Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/75
Sana21.12.2023
Hajmi1,31 Mb.
#126047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
SHUKRULLJ Kafansiz ko'milganlar.2020

«Kafansiz ko'milganlar» 
11 
- Gunohim bo'lsa guvohsiz ham, dalilsiz ham tan 
olaman. Yo'q gunohni nimasini o'ylayman! Gunohim 
bo'lsa ayt! 
- Millatchilik faoliyatingni yashirasanmi? 
- Tuhmat! 
- Qamalgan millatchi, xalq dushmani yozuvchilar 
bilan aloqang-chi? 
- Hech qanday millatchi bilan hech qachon aloqam 
bo'lgan emas. Bo'lsa, aytaber, tan olaman! 
- Bizga hammasi malum. Dushman makkor bo'la-
di, darhol tan olmaydi. 
Javoblarimdan jini qo'zigan tergovchi mendan 
oldinroq hibsga olingan Hamid Sulaymon, Mirza-
kalon Ismoiliy, Shuhrat, aka-uka Alimuhammedov-
lar, Mahmud Murodovlar bilan tanishligim, qanday 
aloqada bo'lganim, qayerlarda uchrashganimiz va so-
vetlarga qarshi qanday g'oyaviy qo'poruv ishlari olib 
borganimiz haqidagi savollarga javob berishimni ta-
lab qila boshladi. 
Bunga dod deyishdan boshqa iloj yo'q. Qayerga 
qochasan? Nimani o'ylab, nimani iqror qilaman. 
- Biz hech kimni nohaq qamagan emasmiz. Gunoh-
siz odamlar bu yerga kelmaydi. 
Tergovchi menga zug'um bilan qaradi-da, nazorat-
chini telefon orqali chaqirib meni olib ketishni buyurdi. 
Mana necha kundirki, yakka kishilik kamerada-
man. Tergovchi meni unutib qoydi. Gunohlarini ob-
dan o'ylab olsin, deb chaqirmayotgandir balki. Unday 
bo'lsa qaysi gunohimni o^lay! O'zimga o'zim savol 
beraman, qilgan gunohlarim bormikan, deb axtara-
man. Balki unutgandirman... 
Bordi-yu kimdir menga bu ko'rguliklar biron pay! 
(>t a -onangning dilini ranjitganing, ozor berganing uchun 
desa, ularning oyoqlariga yiqilib tavba-tazarru qilishga, 
hatto har qanday jazoga ham rozi bolardim. Ammo o'z 
vatanim, xalqimga esa aslo xiyonat qilgan emasman! 
Agar shundoq bolganda olimimga rozi edim. 


12 Shukrullo 
4 W 
Taqdirimni vijdonimga havola qilib, o'z-o'zimga sa-
vol ham berib ko'raman. Axir hayotdan, siyosatdan 
norozi bo'lgan vaqtlarim bo'lmaganmikin? Bo'lgan-
mi? Balki shuning uchun qamashgandir? 
Qamoqqa olib kelganlaridan beri qish o'tib, bahor 
ham kirib keldi. Bu oradayerdan ko'katlar unib, da-
lalarda lolalar ochildimi, daraxt kurtak chiqarib gut 
yozdimi, bilmadim, bularni ko'rishdan butkul mah-
rumman. Qushlar ovozi ham men uchun yot. Men 
yotgan qamoqxonaga na bahor shamoli, na ko'klam 
nafasi kiradi. Qilgan qay gunohlarimga Xudo o'zining 
bu orombaxsh ne'matlaridan meni mahrum qildi?! 
Qani, tergovchi aytgandek boshdan kechirganla-
rimni o'ylab ko'ray-chi... Beayb Parvardigor, degan-
dek qaysi gunohlarimga Xudoning qahri keldiykin? 
Otam qori bo'lsa ham gunohkormanmi? Bordi-yu 
Abdulla Qodiriy yoki Usmon Nosir asarlarini o'qigan 
aybmi? Bundan sovet davlatiga nima dushmanlik 
bo'lishi mumkin? Meni nima aybim bor? 
Menga qo'ygan asosiy ayblaridan biri - sovet hoki-
miyatiga dushmanligim, sovet turmush tarzidan, si-
yosatidan noroziligim, nolishim emish! Dushmanlik 
bor, norozilik bor!.. 1930-yillarda odamlar ochlikdan 
shishib qirildi. Bunga kim rozi bo'ladi? 1937-yilda be-
gunoh odamlar qamalib, yo'q bo'lib ketdi. Kim bunga 
rozi bo'ldi? Aqlimni tanibmanki, yoshlik chog'larim-
danoq hamisha bir xavf-u xatar bilan yuragimni ho-
vuchlab, norozilik bilan kun kechirganim rost, buni 
yashirmayman. Nahotki bu dushmanlik sanalsa! 
Besh-olti yoshlarimda ko'rganlarim adolatsizlik, 
zo'rliklar hali esimda. 
Mahallamizning Mamanbey degan komissiyasi 
bolardi. O'ta muttaham odam edi. Vatan urushi yillari-
da ortiqcha zoborniy - kartochka olib sotishda ayblanib 
qamalgancha, qamoqda olib ketdi. Mahalla aholisining 
ko'pchiligi bunga qayg'urmadi ham. Hatto odamlar ora-



Download 1,31 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafansiz ko'milganlar: avtobiografik roman / Shukrullo

Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish