• Rentgen mikroskopiyasi
  • Kafedrasi tagayev umid rustamovich




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/17
    Sana22.09.2022
    Hajmi1.22 Mb.
    #26236
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    yarimotkazgich monokristallarning jonaltirilganligi va simmetriyasini aniqlash metodlari

     
    Kukun (poroshok) usuli 
    Bu usulda monokristall namuna maydalanib kukun holiga keltiriladi 
    va yupqa shisha idishli kapillyar nayga solinadi. Kameraga mahkamlangan 
    idishga monoxromatik rentgen nurlari tushiriladi. Tushayotgan nurlar 
    Bregg-Vulf shartini bajaruvchi vaziyatda yotgan kristall bo’lakchalaridan 
    qaytadilar. 
    Ushbu 
    usulning 
    qulaylik 
    tomoni 
    shundaki, 
    yirik 
    monokristallarni ishlatishning hojati yo’q. 
    Agar kristall panjarasining translyasion vektorlari ma`lum bo’lsa, u 
    holda k

    to’lqin vektorli rentgen nuri tushganda difraksiya hosil bo’lish 
    shartlarini ko’rib chiqamiz. Faraz qilaylik, k' yo’nalishda qaytgan rentgen 
    nurlarida difraksiya kuzatiladi. Olinadigan ifoda Lauening difraksiya 
    tenglamalari deb ataladi. 


    34 
    Rentgen mikroskopiyasi 
     
    Rentgen mikroskopiyasi - rentgen nurlari yordamida kristall 
    moddalar (yarimo’tkazgichlar, metall, qotishma, mineral va b.)ning 
    mikroskopik tuzilishini o’rganish usullari. Rentgen mikroskopiyasida 
    maxsus asboblar - rentgen mikroskoplari ishlatiladi. Ularning ajrata olish 
    chegarasi yorug’lik mikroskoplarinikiga nisbatan 2 - 3 tartibga yuqori
    chunki rentgen nurlarining to’lqin uzunligi yorugikning to’lqin 
    uzunligiga nisbatan 2 - 3 tartibga qisqa. 
    Rentgen nurlarini fokuslash va og’dirish uchun linza va 
    prizmalarni ishlatib bo’lmaydi. Rentgen mikroskopiyasi rentgen 
    nurlarini fokuslash uchun ularning egilgan ko’zgu tekisligidan yoki 
    kristallografik tekislikdan to’la qytish hodisasiga asoslangan. 
    Qaytargichli rentgen mikroskopi mikrofokusli rentgen nurlanishi 
    manbai, yuziga oltin pardasi qoplangan shisha (kvars)li, egilgan 
    qaytargich – ko’zgu va tasvir detektori (fotoplyonka, elektron-optik 
    o’zgartirgich) dan iborat. Uning yordamida hosil qilingan tasvir, 
    xo’zgular profili juda aniq bo’lganda ham, optik sistemalar 
    aberrasiyalari tufayli buziladi. qaytargichli rentgen mikroskoplarini 
    tayyorlash va ishlatish qiyin bo’lgani tufayli ular keng tarqalmagan. 
    Proyeksion 
    Rentgen 
    mikroskopiyasi 
    "nuqtaviy" 
    manbadan 
    chiqayotgan rentgen nurlari dastasi yoyilganda ob`ektning soya 
    proyeksiyasi hosil bo’lishi prinsipiga asoslangan. Proyeksion rentgen 
    mikroskoplari o’ta mikrofokusli rentgen nurlari manbai (fokus diametri 
    0,1 ÷ 1 mkm) dan, tekshirilayotgan ob`ektni va qayd qilish qurilmasi 
    joylashtiriladigan kameradan iborat.


    35 
    Proyeksion Rentgen mikroskopiyasi meditsina, mineralogiya, 
    metallshunoslik, materialshunoslik va b. da keng qo’llaniladi.
    Bu usul yordamida bo’yoqlar, yupqa qoplamalar va kichik 
    buyumlarning ishlov sifatini qam aniqlash mumkin; qalinligi 200 mkm 
    gacha bo’lgan ob`ektlar kesimlarining mikrorentgenografiyasini olishga 
    imkon beradi. 

    Download 1.22 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish