|
Komandada o’qitish (R.Slavin)
|
bet | 8/12 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 54,76 Kb. | | #244087 |
Bog'liq Sevinch To‘xtamurodovaKomandada o’qitish (R.Slavin)
Komandada o‘qitishda ovquvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o‘quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o‘quvchi mavzuda ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishiga e’tibor qaratadi. R.Slavinning ta’kidlashicha, o‘quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko‘rsatma berilishi yetarli emas. O‘quvchilar o‘rtasida tom ma’nodagi hamkorlik, har bir o‘quvchining qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o‘quvchining kundalik natijasi avval qo‘lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o‘quvchilar o‘zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko‘proq izlanishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirishga intiladi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish
Bu metodda kichik guruhlar 4 nafar o‘quvchidan iborat qilib tuziladi. O‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadi. O‘quv topshiriqlari to‘rt qismga ajratilib, har bir o‘quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o‘quvchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos pedagogik, psixologik va uslubiy asoslari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular quyidagilar:
– tashkiliy-pedagogik asoslari - o‘quv reja, dastur, dars mavzusi, DTS talablari va ularga muvofiq darajada o‘zlashtirilishi talab qilinadigan yangi bilim hajmi asosida
o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarining hamkorlikda ishlashlari uchun shart-sharoit, imkoniyatlarni belgilash va amalga oshirish;
– psixologik asoslari - o‘quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlarini hisobga olish, mashg‘ulotda har bir o‘quvchi uchun qulay psixologik muhit yaratish, erkin muloqotni sifatli uyushtirishda dars mavzusi, mazmuni, qo‘llanilayotgan tushunchalar, atamalar, ta’riflar, formulalar va boshqa shartlarning o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlash;
– uslubiy asoslari - mashg‘ulot uchun zarur vositalarni oldindan ishga tayyorlash, ularning talablar darajasida sifatli bo‘lishini ta’minlash.
Muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish va boshqalar. Hamkorlikda o‘qitish samaradorligini ta’minlovchi omillar: o‘quvchilarning dars mazmuniga ijodiy yondashuvi, dars jarayonidagi axborotlarni tahlil va tanqid qilish, o‘z xulosalarini asoslash, bilimlarni yangi vaziyatlarda ijodiy qo‘llash, amaliy topshiriqlar bajarish uchun vaqtni ko‘proq ajratish, hamkorlikda o‘qiyotgan o‘quvchilarning birbiriga muvaffaqiyatga erishishlari uchun ko‘maklashuvi va boshqalar. Pedagogika- psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Faoliyatga kirish.
2. Mustaqil harakatlar o‘qituvchi bilan o‘quvchi hamkorlikda bajaradilar.
3. O‘qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o‘quvchini jalb etadi.
4. Taqlid harakatlari (o‘qituvchidan ibrat olgan o‘quvchi anna shu namuna asosida harakat qiladi).
5. Madad harakatlari (o‘qituvchi o‘quvchiga oraliq maqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi).
6. O‘zini - o‘zi boshqarish harakatlari (o‘qituvchi umumiy maqsadni ko‘rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi).
7. O‘zini - o‘zi ko‘rsatuvchi harakatlar.
8. O‘zini - o‘zi uyushtiruvchi harakatlar.
|
| |