FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




Download 82,83 Kb.
bet2/10
Sana23.05.2024
Hajmi82,83 Kb.
#251227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Narbayeva Fazilat...

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................................31


KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi.Hozirgi globallashuv davrida barcha sohalar singari pedagogika tizimi ham jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Yurtimizda ham pedagogika sohasini rivojlantirish, bu sohada yetuk pedagogik kadrlarni yetishtirish bo‘yicha ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bu borada pedagogika unversitetlarida pedagogika fanlar tizimini chuqurlashtirilgan tartibda o‘tish, yangi pedagogik kadrlarni kasbiy kompetentligini oshirish, ularni to‘liq kasbiy kompetensiyalar bilan ta’minlash ishlari tizimli bosqichlarda ro‘yobga chiqmoqda.
Hozirgi kunda pedagog kadrlarda, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, bu orqali yosh avlod kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o‘ziga xos sifatlari alohida o‘rganilgan bo‘lib ular orasida M.S.Salayeva olib borgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra, pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizini quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi.
Kasbiy-pedagogik kompetentlikdan ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi.
Biz har bir pedagogni ham kasbiy kompetentlikka to‘laqonli ega deb aytolmaymiz. Kasbiy kompetentlikka ega bo‘lgan pedagog o‘z bilimlarini izchilllik bilan boyitib boradi, kreativlikka intiladi, yangi axborotlarni tinimsiz ravishda o‘zlashtirib boradi, takrorlanmas bilimlarni izlab topadi,davr bilan hamnafas yuradi, bilimlarni qayta ishlaydi va ularni amaliyotda qo‘llashning samarali yo‘llarini o‘ylab topadi.
Bilamizki, pedagogik kompetentlik pedagogik jarayon asosida namoyon bo‘ladi. Qachonki pedagogik jarayon to‘g‘ri vujudga kelsagina ta'lim beruvchi o‘z kompetentligini samarali qo‘llay oladi. Xo‘sh o‘zi pedagogik jarayon nima? Shu tushuncha haqida bilib olamiz. 
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro talablarga javob bera oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarni egallagan sohasidan kelib chiqib munosib ish o‘rni bilan ta’minlash, zarur hollarda egallagan kasbiy darajasiga qarab xorijiy mamlakatlarda ham ish bilan ta’minlash masalalarini hal qilish maqsadida prezidentimiz tomonidan PF-5812-sonli prezident farmoni qabul qilingan. Unda “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida YUNESKO tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (TXST)ga mos yangi professional ta’lim muassasalarini tashkil etish asosiy vazifa sifatida belgilangan edi. Shuni inobatga olgan holda 2020-2021-o‘quv yilidan xalqaro tasniflashning 3- darajasiga mos keluvchi boshlang‘ich(kasb-hunar maktabi), 4-darajadagi o‘rta(kollej) va 5-darajadagi o‘rta maxsus(texnikum) professional ta’lim muassasalari tashkil etildi va bu respublika bo‘ylab keng miqyosda yo‘lga qo‘yildi. Professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini zamon talablariga to‘la javob bera oladigan, raqobatbardosh kadr sifatida yetishishi avvalo ularga ta’lim beruvchi pedagoglarning tayyorgarlik darajasi, bilimi, kasbiy kompetensiyalarining shakllanganligi bilan uzviy bog‘liqdir.

Download 82,83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 82,83 Kb.