|
Kurs ishi bajardi
|
bet | 3/12 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 54,76 Kb. | | #244087 |
Bog'liq Sevinch To‘xtamurodovaKurs ishining maqsadi: Boshlang’ich sinf o‘quvchilari o‘rtasidahamkorlik madaniyatin shakllantirish metodikasi mavzusiga oid nazariy-adabiyotlarni tahlilqilish, hujjatlarni tahlil qilish, materialni umumlashtirish va tizimlashtirish.
Kurs ishining vazifalari: Kurs ishi maqsadidan kelib chiqqan holda ushbu vazifalar belgilandi:
- Hamkorlik asosida umumta’lim maktablaridaa ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish;
- Hamkorlik jarayoniga asoslanga ta’lim jrayonini tashkil etish;
- Boshlang‘ich sinf darslarida hamkorlik texnologiyasidan foydlanishning ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o‘rni;
- Boshlang‘ich sinflarda hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydala-nishning ahamiyatinio`rganish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi:Ushbu kurs ishi murakkab rejalikka asoslangan bo‘lib kirish, Kirish,ikki bob, to‘rt reja va xulosa qismdan iborat. Kurs ishining umumiy tavsifi asosiy qismdayoritib berilgan.Ishning so‘nggida xulosalar bayon qilinib, adabiyotlar ro‘yxati ilova qilingan.
HAMKORLIK ASOSIDA MAKTABLARDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI SHAKLLANTIRISH
1.1.Hamkorlik asosida umumta’lim maktablaridaa ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish
Shaxsga yo‘naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi fikrlarmuhim o‘rin tutadi:
1. Shaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash:bola maktabda to‘la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda subyekt; shaxsning rivojlanishi – ta’lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o‘z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g‘oyalarlarni aks ettiradi.
2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo‘lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolani o‘z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o‘qituvchi va o‘quvchining huquq jihatdan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish kabi holatlarni ifodalaydi.
3. Individual yondashishning yangi tal- qini. Uning mazmuni o‘quv fanini o‘quvchiga emas, balki bolani o‘quv faniga yo‘naltirishdan iborat. Individual yondashish quyida- gilarni o‘z ichiga oladi: materialni o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga mo‘ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko‘ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.
4. Shaxsning ijobiy «Men-konsepsiyasi»ni shakllantirish. Menkonsepsiyasi – bu shaxsning o‘zi haqidagi tasavvur- lari asosida shaxsiy xulqini shakllantiruvchi tizim bo‘lib, ijobiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag‘batlantirib, shaxsninng ijo- biy namoyon bo‘lishiga yordam beradi.2
Salbiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o‘qish natijalarini yomon- lashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. O‘qituvchining vazifasi har bir o‘quvchi timsolida komil shaxsni ko‘rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat.
5. «Nimaga?» va «Qanday ta’lim?» masa- lasini hal etishga yangicha yondashish. Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat.
Zamonaviy maktabda tarbiyalash konsepsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g‘oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo‘yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish.
|
| |