Hamkorlik ta’limi quyidagi maqsadli yo‘nalishlarga asoslanadi




Download 54,76 Kb.
bet4/12
Sana19.05.2024
Hajmi54,76 Kb.
#244087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Sevinch To‘xtamurodova

Hamkorlik ta’limi quyidagi maqsadli yo‘nalishlarga asoslanadi:
● pedagogik talabni inkor etgan holda ta’limiy hamkorlikka asoslanuvchi munosabatlarni tashkil etish;
● o‘quvchilarga insonparvarlik g‘oyalari asosida individual yondashish;
● ta’lim jarayonida kasbiy va ma’naviy birlikning qaror topishiga erishish.
Hamkorlik ta’limining asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini birgalikda bajarish hamda birgalikda ta’lim olishni nazarda tutadi. Bunday ta’lim texnologiyasini qo‘llashda o‘quvchilar o‘quv topshiriqlarini sheriklari bilan hamkorlikda to‘g‘ri bajarishlari bilan birga, guruhning har bir a’zosida ta’limiy faollikni yuzaga keltirishga ham e’tibor qaratilishi lozim.
6. Hamkorlikda o‘qitish o‘qituvchining ta’lim- tarbiya jarayonida o‘quvchilar guruhi, yakka tartibda, jamoa bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi, o‘quvchilarning o‘zaro qo‘llab-quvvatlovchi hamkorligini amalga oshirishdagi interfaol jarayon hisoblanadi. O‘quvchilar topshiriqlar ustida kichik guruhlarda hamkorlikda ishlaydilar va o‘zlariga hamda o‘z guruhlaridagi o‘rtoqlariga birgalikda yordam beradilar.
Hamkorlikda o‘qitish metodlari quyi- dagi beshta xususiyatga ega:
1. O‘quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki o‘rganilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, guruhiy ish natijasida mavzu (material) yaxshi o‘zlashtiriladi.
2. O‘quvchilar 2-3 kishilik kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.
3. O‘quvchilar umumiy vazifalarning yechi- mini topishga erishish yoki o‘rganish faoliya- tini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilin- gan hulq-atvor mezonlariga rioya qilishadi.
4. O‘quvchilar mustaqil bo‘lishadi. Umumiy vazifalarning yechimni topishga erishadilar. O‘qituvchi o‘rganish faoliyati bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, tayyorlaydi, ularni talab darajasida sifatli amalga oshirilishni ta’minlaydi, muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil qiladi. Mashg‘ulot va topshiriqlar o‘quvchilarning bir-birlariga ko‘maklashishlarni talab etadigan holda tuziladi.
5. O‘quvchilarning ta’lim olish jarayonidagi mas’uliyati oshadi.
Hamkorlikda o‘qitish nimadan boshlanadi?
●guruhda har bir sherik bilan birgalikda harakat qilish;
● berilgan topshiriqlarga jiddiy qarab, faol ishlash;
● sheriklar bilan muloyim va samimiy muloqotda bo‘lish;
● butun guruh, jumladan sherik yutuqlarini o‘z yutug‘i singari qabul qilish va birgalikda quvonish.
Hamkorlikda o‘rganish o‘quvchiga nima beradi?
● o‘quvchining o‘rganish jarayonini boyitadi;
● o‘quvchilarga kognitiv (atrof olam haqidagi bilim doirasini kengaytirish,
bilish ehtiyojlarini rivojlantirish ta’limi) axborot beradi;
● o‘quvchilarda materialni o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadi;
● o‘quvchilarning o‘z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarni shakllantirish
imkoniyatlarni kengaytiridi;
● axborotni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
● o‘quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlar beradi;
● turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy darajadagi guruhlar o‘rtasida ijobiy o‘zaro munosabatlarni ilgari suradi; hamkorlik shunday holatki, ta’lim jarayoni subyektlari birgalashib faoliyat qiladi, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam, jamotchilik yuzaga keladi.
Hamkorlikda o‘qitish konsepsiyasi quyidagilardan tarkib topadi:
● o‘quvchi bilan hamkorlik munosabati;
● o‘quvchida ijobiy emotsional qoniqish hosil qilish;
● maktab ta’limini muvaffaqiyatli amalga oshirish;
● muloqot va mehnat qilish ko‘nikma va malakasini hosil qilish;
● o‘quvchilar bilan birgalikda mehnat qilish va yutuqqa
erishishga ishontirish;
● o‘quvchiga yordam berish g‘oyasi;
● har bir o‘quvchi sinf ishida erkin qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak;
● o‘quvchilar ishini rag‘batlantirish maqsadida baholash.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasiga asoslangan mashg‘ulotlarda bir qancha metodlardan foydalanish mumkin. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos pedagogik-psixologik va uslubiy asoslari:
● tashkiliy-pedagogik asoslar – o‘quv reja, dastur, dars mavzusi, DTS talablari va ularga muvofiq darajada o‘zlashtirilishi talab qilinadigan yangi bilim hajmi asosida o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarining hamkorlikda ishlashlari uchun shart-sharoit imkoniyatlarini belgilash va amalga oshirish;
● psixologik asoslari – o‘quvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish, o‘quvchi uchun qulay psixologik muhit yaratish, dars mazmunidagi tushuncha, atama va boshqa shartlarning o‘quvchi uchun sodda va tushunarli bo‘lishi;
● uslubiy asoslari – mashg‘ulot uchun zarur vositalarni oldindan tayyorlash, ularning talab darajasida, sifatli bo‘lishni ta’minlash;
● muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari o‘quvchilarning kreativ (tadqiqotchilik xarakteriga ega, ijodiy tafakkurni jadal ravishda rivojlantirish ta’limi) qobiliyatlarini takomillashtirishda katta imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum. O‘quvchilarda kreativlik qobiliyatining rivojlanishiga quyidagi fazilatlar katta ta’sir ko‘rsatadi:
● ijodiy fikrlash;
● o‘quvchi qadr-qimmatini tan olish;
● atrof-muhit ta’siriga bolalar sezgirligini rivojlantirish;
● g‘oyalar va obyektlarni erkin egallashga yo‘naltirish;
● ijodiy jarayonlar to‘g‘risida asoslangan axborot bera bilish ko‘nikmasini shakllantrish;
● tanqidni to‘g‘ri asoslab bera bilishni rivojlantirish;
● o‘zini hurmat qilishni rag‘batlantirish;
● baho olishda qo‘rqish hissini jilovlashga o‘rgatish.
Hamkorlikda o‘qitishga asoslangan pedagogik jarayonda yuqorida qayd etilgan g‘oyalar asosida shaxsga yo‘naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta’lim texnologiyasining mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta’lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-sharoit yaratish emas, balki unga o‘z o‘zini tarbiyalashga yordam berishdan iborat bo‘lishi lozim.



Download 54,76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 54,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hamkorlik ta’limi quyidagi maqsadli yo‘nalishlarga asoslanadi

Download 54,76 Kb.