• Yopilgan baliq taomlari
  • Knel massasini tayyorlash




    Download 133,52 Kb.
    bet19/33
    Sana31.01.2024
    Hajmi133,52 Kb.
    #149119
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
    Bog'liq
    Кириш i-боб. Baliqdan tayyorlanadigan taomlar-fayllar.org

    Knel massasini tayyorlash. Knel massasi uchun xuddi kotlet massasiga o'xshagan baliq turlari ishlatiladi. Bunda 1 kg baliq filesiga 100 gramm non, 500 gramm sut yoki qaymoq, 3 dona tuxum oqi, 15 gramm tuz qo'shiladi.
    Baliq fUesi suyaksiz, terisiz tayyorlanib, mayda bo'laklarga bo'linadi, oq bo'lka non qobig'idan tozalanib sut yoki qaymoqda bo'ktiriladi. So'ng bu bo'ktirma tayyorlangan baliq filesiga aralashtirilib, go'sht qiymalagichning mayda ko'zli panjarasidan 2—3 marta o'tkaziladi. Bir xil massa hosil bo'lishi uchun aralashma kattaroq idishga solinib eziladi va aralashtiriladi. Xom tuxum oqi, quyuq-suyuqligiga qarab sut yoki qaymoq solinib, ko'pirarli darajada aralashtirib g'ovak massasi hosil qilgandan so'ng mazasiga ko'ra tuz qo'shiladi. Hosil bo'lgan massa g'ovak bo'lishi, ya'ni bir bo'lagi suvga solinsa, suv yuzida suzib yurishi kerak. Knel massasini tayyorlashda non o'rniga qatlama xamir ham ishlatilishi mumkin. Uning mayinligi va ozuqalik ahamiyati yuqoriligidan parhez taomlar tay-yorlashda tavsiya etiladi. Undan baliq kneli, qiyma tiqilgan baliq taomlarini tayyorlashda foydalaniladi.


    Yopilgan baliq taomlari
    Yopish uchun xohlagan turdagi juda katta bo'lmagan daryo va dengiz baliqlari ishlatiladi. Yopilgan baliq tomatlarini porsiyali to-vada yoki bir necha porsiya hisobida katta tovada tayyorlab, tarqatiladi.
    Mayda baliq (karas, lesh, karp, yazn, lin) butun holda yopib iste'molga tayyorlanadi. O'rta holdagi baliqlar suyaksiz filega ajratilib, porsiyalanib tayyorlanishi lozim. Ko'pincha sanoatda ishlab chiqarilgan baliq filelaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yopib pishirish uchun ishlatiladigan baliqlar xomUgicha dimlab pishirib yoki qovurib olinib, so'ng yopiladi.
    Garnir sifatida yopilgan baliq taomlari uchun pishirilgan yoki qovurilgan kartoshka, kartoshka pyuresi, dimlangan karam, donador grechixa bo'tqasi, pishirilgan makaron ishlatiladi. Sardaklardan — oq sardak, bug' sardagi, sut, smetana, tomatli sardaklar ishlatiladi.
    Tomatlar qovurish shkaflarida 250—280°C li haroratda qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha 15 dan 30 minutgacha ushlanadi. Yopish jarayonida taom 10% gacha vaznini yo'qotadi.

    Download 133,52 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




    Download 133,52 Kb.