1.2.Hamkorlik jarayoniga asoslanga ta’lim jrayonini tashkil etish
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o‘quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko‘rsatma berilishi etarli emas. O‘quvchilar tom ma’nodagi hamkorlik, har bir o‘quvchining qo‘lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o‘quvchining kundalik natijasi avval qo‘lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o‘quvchilar o‘zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko‘proq izlanishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga intiladi.
Hamkorlik pedagogikasida esa o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining subyyekti sifatida qaraladi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchi pedagogik jarayonning subyyektlari sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni hosil bo‘ladi. Ular o‘zaro hamkor, hamdo‘st, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard, hamboshqaruvchi bo‘ladilar. Hamkorlik munosabatlari o‘qituvchilar orasida, ma’muriyat bilan o‘quvchilar va o‘qituvchilar tashkilotlari bilan, rahbarlar, ota-onalar, jamoatchilik orasida ham o‘rnatiladi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari hamkorlik pedagogikasi asosida shakllangan bo‘lib, u an’anaviy pedagogikadan quyidagicha farqlanadi: An’anaviy ta’limda o’qituvchi pedagogik jarayonning subyyekti, o‘quvchi esa obyyekti deb qaraladi.
Hamkorlikda o‘qitish o‘quvchining ta’lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o‘quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Hamkorlikda o‘qitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
– o‘quvchining o‘rganish jarayonini boyitadi:
– o’quvchilarga ular o‘rtasida taqsim qilinib, o‘zlashtirilgan kognitiv axborotlar to‘plamini beradi;
– o‘quvchilarda materialni o‘rganishga ishtiyok uyg‘otadi;
– o‘quvchilarning o‘z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi;
– axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
– o‘quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;
– turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o‘rtasida ijobiy o‘zaro munosabatlarni oldinga suradi.
Hamkorlikda ovqitish texnologiyasiga asoslaigan mashg‘ulotlarni o‘ziga xos turlarga ajratish va ularni amalda qo‘llash tizimi mavjud bo‘lib, quyida shu mahg‘ulotlardan ayrim namunalarni ko‘rsatib o‘tamiz:
uch pog‘onali intervyu;
davra suxbati;
ro‘yxat tuzish;
muammolar yechishni tashkil qilish;
bir daqiqalik ishlar;
juftlik izohlari;
muammoni jo‘natish;
baholash chizig‘i;
kam uchraydigan birlik jamoa kuzatuvi;
ikki qismlli kundaliq o‘zaro savol yo‘llash.
Bu mahg‘ulot turlarining ko‘pida o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lish, ularga rollar va vazifalar taqsim qilish ko‘zda tutiladi. Bunda qo‘yidagilar hisobga olinadi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari pedarogik jarayonini takomillashtirish va uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltitirishga asoslangan. Bu texnologiyalar ijodkor shaxsni shkllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi [1-30]. Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani ko‘rish, yasash, masalalar yechish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Hamkorlikda o‘qitish mahg‘ulotlarini tashkil qilishda: o‘qituvchi-sinf, o‘qituvchi kichiq guruh.
O‘qituvchi-katta guruh, o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi (juftlikda ishlash), kichik-guruh, guruh-sinf va boshqa tashkiliy shakllar qo‘llaniladi. Hamkorlikda o‘qitish-bu o‘qituvchining ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar guruhi, yakka o‘quvchi hamda butun sinf bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi bilan birgalikda, o‘quvchilarning ham o‘zaro qo‘llab-quvvatlovchi hamkorligini amalga oshirishdagi instruktaj va interfaol jarayonlarni ifodalovchi ommalashgan iboradir. O‘quvchilar hamkorlikda akademik topshiriqlar ustida, kichik guruhlarda ishlashadi va o‘zlariga hamda o‘z guruhlaridagi o‘rtoqlariga birgalikda yordam berishadi.
|