«Kafansiz ko'milganlar» 13
sida «Qilmish-qidirmish, birovlarning haqi qo*ymaydi,
bitta yomon kamayibdi«, deganlari ham boldi. Maman-
bey birovning haqidan qo'rqmaydigan, qancha-qancha
mahaila kishilarining 1928 - 30-yillarda nohaq quloq
bolishi, qamalishiga sabab bolganlardan biri edi.
Hali-hali esimdan chiqmaydi. 1926 - 27-yillari har
kun bo'lmasa ham bir hafta, o'n kunda garchand
otam domla bo'lmasa ham eshigimizdan «Qori domla»
deb baqirib-chaqirib kelardi. Mamanbeyning domla
so'ziga urg'u berib chaqirib kelishi sababi meni ko'ng-
limni ovlolmasang, dindor, domla deb quloq qildirish
ham qo'limdan keladi, degan do'q, ta'na ma'nosida
bo'lardi. Uning bu niyatini bilgan otam domla emas-
ligini isbotlash uchun Chor Rossiyasi davridayoq
emchi deb berilgan shahodatnomadan tortib, Sovet
davrida qay tuman, qay shahar, qaysi respublikada
qachon, qancha aholini emlaganligi haqidagi hujjat-
larni chiqarib ko'rsatardi. Chalasavod Mamanbey uni
o'qiy olarmidi, yo'qmi, bu hujjatlarni falon joyga ko'r-
sating, degancha biror narsa undirolmay qaytardi.
Ammo hafta o'tmasdan yana biror bahona topib,
mahaila faollaridan birini yoniga olib baqirib-chaqi-
rib eshikda paydo bo'lardi:
- Boloxonani chiqib ko'rmoqchimiz, odam o'tqa-
zamiz.
- Axir bu odam o'tiradigan joy emas-ku, na dera-
zasi, na eshigi bor, o'tin-po'tin, xazon-xuzon qo*yish-
dan boshqa narsaga yaramaydi-ku... - Onamning bir
chekkada ro'moliga yuzini yashirib qilgan bu javobiga:
- Ko'chib kiradigan odam o'ziga kerak narsani qilib
oladi. Ichidagi ashqol-dashqollarni tushirib qo^ing-
lar, - degan sovuq javobni qilardi.
Onamning:
- Qori akangiz bu safar uzoqda. Qozog'iston to-
monga ishga ketganlar, kelsinlar, undan keyin bir
maslahati bo'lar, - deb qilgan nolasiga qaramasdan,
14
Shukrullo
«Ertaga odam kiradi», - degancha orqasiga qaramay
chiqib ketdi.
Tepamizga kim keladi? Bizlarning ustimizdan bos-
tirib kim boloxonaga otib yuradi? Bu zo'ravonlik, bu
vahimalardan faqat onamgina emas, yosh bola mening
ham ko'nglimda halovat, xotiijamlik bolmasdi. Doimo
ko'nglimda quloq qilinsak, yoki domla deb otamni qa-
mashsa nima qilamiz, degan g'ashlik, qo'rquv yotardi.
Onam esa eshik tiq etsa, Mamanbey kimni ustimizga
ko'chirib kelyapti, degan xavf bilan kun o'tkazardi.
Bu g'alvadan qutulish uchun kichkina bola ham
chiqsa bo'ladigan taxta narvonni otam kimgadir be-
rib yuborib, o'rniga qo'l ushlamasdan chiqib bo'lmay-
digan yog'och narvon topib qoVdi. GoVo shu bilan
boloxonaga odam ko'chirib kelish tashvishidan qu-
tulgandek bo'ldik.
Yo'q, bu bilan ham xolamning o'g'li Ubaydulloxon
karomat qilib aytganidek, Mamanbeyni eshik qoqib
kelishidan qutulmadik, uning aytgan gaplari bo'ldi.
1925 - 1926-yillarda otam yaxshi niyat bilan me-
ning sunnat to'yimga atab havas bilan imorat soldir-
gan edi. O'sha vaqtda hovlimizga kelgan Ubaydul-
loxonga maqtanib:
- Ubaydulloxon, hali uyimiz chala, shiplarni bo'ya-
tib, devorlarini ganch qildiraman, o'shanda kelasiz,
- deganda, Ubaydulla akam:
- Ganch qilib shipining panerlarini bo'yatish emas,
iloji bo'lsa, panerlarini buzib, tunukaning o'rniga loy
torn qilib qo'ying, zamonning bu ketishi shu bo'lsa,
boloxonali uy-joying bor ekan, boy ekansan, deb tor-
tib olib qo'yadi. O'zingizni quloq qilmasa ham, odam
kiritadi, hozirgi siyosat shunday, - degan edi.
Bu qanday zamon bo'ldi, o'z halol mehnating bilan
topgan pulingga ko'nglingdagidek orzu-havas qilib
yasholmasang, bu nima degan hayot bo'ldi. Bundan
ortiq zo'ravonlik bo'ladimi?
|