Kartografiya va geodeziya materiallarining (MA’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish




Download 317,8 Kb.
bet11/22
Sana19.03.2021
Hajmi317,8 Kb.
#13301
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
3-bob. Kartografiya va geodeziya materiallari (ma’lumotlari), shuningdek, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan geografik axborot tizimlaridagi geofazoviy axborotni yaratishga talablar

7. Foydalanish uchun ochiq bo‘lgan kartografik materiallar mahalliy koordinatalar tizimlarida bitta viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan katta bo‘lmagan hudud uchun analogli va elektron-raqamli ko‘rinishda, shuningdek, WGS-84 koordinatalar tizimida hududni cheklamagan holda, ushbu Nizomga 1 va 1a-ilovalarda keltirilgan talablarga muvofiq yaratiladi.

Bitta viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan katta bo‘lmagan hudud uchun mahalliy koordinatalar tizimida foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalar, fotoxaritalar va ortofotoplanlarni yaratishda tutash hududlarni qamrab olish maydonini 10 foizgacha oshirishga yo‘l qo‘yiladi.

8. Foydalanish uchun ochiq bo‘lgan kartografiya va geodeziya materiallariga (ma’lumotlariga) quyidagilar kiradi:

a) davlat koordinatalar tizimida 1:200 000 masshtabdagi (geodeziya tarmoq punktlarini tushirmasdan va foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarda ko‘rsatilishi taqiqlangan obyektlarni tavsiflamasdan), davlat koordinatalar tizimida 1:300 000, 1:500 000 va 1:1 000 000 masshtabdagi topografik xaritalar va fotoxaritalar, shuningdek, mahalliy koordinatalar tizimida 1:100 000 masshtabdagi topografik xaritalar;

b) mahalliy koordinatalar tizimida bitta viloyat hududidan katta bo‘lmagan hudud yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi uchun aerokosmik suratga olish asosida tayyorlangan, shuningdek, WGS-84 koordinatalar tizimida ushbu Nizomning 34-bandiga muvofiq nazorat ko‘rigidan o‘tgan har qanday aniqlik ko‘rsatkichga (maydonni cheklamasdan) ega bo‘lgan ortofotoplanlar;

v) davlat koordinatalar tizimida joyning aniqlik ko‘rsatkichlari 4 metr va undan ortiq bo‘lgan ortofotoplanlar;

g) davlat koordinatalar tizimida joyning aniqlik ko‘rsatkichlari 70 metr va undan yuqori xatolik bilan aniqlangan geodeziya punktlari koordinatalari;

d) astronomiya, astrofizika, geofizika observatoriyalari va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan stansiyalar, shuningdek, nodavlat koordinatalar tizimida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi bazaviy sun’iy yo‘ldosh stansiyalari koordinatalari;

e) nodavlat koordinatalar tizimida planli va balandlik tarmoqlarini fotogrammetrik zichlashtirishda jurnallar ko‘rinishidagi dastlabki axborot, triangulatsiya, poligonometriya va trilateratsiya dala o‘lchov ma’lumotlari, ularni hisoblash texnika vositalarida qayta ishlash uchun mo‘ljallangan nivelirlash bo‘yicha kiruvchi va chiquvchi axborot;

j) 1930-yilgacha nashr qilingan nometrik topografik xaritalar, shaharlar rejalari va boshqa kartografiya materiallari;

z) metama’lumotlari bo‘lgan va ishlov berilmagan sun’iy yo‘ldosh o‘lchovlari ma’lumotlari, elektron-raqamli geodeziya o‘lchov asboblarida bajarilgan burchak va balandlik o‘lchov natijalari;

i) past va o‘rta bosimli gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, kanalizatsiya va qorizlar, shuningdek, aholisi 100 ming kishigacha bo‘lgan aholi punktlari suv ta’minotining tarmoqlari va obyektlari tasvirlangan maxsus xaritalar, planlar, sxemalar (o‘ta muhim va toifalashtirilgan, shuningdek, rejimli va harbiy obyektlarga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma tarmoqlari bundan mustasno);

k) WGS-84 koordinatalar tizimida ifodalangan fuqaro aviatsiyasi obyektlari joylashgan joylar, xalqaro havo trassalari va aerodromlar hududlarida manevrlash sxemalari, to‘siqlar nuqtalarining koordinatalari;

l) geodeziya punktlarining shartli va mahalliy koordinatalar tizimida bitta viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi doirasidagi koordinatalari (kataloglari va koordinatalar ro‘yxatlari);

m) 100 gektargacha bo‘lgan hudud uchun abonentlar foydalanadigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari tasvirlangan maxsus xaritalar, planlar, sxemalar.

9. GATda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan elementlar, obyektlar va atributiv (matnli) ma’lumotlari bo‘lgan geofazoviy axborotdan cheklovchi griflarsiz foydalaniladi. GATda cheklovchi griflarga ega bo‘lmagan boshqa elementlar, obyektlar va ularning atributiv (matnli) ma’lumotlaridan foydalanish mumkin.

GATning kartografik asosi mahalliy koordinatalar tizimlarida bitta viloyatning hududidan katta bo‘lmagan hudud yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi uchun yoki WGS-84 koordinatalar tizimida hududni cheklamasdan yaratiladi.

Bitta viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi uchun mahalliy koordinatalar tizimida foydalanish uchun ochiq bo‘lgan GAT kartografik asosini yaratishda tutash hududlarni qamrab olish maydonini 20 foizgacha kattalashtirishga yo‘l qo‘yiladi.

10. Foydalanish uchun ochiq bo‘lgan kartografiya materiallarida aholi punktlari bosh planlarining mazmun elementlaridan ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan talablarga muvofiq foydalaniladi.

11. Davlat koordinatalar tizimidan mahalliy koordinatalar tizimiga o‘tish va aksincha, mahalliy koordinatalar tizimidan davlat koordinatalar tizimiga o‘tish parametrlarining (kalitlarining) e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kartografiya materiallarini, shu jumladan raqamli ko‘rinishda, shuningdek, GATlarni yaratishda ishlarni bajaruvchi tashkilotlar davlat koordinatalar tizimidan mahalliy koordinatalar tizimiga va aksincha, mahalliy koordinatalar tizimidan davlat koordinatalar tizimiga o‘tish parametrlarining maxfiyligini ta’minlashi shart.


Download 317,8 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Download 317,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kartografiya va geodeziya materiallarining (MA’lumotlarining) cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish

Download 317,8 Kb.