128
bo‘lishi va matematik mantikning odatdagi barcha konunlariga buysunishi lozim.
Qo‘yilgan matematik masala korrekt bo‘lishi, ya’ni boshlang‘ich
va chegaraviy
shartlardagi kichik o‘zgarishlarda turg‘un bo‘lgan yagona yechimga ega bo‘lishi
kerak.
Matematik model qurilgandan keyin, ya’ni masalaga matematik shakl
berilgandan so‘ng biz uni o‘rganish uchun ma’lum bo‘lgan
matematik usullardan
foydalanishimiz yoki agar ulardan foydalanib bo‘lmasa, yangi usullarni ishlab
chikish lozim bo‘ladi.
Yakunlovchi boskichlarda (4-5, 5-6 kadamlarda ) modelning to‘g‘riligi
bizning matematik modelimizga mos ravishda nazariy masalani yechish natijalari
bo‘yicha va ularni real xolat taqqoslash orqali tekshiriladi.
Shuni aytib utish
kerakki, masalani yechish va olingan natijalarni real voq’yelik bilan taqqoslash
jarayonida model aniklashtirilib borilishi mumkin.
Yukorida keltirilgan sxemaga asosan amaliy masalani matematik
modellashtirish usuli bilan tadkik kilish va
yechishning quyidagi asosiy
boskichlarini keltirish mumkin:
-muammoni identifikatsiyalash(aniqlashtirish);
-matematik modelni qurish;
-modelni o‘rganish va matematik masalani yechish usulini tanlash;
-qo‘yilgan matematik masalani yechish
va olingan natijalar taxlili;
-modelning adekvatligini va korrektligini tekshirish;
-Olingan tadqiqot natijalarini realizatsiya qilish.
Matematik modelni kurish va tadkik kilish,
amaliy masalani yechish
bo‘yicha barcha ishlarni tashkillashtirish murakkab jarayon xisoblanadi. Bu
jarayon haqida yukorida aytilgan fikrlar fakatgina uning umumiy sxemasini
aniklaydi.
Real ob’yektdan uning modeliga o‘tishni aniqlaydigan anik koidalar
umumiy holda mavjud emas. Real ob’yekt holatini
aniklovchi faktorlar
to‘plamidan uncha ko‘p bo‘lmagan hal etuvchi faktorlarni ajratib olish va
originaldan modelga o‘tish tadqiqotchining modellashtirish bo‘yicha qobilyatini
aniklaydi. Qurilgan modelning real sistemaga
adekvatlik darajasi va, natijada,
qo‘yilgan masalani hal etishdagi muvafaqqiyat tadqiqotchilar guruxi a’zolarining
ijodiy qobiliyati va amaliy tajribalariga ko‘p jixatdan bog‘liqdir.
Modellashtirish bosqichlarini to‘g‘ri va oqilona amalga oshirish
matematikaning qo‘llanishi an’anaviy bo‘lgan
nafakat fizika va mexanika, balki
fanning boshka sohalari, jumladan kimyo,
iktisodiyot, biologiya, geologiya,
geografiya, psixologiya, tibbiyot va konkert texnika fanlariga oid turli masalalarni
muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi.