Vigotskiyning birgalikdagi ta'lim nazariyasi




Download 54,76 Kb.
bet10/12
Sana19.05.2024
Hajmi54,76 Kb.
#244087
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Sevinch To‘xtamurodova

Vigotskiyning birgalikdagi ta'lim nazariyasi Bir guruh ichida o‘rganishni o‘rgangan birinchi psixologlardan ikkitasi Vigotskiy va Luriya edi. Ushbu rus olimlari o‘zlarining nazariyalarini shaxsning rivojlanishiga jamiyatning ta'siri to‘g‘risida Marks asarlariga asosladilar, ammo ularning g‘oyalarini kichik guruhlarga tadbiq etdilar. Vigotskiy va Luriya o‘zlarining birgalikdagi ta'lim nazariyasini inson o‘z atrofdagilar bilan munosabatlariga asoslanib qurilgan ijtimoiy hayvon, degan g‘oyaga asoslanib ishlab chiqdilar. Shuning uchun o‘quv jarayoni yanada samarali bo‘lib, u guruh sharoitida sodir bo‘lganda ko‘proq foyda keltiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida hamkorlik texnologiyasi o‘quv faoliyatining maqsadi o‘zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o‘quvchilar ilgari surgan yangi g‘oyalar va o‘zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog‘liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir. Hamkorlikda ta'lim paydo bo‘lishi uchun guruh maqsadlarini belgilash va ularni bajarish uchun zarur bo‘lgan ishlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida taqsimlash kerak.
Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani qurish, yasash masalalar yechish va boshqalar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini hamkorlik texnologiyasi asosida o‘qitish ko‘proq o‘quv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o‘quv bahsi va munozaralar o‘tkazishni nazarda tutadi. Mazkur g‘oyalar bir-birini to‘ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.
Boshlang‘ich sinflarni hamkorlikda o‘qitish har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o‘quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda masuliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich sinflarda hamkorlikda o‘qitishning «Birgalikda o‘qiymiz» metodi 1987-yili Minnesot universiteti professorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf o‘quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqni ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarning to‘liq bajarilish natijasida o‘quv materialining yaxlit o‘zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy prinsiplari-komandani taqdirlash, o‘quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi boshlang‘ich sinfdagi har bir o‘quvchining ta’lim olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‘quv topshiriqlarini to‘liq va sifatli bajarishga o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordamlashishga zamin tayyorlaydi.

Download 54,76 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 54,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vigotskiyning birgalikdagi ta'lim nazariyasi

Download 54,76 Kb.