|
Umuman, hamkorlikda o‘qitish metodlari quyidagi beshta xususiyatga ega
|
bet | 6/12 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 54,76 Kb. | | #244087 |
Bog'liq Sevinch To‘xtamurodovaUmuman, hamkorlikda o‘qitish metodlari quyidagi beshta xususiyatga ega:
1. O‘quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki o‘qitilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, bu guruhiy ish orqali yaxshi o‘zlashtiriladi.
2. O‘quvchilar 2-5 a’zodan iborat tarkibda kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.
3. O‘quvchilar umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki o‘rganish faoliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilingan xulq-atvor mezonlariga rioya qilishadi.
4. O‘quvchilar ijobiy va mustaqil bo‘lishadi. Umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki o‘rganish faoliyati bo‘yicha ishlarni tashkil etish, o‘quvchilarning bir-birlariga ko‘maklashishlari talab etilishini qisobga olgan holla tuzilgan bo‘ladi.
5. O‘quvchilar o‘z ishlari iatijasiga yoki boshqacha aytganda, o‘qishga, ta’lim olishga, shaxsan mas’uliyatli va javobgardirlar.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari amalga oladigan ayrim noana’naviy dars shakllari
Matbuot konferensiyasi darsi - dars mavzusini savol javoblar orqali o‘zlashtirish mashqi.
Quvnoqlar, zukkolar klubi darsi - qiziqarli savol-ularga javoblar topish orqali mustaqil fikrlashni o‘rgatish mashqi.
Guruhlarda ishlash darsi - o‘quvchilarning bir nechta guruhlarga bo‘linib vazifalar bajarishini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlash mashqi.
O‘zaro o‘qitish darsi - o‘quvchilarning dars mazmuni bo‘yicha matnning ayrim abzaslari yoki shunga o‘xshash kichiq bo‘laklarini bir-birlariga tushuntirishlarini tashkil etish orqali mavzuni o‘zlashtirish darsi.
O‘quvchilar olib boradigan dars - dars mavzusini o‘quvchilar tomonidan tushuntirib berilishini tashkil etish orqali o‘quvchilar faolligini oshirish mashqi.
Tanlov darsi - sinfdagi o‘quvchilarning bir yoki bir nechta mavzu bo‘yicha oldindan tayyorgarlik ko‘rgan holdagi tanlovini tashkil etish, g‘oliblarni aniqlash darsi.
|
| |