini
tasawur qilish mumkin. Ammo hech narsadan hech
narsa yo'q, mutlaqo begunoh bir odamning uyidan
qo'liga kishan solsalar-da, olib chiqib qamab qo*y-
salar, bundoq quruq tuhmat kimning xayoliga kela-
di-yu, qaysi risolada bitiladi.
1951-yili nashriyotda muharrir bo'lib ishlardim.
Mutlaqo begona bir odam menga ish oxirida telefon
qilib, sizning muxlislaringizdan biriman, ko'rish-
moqchi edim, degan istak bildirdi. Men, vaqtning
kech bo'lib qolganini, bundan tashqari ayni zamonda
imkonim yo'qligini, ijod haqida ham ish a gaplashish
mumkin, degan vaj-korsonga qaramay, atigi besh
daqiqagina vaqtingizni olaman, yaqin joydaman,
o'zingizda bo'lsangiz hozir boraman, dedi-da, mening
javobimni eshitmasdanoq go'shakni qo^ib qo'ydi.
Oradan ko'p o'tmay nashriyot xodimlaridan kimdir
tashqarida meni qandaydir odam kutayotganini,
chaqirib berishni iltimos qilganini aytdi. Chiqdim.
Begona odam ishshayib salomlashdi. Atrofga ola-
zarak qarab meni chekkaroqqa oldi.
- Men voyenkomatdanman, harbiy biletingiz yo-
ningizda bo'lsa ko'rsam, - dedi.
Tinchlik bir zamonda bunday gap kishini taajj'ubga
solishi tabiiy, albatta, bu meni ham hayratga soldi.
Kerakmas vaqtda bu hujjatni yonimda olib yur-
masligimni aytdim. Ammo u esa qat'iy qilib, uyin-
gizda bo'lsa ko'rishim kerak, - dedi. O'sha yillardagi
«ovchi»larning sinalgan usuli edi bu.
Pastga tushdik. Ko'chada gaz mashina kutib tu-
rar, mashinada baland boVli rus kishisi ham bor edi.
O'sha zahoti qo'limga kishan solishdimi, yo'qmi - yo-
dimda yo'q, uyga keldik. Ular nomiga harbiy hujjatim-
ni ko'rgandek bolishdi-da, uyda kim bor, kim yo'qligini
aniqlagandan keyin hech kim hech qayoqqa qimir-
lamasligi lozimligini talcidlashdi. Mendan esa uyda
qurol-yarog', ta'qiqlangan siyosiy adabiyotlar bor-yo'q-
ligini so'ragach, tintuv boshlashlarini aytdi. Men nima
ham derdim! Birorta odam ta'qiqlangan kitoblar saq-
lagan deb malumot bergan bo'lsa, bunday narsalar
menda yo'qligidan xotirjam bo'lib qarashsa-qarasha-
versin, deb ko'nglimdan o'tkazib qo'ydim. Xalq dush-
mani bo'lib qamalib ketgan Akmal Ikromov, Fayzulla
Xo'jayev, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Usmon Nosirlar-
ning kitoblari, hattoki ularning nomlari yozilgan gaze-
ta va jurnallar chiqib qolarmikan, degan umidda rosa
izlashdi. Hatto otam, qarindosh-urug'larimning 20 -
30-yillarda ovro'pacha yoqada tushgan rasmlarigacha
yig'ishdi. Keyinchalik bilsam, ularni jadidlarga aloqa-
«Kafansiz ko'milganlarn 7
— — " ~ " " "
dor, degan shubhada olishgan ekan. Hatto men bilan
o'rta va oliy maktablarda birga o'qigan do'stlarim, ma-
halladosh, tanish-bilishlarimning urushdan yuborgan
suratlarini ham olishdi. Ular uydagi narsalarni har
yoqqa otib-sochib tintuv qilardilar. To'rt yoshli o'g'il-
cham bolsa hech narsadan xabari yo'q, ularga men
yozgan «Kreml yulduzlari» degan she'rni o'qirdi.
Tintuv paytida guvohlik uchun chaqirilgan qo'shni
ayol go'dakning o'z otasi taqdiridan bexabarligidan-
mi yoki menga achinganidanmi, uni bag'riga bosib
ho'ngrab yig'lab yubordi.
Men esa uyimda ta'qiqlangan biror narsa topilmasli-
giga komil ishonch bilan xotirjam edim. Ammo bu xotir-
jamlik uzoqqa cho'zilmadi. Tintuv tugagach, meni o'zlari
bilan olib ketajaklarini aytishdi. Qayerga, nega, aniq ja-
vob berishmadi. Xohlasangiz, ehtiyotdan ko'rpa-yostiq,
kiyim-kechaklar olishingiz mumkin, deb qo^yishdi.
Xotin, bola-chaqa, uyimda hozir bolgan qo'ni-
qo'shnilarning qiy-chuvi ostida men ular bilan ketdim.
Boshimga tushgan bir necha yillik ayriliq, qaro
kunlar mana shu daqiqadan boshlandi. Ammo ol-
dimdagi yo'l qandoq, xuddi ko'zi bog'liq odamdek
menga qorong'i edi.
KGB qamoqxonasining yakka xonasida yotganim-
ga mana bir necha kun bo'ldi. Qamalganimning erta-
si kuni sochimni qirtishlashdi. Bu ham xunuk bir xa-
barning, ya'ni bu dargohdan yaqin orada chiqishdan
uniid qilinaslik belgisi edi. Xuddi shuni tasdiqlagan-
dek nomim yozilgan taxtachani ko'kragimga qo^ib
rasmimni olishdi. O'zini o'zi osib yoki bo'g'ib qo'yma-
sin, degan g'amxo'rlik bilan kamarim bormi, hatto to-
mirini kesib, o'zini o'zi o'ldirmasin, degan maqsadda
bo'lsa kerak, shimimdan tortib hamma kiyimlarim-
dagi tugmalargacha qirqib olindi.
Qamalganimning nechanchi kuni, yodimda yo'q,
men yotgan xonaning temir eshigidagi tuynukdan
nazoratchi nomimni aytib chiqishga tayyorlanishim-
ni buyurdi.
Kutib turdim. Eshik ochilib chiqishim bilan nazo-
ratchi boshdan-oyoq go*yo men nimanidir yashirib
qo^gandek hamma joyimni tintib chiqdi-da, qolingni
orqaga qil, yo'lda gapirma, yur deganimda yur, to'xta
deganimda to'xtaysan, deb tartibni tushuntirib, qayer-
gadir olib ketdi. Bu do'q-davaraning zamirida shu bu-
gundan boshlab butun insoniy huquqlardan mahrum-
san, kimligingni endi unutaver, degan ishora bor edi.
Xo'sh, meni qayerga olib bormoqchi? Yana qanday
ko'rgiliklarim bor - bular faqat Xudoyimning o'ziga-
gina ay on edi.
Qamoq nazoratchisi meni tergovchi Suxanovning
xonasiga olib kirdi.
- Xo'sh, ahvoling qalay? - dedi u soxta mehribon-
chilik bilan ishshayib. Bu «mehribonchilik»ni aynan
masxaralash, deb tushunish lozim edi.
Bugungi tergovda go'yo tug'ilganimdan boshlab
shu kungacha bo'lgan qilmishlarimni eslatib, yodimga
solmoqchi bo'lgandek, tarjimayi holimni surishtirish-
dan boshladi. Tug'ilgan yilimdan tortib to ota-onam
kimligi, qachon tug'ilib qachon olgani-yu, qarindosh-
urug'larim kim bo'lgan, qamalganmi-yo'qmi, chet el-
larda bolganmi-bo'lmaganligigacha hammasiga javob
berdim. U esa nimalarnidir uzoq vaqt yozdi. Nihoyat
yozganlarini o'qib berib, qo'l qoyishimni so'radi. Qo'l
qoyishdan awal o'qidim-u yoqa ushladim. Tug'ilgan
yilimdan boshqa deyarli hamma gaplar buzib, men
aytmagan narsalar qo'shib yozilgan edi.
Otang kim, degan savolga otam ham, avlod-ajdo-
dim ham emchilik kasbi bilan shug'ullangan deb ber-
gan javobim otam dindor, domla bo'lgan, men o'zim
sovetlarga qarshi targ'ibot bilan shug'ullanganman,
deb yozilibdi. Axir tarjimayi holimni buzib yozishdan
maqsad nima? Bundan kuzatilgan birdan-bir maq-
sad, butun avlod-ajdodi bilan sovetlar dushmani,
|