25
25
asbobga aytiladi. Yarim o‗tkazgichli diodlar ma‘lumotnomalarda
radioelektron apparaturalarda qo‗llanilish sohalari yoki vazifasiga ko‗ra
sinflanadilar.
To‗g‗rilovchi diodlar kuchlanish manbai o‗zgaruvchan
kuchlanishini o‗zgarmasga o‗girishda qo‗llaniladi. To‗g‗rilovchi
diodlarning asosiy xossasi– bir tomonlama o‗tkazuvchanlik bo‗lib,
uning mavjudligi to‗g‗rilash effekti bilan aniqlanadi.
To‗g‗rilovchi diodlarning ishlatilish chastota diapazoni juda keng.
Shu sababli ular ishchi chastota diapazoni bo‗yicha sinflanadilar.
Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (PCh diodlar) sanoat
chastotasidagi (50 Gs) o‗zgaruvchan tokni o‗zgarmasga o‗girishda
qo‗llaniladi. PCh diodlariga qo‗yiladigan asosiy talab – bu katta
qiymatga ega bo‗lgan to‗g‗rilangan toklar olish. To‗g‗rilovchi diodlar
odatda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha va 10 A dan yuqori bo‗lgan
to‗g‗rilangan toklarga mo‗ljallangan kichik, o‗rta
va katta quvvatli
diodlarga bo‗linadi. PCh diodlari katta
r-n o‗tish bilan
xarakterlanadilar.
Yuqori chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (YuCh diodlar) o‗n va yuz
megagers chastotagacha bo‗lgan signallarni nochiziqli elektr
o‗zgartirishga mo‗ljallangan. YuCh diodlari
yuqori chastota signallari
detektorlari, aralashtirgichlar, chastota o‗zgartirgich sxemalar va
boshqalarda qo‗llaniladi. Yuqori chastota diodlari kichik inersiyaga ega,
chunki kichik yuzaga ega bo‗lgan nuqtaviy
r-n o‗tishga
ega va shu
sababli ularning to‗siq sig‗imi pikofaradning bir qismini tashkil etadi.
Shottki to‘sig‘ili diodlar kuchlanish manbai qayta ulagichlarida
keng tarqalgan, chunki ular qayta ulanish ishchi chastotasini 100 kGs
va undan yuqoriga orttirishga, radioelektron apparatura og‗irligi,
o‗lchamlarini kichraytirishga va kuchlanish
manbai FIK oshirishga
imkon yaratadilar. Shottki to‗sig‗i metallni yarim o‗tkazgich bilan
kontakti natijasida hosil qilinadi. Yarim o‗tkazgich material sifatida
26
26
ko‗p hollarda
n–turdagi kremniy,
metall sifatida esa Al, Au, Mo va
boshqalar qo‗llaniladi. Bu vaqtda metall chiqish ishi kremniy chiqish
ishidan katta bo‗lishi talab qilinadi. Bunday diodlarda diffuziya sig‗imi
nolga teng, to‗siq sig‗imi esa 1 pF dan oshmaydi.
Doimiy tok manbalarining xizmat muddati cheklanganligi tufayli
ko‘pchilik hollarda o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas
tokka aylantiruvchi
moslama -to‘g‘irlagichlardan foydalaniladi. Ularning asosini yarim
o‘tkazgichli diod
tashkil etgan shakli bilan tanishamiz.
1. Bir yarim davrli sxema (22-rasm)
Bu sxema uchun doimiy tok tashkil etuvchisi I
0
, kuchlanishniki U
0
,
pulsatsiya koeffitsiyenti k quyidagilarga teng.
I
0
=I
m
/
(1)
U
0
=I
0
R
H
= U
m
/
– I
0
R
i
(2)
k= U
m
/U
0
=1,57 U
0
/U
0
=1,57 (3)
2. Ikki yarim davrli sxema (23-rasm ).
Bu sxema uchun tokning, kuchlanishning doimiy tashkil etuvchilari va
pulsatsiya koeffitsiyenti quyidagi formulalar bilan topiladi.
I
0
= 2I
m
/
(4)
U
0
=I
0
R
H
= 2U
m
/
– I
0
R
i
(5)
k= 0,67 (6)
3. Ko‘prikli bir fazali to‘g‘rilash sxemasi (24-rasm).
Amalda ikki yarim davrli sxema akkumlyatorlarni zaryadlovchi qurilma
sifatida ishlatiladi.
Ko‘prikning AV dioganali transformator ikkilamchi chulg‘amiga,
SD dioganali esa RH qarshilikka ulangan.
Transformator ikkilamchi chulg‘amiga o‘zgaruvchan kuchlanish
byerilganda uning ikkilamchi chulg‘amida
kuchlanish ishorasi har
27
27
yarim davrda o‘zgaradi. Natijada A nuqta potyentsiali musbat, V
niki manfiy bo‘lganda shu yarim davr mobaynida tok