• Baliq telnoyesi.
  • Baliq frikadelkasi tomat sardagi bilan.
  • Кириш i-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar




    Download 133,52 Kb.
    bet21/33
    Sana31.01.2024
    Hajmi133,52 Kb.
    #149119
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
    Bog'liq
    Кириш i-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar-fayllar.org

    Baliq teftelisi. Baliq kotlet massasidan porsiyasiga 3—4 donadan uzib shar shakli beriladi, unga belanib, qobiq hosil qilib qovuriladi, chuqur tovaga terib, ustidan qaynab turgan sardak quyiladi, so'ng 10—15 minut davomida dimlab iste'molga tayyor qilinadi. Bu taomni kotlet massasidagi non o'rniga donador guruch bo'tqasi sohb ham tayyorlash mumkin. Tarqatishda isitilgan Ukopchaga garnir sifatida pishirilgan kartoshka, guruch yoki kartoshka pyuresi solinib, yoniga tefteli qo'yiladi va ustiga tefteli tayyorlangan sardakdan quyiladi. Garnir ustiga eritilgan sariyog' purkab, ko'kat sepib beriladi.
    Baliq telnoyesi. Tayyorlanishi bo'yicha xuddi zraziga o'xshash bo'lib, yarim oy shaklida baliq qiymasidan qilinadi. Buning uchun bahq kotlet massasidan 2 dona uzib, «obi non» shakli berib, qiyma solib, yarim oy shaklida chetlari bukiladi, lezonga botirilib, urvoqqa belangandan so'ng ko'p yog'da 3—4 minut qovurilib, yuzaki qobiq hosil qilinadi va suzib olingach, yog'i silqitiladi, qovurish shkafida 250°C haroratda 4—5 minut ushlanadi. Yuzida mayda sharchalar hosil bo'lishi iste'molga tayyor bo'lganligi belgisi hisoblanadi. Tarqatish uchun isitilgan likopchaga ikkitadan telnoye qo'yilib garnir sifatida sariyog' yoki sut sardagi bilan aralashtirilgan ko'k no'xat, qovurilgan kartoshka yoki murakkab garnir solib, ustidan qizdirilgan margarin purkaladi, ko'kat bilan bezaladi.
    Laqqa baliq yoki muz baliq 144 g, yoki cho'rtan baliq 163 g, yoki treska 89 g, yoki dengiz okuni 98 g, bug'doy noni 18 g, sut yoki suv 25 g, pazandachilik yog'i 4 g, yangi oq qo'ziqorin 17 g, yoki yangi shampinon 18 g, tuxum 1/6 dona, urvoq 1,5 g, qiyma vazni 28 g, tuxum 1/6 dona, urvoq 6 g, yarim tayyor mahsulot vazni 145 g, pazandachilik yog'i 12 g, garnir 100 g, oshxona margarini 5 g, sardak 75 g. Sof og'irligi 300 g.
    Sardak idishda alohida tomat sardagi beriladi. Baliq zrazisini xuddi go'shtli zrazi singari to'rtburchak shaklida ham tayyorlash mumkin.
    Baliq frikadelkasi tomat sardagi bilan. Baliq kotlet massasiga mayda chopib jazlangan piyoz, xom tuxum, oshxona margarini qo'shib aralashtiriladi va vazni 12—15 gramm qilib sharcha shaklida tayyorlanib, dimlab yoki qaynatmada 10—15 minut qaynatib pishiriladi.
    Tarqatishda isitilgan likobchaga garnir sifatida pishirilgan kartoshka, guruch. kartoshka pyuresi yoki qovurib pishirilgan sabzavot yoniga frikadelka qo'yib, ustidar tomatli sardak, smetana yoki tomatli smetana sardagi quyib beriladi.

    Download 133,52 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




    Download 133,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Кириш i-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar

    Download 133,52 Kb.