• 2.2.Boshlang‘ich sinflarda hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati
  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilario‘qish darslarida hamkorlikda ishlashning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi




    Download 54,76 Kb.
    bet11/12
    Sana19.05.2024
    Hajmi54,76 Kb.
    #244087
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Sevinch To‘xtamurodova

    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilario‘qish darslarida hamkorlikda ishlashning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi:
    Bilim olish bo‘yicha vazifani (muammoli vaziyatni) qo‘yish;
    Maqsadlariga muvofiq bo‘lgan guruhlarga bo‘lish;
    Didaktik materialni tarqatish;
    Guruhdagi ishni rejalashtirish;
    Topshiriqni individual ravishda bajarish, natijalarni muhokama qilish;
    Guruhning umumiy vazifasini muhokama qilish (e'tirozlar, qo‘shimchalar, aniqlashtirishlar);
    Guruh ishining natijalari to‘g‘risida xabar berish;
    Guruhlar ishlari va qo‘yilgan vazifaga erishish to‘g‘risida umumiy xulosa chiqarish.
    O‘zaro hamkorlikning muhim omili va o‘quvchilarning o‘zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bilan o‘quvchi hamkorligining shakllaridir. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida hamkorlikdagi o‘quv faoliyati o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turi bo‘lib, u o‘zlashtirish obektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta’minlaydi.
    Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni bola shaxsiga yo‘naltirishga asoslanganligi. Ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi.


    2.2.Boshlang‘ich sinflarda hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati

    Bugungi kunda jahon miqyosida zamonaviy ta’lim yondashuvlaridan foydalanishlarga oid izlanishlarga alohida e’tibor qaratilib, o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini oshiruvchi va o‘quvchini faollashtiruvchi faoliyatlarni amalga oshirishga doir ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bunday yondashuvlar shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim strategiyasi talablari asosida boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarda hayotiy va shaxsiy ko‘nikmalarni shakllantirishni nazarda tutuvchi ta’lim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorligiga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etishni rivojlantirish, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikda o‘qitishga asoslangan innovatsion muhitni rivojlantirishni ta’minlovchi texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.


    O‘zbekiston ta’lim tizimida umumumiy o‘rta ta’limning sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishdagi keng qamrovli islohotlar natijasida boshlang‘ich ta’limda sifatli ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan globallashuv sharoitida ongli yashashga qodir shaxsni kamol toptirish va rivojlantirishni ta’minlovchi imkoniyatlar salmog‘i kengaydi. Shu bilan bir qatorda boshlang‘ich ta’lim jarayonida hamkorlikda o‘qitish ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirgan holda amaliyotga joriy etish zarurati ko‘zga tashlanmoqda.
    Bu borada, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim
    to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yang O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli PF-60-son Farmoni, 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda kichik maktab yoshidan boshlab o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish imkoniyatlarini yaratish vazifalari belgilab berilgan.
    Mamlakatimizda umumiy o‘rta ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich ta’limda o‘qitish sifati monitoringini amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlari muammosi R.Djurayev, Sh.Qurbonov, U.Inoyatov, R.Ahlidinov, E.Seytxalilov, R.Karimov, S.Turg‘unov, boshlang‘ich ta’lim mazmunini modernizatsiyalash va integratsiyalash, shaxsga yo‘naltirish masalalari B.Adizov, R.Nurjanova, G.Hasanova, H.Nazarova, pedagogik hamkorlikka oid ayrim yondashuvlar pedagogik sinergetika nazariyasi tarkibida ilgari surilgan holda J.Yo‘ldoshev, R.Safarova, Sh.Abdullayeva, B.Ma’murov, N.Dilova tomonidan tadqiq etilgan.
    Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida pedagogik hamkorlikka oid ayrim yondashuvlar V.Arshinova, V.Budanova, V.Vinenko, V.Ignatova, S.Kurdyumova, N.Talanchuk, G.Xaken, I.Prigojin, I.Stengers, G.Nikolis, A.Klimontovich, L.Gordin, A.A.Vorojbitova, V.Andreyevlar, pedagogik nuqtayi nazarni shakllantirish muammolari V.Ignatova, YE.Knyazeva,
    S.Kurdyumova, G.Malinetskiy, L.Makarova, Y.Sharonin, S.SHeveleva, V.Matkin,
    O.Fedorovlarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan.
    Xorijda hamkorlikdagi ta’lim nazariyasi Sh.Sharon, M. Montessori, R.Ganye, Dj.Brigs, L.Stross, R.Slavin, R.Djonson, D.Djonson, YE.Arasonlar tomonidan ishlab chiqilgan.
    Tahlilardan ko‘rinib turibdiki, pedagogik hamkorlikka oid yondashuvlar, o‘quv jarayonida o‘quvchining ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga oid ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lsada, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarga ilmiy bilimlar berish bilan birga ularni amaliy tajribalar asosida amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishga asoslangan hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanishga oid metodikalarni takomillashtirish masalasi maxsus tadqiq etilmagan.
    Ushbu muammoning bugungi kundagi holatini o‘rganish, tahlil etish va takomillashtirish, tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida quyidagi vazifalarni belgilab olishni lozim topdik:
    boshlang‘ich ta’lim jarayonida hamkorlikda o‘qitish ta’lim texnologiyasidan foydalanish holatini o‘rganish orqali ta’lim jarayoni subyektlarning hamkorlik motivatsiyasi va ijodiy fikrlash integratsiyalashuvi, ongli va kommunikativ faoliyat faollashuviga qaratilgan o‘quv bosqichlari mazmuni asosida takomillashtish;
    boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlik darajasini baholash
    mezonlarining parametrlari uchun hamkorlikka asoslangan ta’lim jarayonini loyihalashtirish, ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazoratini amalga oshirish, o‘quv vaziyatlarida do‘stona xulq-atvorni namoyon etishga oid elementlarni aniqlash;
    boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikda o‘qitish ta’lim texnologiyasinelementlari va rivojlanish yo‘nalishlaridan iborat pedagogik hamda muloqotga tayyorlikndarajasini aniqlash mezonlariga ko‘ra psixologik omillarini aniqlash;
    boshlang‘ich sinflarda hamkorlikda o‘qitish ta’lim texnologiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan interfaol metodlarni o‘quv jarayonidagi kommunikativ, motivatsion, maqsadli mashqlarni ishlab chiqish va metodik tavsiyalar yaratish.
    Bugungi kunda o‘qituvchi bilan ta’lim oluvchi hamkorligini tashkil etish masalasi boshlang‘ich hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi ta’lim jarayonida muhim ahamiyatga ega.
    Bu ta’lim beruvchi uchun ham, ta’lim oluvchi uchun ham o‘z faoliyatini mustaqil tarzda tashkil etishga oid nazariy yondashuvlardan biri bo‘lib, mazkur nazariya “o‘qituvchi – o‘quvchi” munosabatini, ya’ni “subyekt – subyekt” hamkorligini to‘g‘ri tashkil etish hodisasi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi dunyo-qarashdir.
    Hamkorlik pedagogikasi noan’anaviy pedagogika sifatida rivojlanib, bola shaxsini o‘zining o‘quv faoliyati subyekti ma’nosida qaralishiga imkon yaratadi. Shu sababli ta’lim jarayonidagi ikki subyekt hamkorlikda ishlashi joiz bo‘ladi. Bular katta yoshli tajribali do‘st, o‘rtoqning kichik yoshli hamkoriga o‘z tajribasini o‘rgatuvchi sifatidagi faoliyati - ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning samarali kechishiga xizmat qiladi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ushbu hamkorlik rahbariyat, o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi, ijtimoiy guruhlar, ular orasidagi munosabatlarning barcha ko‘rinishlarida namoyon bo‘lmoqda. Agar “an’anaviy ta’lim tizimida “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlari subyekt (o‘qituvchi) va obyekt(o‘quvchi) munosabatlariga, ya’ni o‘qituvchi pedagogik jarayonning faqat rahbari, yo‘naltiruvchisi sifatida namoyon bo‘lishiga asoslanilgan bo‘lsa, bugungi kunda hamkorlik pedagogikasi o‘quvchi shaxsining “Men”ini yorqinroq namoyish etishga, qobiliyat va iqtidorini anglashga, uni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ijodkorlikka intilish, yangilik yaratish – hamkorlik pedagogikasining kreativlik belgisi bilan chambarchasdir. Ushbu hamkorlik asosida bunyodkorlikka intilish, fikrlar parvoziga keng yo‘l ochiladi.
    Hamkorlik pedagogikasi turli mamlakatlarda ilg‘or pedagog-novatorlar ishtirokida rivojlandi. XX asrning 70 yillarida -AQShda – R. Jonson, Sh.Sharon, M. Montessori; Buyuk Britaniyada - R.Ganye, Dj. Brigs, Levi Stross; Rossiyada XX asrning 80-yillarida – S.L. Soloveychik, V.F. Amonashvili, N.A. Shalva, V. Shatalov, S.N.Lisenkova; O‘zbekistonda – XX asrning 90 yillarida - J. Yo‘ldoshev, V.Karimova, N. Sayidahmedov, R.Ishmuhamedovlar hamkorlik pedagogikasiga asos soldilar.
    Hamkorlikda o‘qitish g‘oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professorlari – R.Jonson, D.Jonson (1987), Kaliforniya universiteti professori – Sh.Sharon (1988) tomonidan tadqiq etilgan. Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o‘qitish, asosan o‘quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Yevropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikdagi o‘qitish, yuqorida qayd etilganidek, rivojlantirish, o‘quv bahsi va munozaralar o‘tkazishni nazarda tutadi. Hamkorlik pedagogikasining rivojlanishida o‘zbekistonlik ilg‘or pedagog-novatorlar: M.Ochilov, N.Azizxodjayeva, Ishmuhamedov, J.G‘. Yo‘ldoshevlar pedagogik jarayon ishtirokchilari (o‘qituvchi va o‘quvchilar) o‘rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o‘zaro munosabatlarni tashkil etish muhimligini ta’kidlab o‘tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega nazariyalar garchi shu nom bilan atalmagan bo‘lsada, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Siddiqiy, Ibrat va boshqa ko‘plab jadid ma’rifatparvarilarining pedagogik qarashlarida o‘z ifodasini topgan.
    Maktab barcha o‘quvchilar uchun quvonch keltiradigan, bilimlar eshigini ochib beradigan, ularni yuksak ma’naviyat cho‘qqisiga yetaklovchi, shu yo‘l bilan barkamol inson bo‘lib voyaga yetishishi uchun xizmat qiladigan asosiy maskandir. Chunki, maktab ta’limining asosiy maqsadi va bu yo‘lda bajariladigan barcha vazifalarning mohiyati yosh avlodning ma’naviy yetuk, jismonan baquvvat, ilmli, mehrmuruvvatli bo‘lib kamol topishiga qaratilgan.
    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi o‘quv-biluv jarayonini tashkil etar ekan, har bir o‘quvchining betakror ekanligi, uning ta’lim-tarbiyasi, ruhiy kechinmalari va kayfiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lishini unutmasligi lozim. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi har bir pedagog o‘quvchining qalbidan chuqur joy olib, hurmat ehtiromiga sazovor bo‘lib, uning eng yaqin kishilaridan biriga aylansa, quvonchi va tashvishiga sherik bo‘lishni bilsa, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olsa, ta’lim-tarbiya oldiga qo‘yilgan maqsadga erishiladi.
    O‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasidagi o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
    - o‘quv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish;
    - o‘quvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish;
    - o‘quvchilar jamoasi orasida o‘zaro do‘stona muhitni vujudga keltirish kabilar.
    O‘zaro hamkorlik va do‘stona muhitni vujudga keltirish uchun mazkur maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni tashkil etish lozim. Buning uchun o‘quv-tarbiya jarayonining ochiq xarakter kasb etishi va o‘zaro axborotlar almashinuvi uchun qulay bo‘lishini ta’minlash kerak.
    Ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun o‘quvchilarda ongli faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmasini tarkib toptirish, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish alohida ahamiyatga ega. Chunki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari murakkab, ruhiy inqirozlar vujudga keladigan, yuqori quvvatga ega bo‘lgan, shijoatli, yangilikka chanqoq, olamni o‘zlashtirishga intiluvchan, mustaqillik va moslashuvchanlikka moyil, xulq-atvorida ijtimoiy me’yorlarning shakllanishi jadal sur’at bilan kechadigan bo‘ladilar. Shunga ko‘ra quyidagilarning muhimligi kuzatilmoqda:
    - o‘qituvchi bilan o‘quvchilar hamkorligini boshlang‘ich sinflardayoq yo‘lga qo‘yishning zarurligi;
    - boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi bilan o‘quvchilar hamkorligini ta’minlashga xizmat qiladigan metodlarni qo‘llashning muhimligi;
    - o‘quvchilarga taqdim etiladigan axborotlar hajmining kengligi va ularni o‘zlashtirish o‘zaro hamkorlik va fikr almashinish muhitini taqozo qilishi;
    - o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida do‘stona hamkorlikka asoslangan muhitning vujudga kelishi o‘qituvchi pedagogik faoliyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarurligi;
    - o‘quvchilar va o‘qituvchilar munosabatlarida an’anaviy pedagogik yondashuvlarning saqlanib qolayotganligi va uni bartaraf etish ehtiyojining kuchayayotganligi;
    - ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi bilan o‘quvchilar hamkorlikning muhimligi;
    -o‘qituvchining muomala odobi, nazokati, shaxslararo muomala maromi, o‘quvchilar bilan do‘stona munosabatni o‘rnatuvchi muhim omil ekanligi kabilar.
    Bugungi kunda yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki:
    - o‘qituvchi-o‘quvchi orasidagi do‘stona munosabat negizida axborotlarni taqdim etish va o‘zlashtirish;
    - boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilar orasida do‘stona muhitni shakllantirish bilan bog‘liq pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash;
    - boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilar orasida hamkorlik va do‘stona munosabatni shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini izlash;
    - boshlang‘ich ta’limda do‘stona munosabatni tashkil etish jarayonining mazmuni, shakl, vosita, usul va metodlarini aniqlash alohida dolzarblik kasb etmoqda.
    Hamkorlikda o‘qitish ta’lim texnologiyasiga asoslangan ta’lim boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ichki motivatsiyani hosil qiladi, ular qobiliyatlarini yorqinroq namoyon etishga undaydi, guruh a’zolarining o‘quv manfaatlari yo‘lida birolashtiradi. Bunda alohida o‘quvchi shaxsi guruhdan tashqarida faoliyat ko‘rsatishiga nisbatan jamoaviy tarzda ko‘proq natijani qo‘lga kiritishiga imkon yaratiladi.
    Hamkorlikda o‘qitish ta’lim texnologiyasi asosida o‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar birgalikdagi faoliyatini ifodalovchi tizim bo‘lib, bu jarayonda jamoaning ijodiy quvvatlari va faoliyat samaradorligi namoyon bo‘ladi. Yangi maqsadlarni ro‘yobga chiqarish imkoniyati ta’minlanadi. Bu maqsad – o‘quvchilar jamoasini ularning kuchlari yordamida qo‘shimcha ijodiy natijani qo‘lga kiritishga o‘rgatishdan iborat.

    XULOSA
    Hozirgi vaqtda mamlakatimizda jahon ta'lim sohasiga kirib borishga mo‘ljallangan yangi ta'lim tizimining shakllanish jarayoni kechmoqda. Ushbu davr o‘quv-tarbiya jarayonining pedagogik nazariya va amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar bilan kechmoqda: o‘qitishning mazmuni o‘zgaryapti, bilim berish jarayoniga boshqa yondashuv taklif etilyapti, boshqacha munosabatlar va o‘zini tutish tamoyillari shakllanyapti. Bularning barchasini bizning davrimiz – XXI asr – yangi texnologiyalar va insonlar o‘rtasidagi yangicha munosabatlar asri taqozo etmoqda.
    Darhaqiqat Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan yana bir masala, bu - farzandlarimizni mustaqqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarni egallagan mustahkam hayotiy pozistiyaga ega, chinakkam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash vazifasidir”1 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida darslarni hamkorlikda o‘tish jarayoni o‘ziga nafaqat murakkab bilimlar tizimini o‘zlashtirishni, ko‘pgina o‘quv va intellektual ko‘nikmalarni shakllantirishni, balki bilib olish jarayonlarini: e'tibor, xotira, fikrlash va qobiliyatni rivojlantirishni ham kiritadi.
    Hamkorlikdagi o‘quv faoliyatining maqsadi o‘zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o‘quvchilar ilgari surgan yangi g‘oyalar va o‘zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog‘liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.
    Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday hatti-harakat o‘qituvchining o‘quvchiga ko‘rsatadigan yordamidan boshlanadi, o‘quvchilarning faolligi asta-sekin o‘sib borib, butunlay ularning o‘zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo‘ladi.
    Hamkorlikda o‘qitish jarayonidan kelib chiqib quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin:
    ● o‘quvchilar dars mazmuniga ijodiy yondashadi;
    ● dars jarayonidagi axborotni tahlil va tanqid qilib, o‘z xulosalarni
    asoslaydi;
    ● bilimlarni yangi vaziyatlarda ijodiy qo‘llaydi;
    ● hamkorlikda o‘qiyotgan o‘quvchilar muvaffaqiyatga erishish uchun bir birlariga ko‘maklashadilar.



    Download 54,76 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 54,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilario‘qish darslarida hamkorlikda ishlashning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi

    Download 54,76 Kb.