|
Juftlikda ishlash (binar) dars
|
bet | 7/12 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 54,76 Kb. | | #244087 |
Bog'liq Sevinch To‘xtamurodovaJuftlikda ishlash (binar) dars - o‘quvchilarning juft bo‘lib, dars mavzusini birgalikda o‘zlashtirishi yoki bir-birining bilimlarini mustahkamlash darsi. Bunda zarur bo‘lganda juftliklar dars davomida turlicha o‘zgartirilishi mumkin.
Dialog darsi - o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish va o‘z fikrlarini bayon etish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida dars mavzusini o‘quvchilar bilan dialoglar tashkil etish orqali tushuntirish va mustahkamlash mashqlaridan iborat.
Aylana bo‘ylab mashq darsi - o‘quvchilarning navbatma-navbat ishtiroki asosida yangi mavzuni o‘zlashtirish yoki o‘tilgan darsni takrorlab, mustahkamlash mashqlaridan iborat.
Innovasiyalar darsi - o‘quv fani sohasidagi yoki maktab hayotiga tegishli yangiliklarni joriy qilish, shuningdek o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlari natijalarini amalda qo‘llash bo‘yicha taqlif va loyihalar bilan tanishirish darsi bo‘lib, o‘quvchilarning bilimlarini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi: o‘quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o‘qish o‘rganishdir.
Hamkorlikda o’qitish o‘quvchida quyidagilarni shakllantirishni ko‘zda tutadi :
Har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish;
shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash;
har bir o‘quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish;
o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash;
Tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirish.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi har bir o‘quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va
sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‘quv topshiriqlarini to‘liq va sifatli bajarishga, o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordam uyushtirishga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasida o‘quvchilarni hamkorlikda o‘qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:
1. Komandada o‘qitish(R.Slavin).
2. Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish(R.Slavin, 1986).
3. Hamkorlikda o‘qitishning “zigzag yoki arra” metodi (E.Aronson, 1978).
4. Hamkorlikda o‘qitishning “Birgalikda o‘qiymiz” metodi (Minnesot universiteti professorlari R.Jonson, D.Jonson,1987).
5. Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi (Isroildagi Tel-Aviv universiteti professori Sh.Sharan1988 tomonidan ishlab chiqilgan).
|
| |