-bob. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish, hisobga olish va saqlash




Download 317,8 Kb.
bet13/22
Sana19.03.2021
Hajmi317,8 Kb.
#13301
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
5-bob. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish, hisobga olish va saqlash

38. Maxfiy-rejim bo‘limi (maxsus qism, bo‘linma) mavjud bo‘lgan tashkilotlar maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) Fonddan olish uchun Inspeksiyaga so‘ralayotgan materiallar qanday maqsadda talab etilayotganligini ko‘rsatgan holda murojaat yuboradi.

Murojaatga ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq shaklda nomenklatura va varaqlar soni ketma-ket sanab o‘tilgan buyurtmanoma ilova qilinadi.

Maxfiy kartografiya materiallarini vaqtincha foydalanishga, basharti Inspeksiya tomonidan boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, bir oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Buyurtmanoma va murojaatga xaritalar nomenklaturasini ko‘rsatgan holda cheklovchi grifni belgilash zarurati buyurtmanoma beruvchi tashkilot tomonidan belgilanadi.

39. Geodeziya punktlari koordinatalari Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan ishlarni bajarish uchun beriladi. Ro‘yxatga olishni talab etmaydigan ishlar uchun geodeziya punktlari koordinatalari ishlarning ijrochisi bo‘lgan tashkilot bajaradigan ishlar doirasida Inspeksiya tomonidan beriladi.

40. Tashkilotlarga gravimetriya punktlari koordinatalarini, shu jumladan ushbu punktlardagi og‘irlik kuchi tezlashishi qiymatlarini berish O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

41. Tashkilotlarda olingan va tayyorlangan kartografiya materiallari inventar hisobga olish jurnallarida nomenklaturalar bo‘yicha, koordinatalar tizimlari, maxfiylik darajasi va masshtablari bo‘yicha alohida ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq shaklda hamda topografik xaritalar (planlar, fotoxaritalar, fotoplanlar, fotosxemalar) berish jurnallarida ushbu Nizomga 13-ilovaga muvofiq shaklda hisobga olinadi.

Kartografiya materialining har bir nusxasiga alohida inventar raqam beriladi. Har bir nusxaning orqa tomonida tashkilot nomi va inventar raqami ko‘rsatilgan holda shtamp qo‘yiladi.

Inventar hisobga olish jurnallari hamda maxfiy topografik xaritalar, planlar, fotoxaritalar, fotoplanlar va fotosxemalarni berish jurnallari XDFU grifiga ega bo‘lishi, ammo tashkilotlarning maxfiy-rejim bo‘limlari (maxsus qism, bo‘linmalari) tomonidan hisobga olinishi lozim.

42. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘linmalarida topografik xaritalar va planlarning hisobi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va tartibda yuritiladi.

43. Tashkilotlarda aeronegativlar (dubl-negativlar), aerosuratlar, ustma-ust montaj qilingan reproduksiyalar va ushbu reproduksiyalardan negativlar, maxsus asboblar va uchish pasportlari ko‘rsatkichlari, shuningdek, kosmik suratga olishning birlamchi va hosila materiallari maxsus inventar hisobga olish jurnallarida ushbu Nizomga 14-ilovaga muvofiq shaklda hisobga olinadi.

44. Har bir obyektning aeronegativlari (dubl-negativlari), aerosuratlari va kosmik suratlari ortib boruvchi raqamlar tartibida tanlab olinishi hamda bu raqamlar yuztadan oshmasligi hamda qattiq konvertlarga joylashtirilishi kerak.

Konvertlarga tegishli cheklovchi grif qo‘yiladi hamda aerosuratga olish yoki kosmik suratga olish ishlarini bajargan tashkilotning nomi, suratga olish ishlari bajarilgan yil va uning masshtabi, kamera turi, aerofotosuratga olish apparatining raqami va fokus masofasi, plyonka turi, aeronegativlar o‘lchamlari, uchastka (obyekt) tituli, film raqami, trapetsiya raqami yozib qo‘yiladi. Shuningdek, aeronegativlar raqamlari va ularning soni, konvertning inventar raqami ko‘rsatiladi.

45. Aeronegativlar solingan konvertlar qopqog‘i zich yopiladigan metall qutilarga joylashtiriladi.

Qutining tashqi tomonida obyekt tituli yoki film raqami, maxfiylik grifi, suratga olish ishlari bajarilgan yil va mazkur qutiga joylashtirilgan aeronegativlar raqamlari yoziladi.

46. Aeronegativlar, suratlar va ustma-ust montaj qilingan reproduksiyalarga maxfiylik grifi qo‘yilmaydi.

47. Aerofilmlar ham (kesilmagan) aerosuratga olish obyektlari bo‘yicha tanlab olingan va alohida rulonli aeroplyonka uchun metall bankalarda joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bankaning tashqi tomonida maxfiylik grifi, suratga olingan yil va aeronegativlar raqamlari ko‘rsatiladi.

Aerosuratlar va kosmik suratlarni ishlab chiqarish bo‘linmalariga berishda ularga maxfiy-rejim bo‘linmaning (maxsus qism, bo‘linma) yorliq shtampi qo‘yiladi.

48. Ustma-ust montaj qilingan reproduksiyalarning negativlari aeronegativlarni saqlash uchun belgilangan tartibga asosan saqlanadi. Skanerlovchi apparatda fototeodolit suratga olish negativlari va suratlarini hisobga olish va saqlash tartibi aerosuratga olish materiallari uchun belgilangan tartib bilan bir xil.

49. Aeronegativlar, aerosuratlar, kosmik suratlar, fototeodolit suratga olish negativlari va suratlari skanerlovchi apparat, joy to‘g‘risidagi axborotni magnitli va boshqa tashuvchilar yordamida qayta yuborish ushbu hujjatlarning (materiallarning) cheklovchi grifiga qarab belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

50. Maxfiy bo‘lmagan va XDFU loyihalarga, hisobotlarga va boshqa hujjatlarga ilova qilingan maxfiy topografik, tematik va maxsus xaritalar va planlar maxfiy materiallar uchun belgilangan tartibda alohida saqlanishi kerak.

Maxfiy xaritalar va planlar (ilovalar) maxfiy bo‘lmagan yoki XDFU loyihalar va hisobotlar bilan birga taxlab tikilgan (qo‘shimcha qilingan) holatlarda, ushbu loyiha va hisobotlarga “maxfiy” grifi qo‘yiladi.

51. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallari tashkilot komissiyasi tomonidan yo‘q qilinadi va qog‘oz maydalovchi mashinada 2,5 kvadrat millimetrdan ortiq bo‘lmagan parchalarga maydalash yoki yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilingani haqida dalolatnoma tuziladi.

Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini yo‘q qilish bo‘yicha komissiya tarkibiga tashkilot tarkibiy bo‘linmalarining tegishli shakldagi ruxsatnomaga ega va ushbu materiallarga bevosita aloqasi bo‘lgan mutaxassislari kiritilishi mumkin.

Yo‘q qilinganlik haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi Inspeksiyaga yuboriladi.

52. Ishlatib bo‘lingan, yaroqsiz holga kelgan va ortiqcha maxfiy hamda XDFU kartografiya va geodeziya materiallari ushbu materiallar va hujjatlar uchun belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

Tashkilotlar tomonidan belgilangan uchastkalarda geodeziya, topografiya, kartografiya va boshqa ishlarni bajarish uchun olinadigan geodeziya punktlari koordinatalari ushbu ishlar bajarib bo‘lingandan keyin belgilangan tartibda yo‘q qilishini kerak.

53. Kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) raqamli ko‘rinishda saqlash vazirlik, idora va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida maxfiylik rejimini ta’minlashga oid me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

54. Tashkilotni tugatishda foydalanishga yaroqsiz kartografiya va geodeziya materiallari dalolatnomalar bo‘yicha qog‘oz maydalovchi mashinada 2,5 kvadrat millimetrdan katta bo‘lmagan parchalarga maydalash yoki yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Foydalanishga yaroqli kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari) olingan joyiga qaytarilishi yoki Inspeksiya ko‘rsatmasi bo‘yicha berilishi kerak.


Download 317,8 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Download 317,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish, hisobga olish va saqlash

Download 317,8 Kb.