• «XXI asr ta’limi konsepsiyasi»
  • KIRISH Mavzuning dolzarbligi




    Download 54,76 Kb.
    bet2/12
    Sana19.05.2024
    Hajmi54,76 Kb.
    #244087
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Sevinch To‘xtamurodova

    KIRISH


    Mavzuning dolzarbligi: Hamkorlikda o‘qitish pedagogika fanida ancha yillardan buyon amalga oshirilmoqda. Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g‘oyasi nimanidir birgalikda bajarish emas, balki birgalikda o‘qishdir. Hamkorlik ta’limi pedagog va o‘quvchilarni ta’limiy faoliyat jarayonida birgalikda rivojlanishi, bir-birini chuqur tushuna olishi, birbirlariga nisbatan qalban yaqinlikni his qilishi, faoliyat bosqichlari va shu bosqichlarda erishilgan natijalarni hamkorlikda tahlil qilishdan iborat bo‘lib, ilg‘or, rivojlantiruvchi g‘oyalarni o‘zida aks ettirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
    O‘tgan asrning 70-yillarida J.Dyui ham- korlikda o‘qitishda natijalarni oldindan ko‘ra bilish, amaliy faoliyatni tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Ta’lim jarayonida kichik guruhlarda o‘qitishdan Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Isroil, Yaponiyada foydalanilgan. Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (Sh.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.Shatalov, Y.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o‘qituvchi va o‘quvchilar) o‘rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o‘zaro munosabatlarni tashkil etishini ta’kidlab o‘tadilar. 1
    Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega qoidalar A.Avloniy, G‘.G‘ulom, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers va boshqa- larning pedagogik qarashlarida o‘z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va «XXI asr ta’limi konsepsiyasi» asosini tashkil etadi.
    Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv maktab ta’limi tizimida bola shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o‘rin tutadi. Maktabning maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iboratdir.
    Hamkorlikda o‘qitish pedagogikasi pedagogik jarayonni takomillashtirish va
    uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslangan. Bu texnologiya ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta’lim sifati va samardorligini oshirishga xizmat qiladi. Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarning asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalarni bajarish, masalalar yechishni o‘z ichiga oladi.
    Kurs ishida aynan hamkorlik pedagogikasining rivojlanish tarixi, uning o‘qitish jarayonidagi o‘rni haqida va o‘tkazilgan tajriba asosidagi fikrlar bayon etilgan.

    Download 54,76 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 54,76 Kb.