Kompyuterli modellashtirish



bet54/141
Sana15.01.2024
Hajmi
#138013
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141
Bog'liq
KM majmua (1)

Ommaviy 
xizmat 
ko‘rsatish 
modeli.
Hisoblash 
tizimining
unumdorligining modelini olishda ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi keng
qo‘llaniladi. EHMni ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimi deb qarash mumkin. Ya’ni,
bunda, talabnomalar soni, talabnomalarning navbatda turish vaqti va boshqalarni
keltirish mumkin.
Ommaviy xizmat ko‘rsatish (rasm 3) kirayotgan talabnomalar oqimi a,
navbatlar Q, navbatda turgan talabnomalarni tanlash tartibidan iborat xizmat
ko‘rsatish madaniyati D, va xizmat ko‘rsatish pribori yoki xizmat ko‘rsatish
kanallaridan iborat. Agar tizimda bitta pribor bo‘lsa, bu tizim bir kanalli, agar tizim
bir nechta pribordan iborat bo‘lsa ko‘p kanalli deyiladi. Tizimning ishlashi
navbatga kelib tushgan talabnomalarning tushishidan boshlanadi, xizmat ko‘rsatish


133
uchun navbatda turgan talabnomalarni tanlash, va talabnomani priborga biror
moment oralig‘iga uzatishdan iborat. Xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng talabnoma
tizimni tark etadi. Tizimdan chiqishda talabnomalar oqimi hosil bo‘ladi.
Ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimi quyidagi parametrlar to‘plamidan iborat:
1) tushayotgan talabnomalar tushishlari orasidagi oraliq intervallarini
taqsimlash r(a);
2) talabnomalarga xizmat ko‘rsatish madaniyati D;
3) xizmat ko‘rsatish priborlari soni (kanallari) K;
4) priborlarni talabnomalarga xizmat ko‘rsatish vaqti taqsimoti r(b).
Jarayonning miqdoriy shakllanishi quyidagi xarakteristikalarga asoslanadi:
1) yuklanish – vaqt bo‘yicha o‘rtacha xizmat ko‘rsatayotgan priborlar
(kanallar) soni (bir kanalli tizimda yuklash juda kam vaqt talab etadi, bu vaqt
oralig‘ida xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘ladi, ya’ni turib qolmaydi);
2) navbatning uzunligi – xizmat ko‘rsatilishini kutayotgan zayavkalar soni;
3)
tizimdagi
zayavkalar soni
(priborlarda xizmat ko‘rsatilayotgan
zayavkalar);
4) zayavkalarning navbat kutish vaqti
– zayavkalarning tizimga tushgan
vaqtidan xizmat ko‘rsatish boshlanguncha bo‘lgan vaqt;
5) zayavkaning tizimda bo‘lish vaqti– zayavkalarning tizimga tushgan
momentidan xizmat ko‘rsatish tugaguncha bo‘lgan vaqt, ya’ni tizimdan chiqib
ketguncha bo‘lgan vaqt.
Rasm 3. Birkanalli (a) va ko‘pkanalli (b) xizmat ko‘rsatish tizimlari

Download
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141