Kurs ishi topshirdi: Qabul qildi: urganch-2024 mundarija




Download 82,83 Kb.
bet9/10
Sana23.05.2024
Hajmi82,83 Kb.
#251227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Narbayeva Fazilat...

XULOSA.
Tahlil qilingan tadqiqot ishlari va olingan ma’lumotlarga asoslangan holda biz A.V.Xutorskiy tomonidan pedagogning kasbiy kompetensiyasiga oid ta’rifini
ma’qul deb hisobladik. Unga ko‘ra ta’lim jarayonida o‘qituvchida yettita
kompetensiya bo‘lishi maqsadga muvofiq:
1.Dunyoqarash asosida milliy qadriyatlar va o‘zini anglash - o‘qituvchining
dunyoqarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. U atrof muhitdagi voqea va hodisalarning mohiyatini ko‘ra oladi va tushunadi, bunga o‘zini yo‘naltiradi, pedagog sifatida o‘z fikrini asoslay oladi. Muammo yechimini topa oladi.Bu kompetensiya - o‘qituvchining o‘quv va boshqa faoliyatlaridagi o‘z-o‘zini anglash mexanizmini ta’minlaydi.
2.Umummadaniy milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lish;
mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; oilasiga, urf-odatlarga hurmat; ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. Ilm- fanning inson hayotiga va dunyo rivojiga ta’sirini anglay olishi va talabalarga tushuntira olishi.
3.O‘quv va bilish jarayoni - o‘qituvchining mustaqil bilish faoliyati. Mantiqiy
fikrlashi. O‘quv-biluv faoliyatini baholashi, bilim va ko‘nikmasini tahlil qila olishi.
4.Ma’lumotga ega bo‘lish - pedagogik faoliyati, o‘z faniga doir ma’lumotlarni egallash ko‘nikmasi.
5.Muloqotchanlik - til bilishi, turli xil insonlar bilan muloqotda bo‘lishi,
jamoada o‘ziga xos o‘rinda turishi.
6.Ijtimoiy - foydali mehnat, oilaviy munosabatlar va mas’uliyat, jamiyat
rivojidagi ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy
ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
7.O‘z ustida ishlashi - jismoniy, ma’naviy, intellektual jihatdan o‘z-o‘zini
rivojlantirib borishi.
«Pedagogning kasbiy kompetentligi» tushunchasi har zamonda turli olim,
tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilib kelinmoqda. Biz bu berilgan ta’riflarni umumlashtirib quyidagicha izohlashni maqsadga muvofiq deb topdik: Pedagogning kasbiy kompetentligi – pedagog faoliyatda eng muhim jihatlardan biri bo‘lib,pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha ehtiyoj, qobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarinigina ifodalab qolmay, uning insoniy fazilatlari, muomala madaniyati, kasbiy o‘sishi, mas’uliyati va boshqa xususiyatlarini ham o‘zida ifodalaydi.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqargan holda shuni aytish mumkinki, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda asosan o‘qituvchilar o‘z faoliyati jarayonida ibrat, namuna ko'rsatish bilan yoshlarning faolligini, his - tuyg‘usini, xatti - harakatini rivojlantirishi va ta’sir eta olishi, har bir mashg‘ulot uchun material tanlash, uni murakkablashtirish va oldingi hamda keyingilari bilan aloqasini ta’minlash, pedagogik jarayonni o‘qituvchilar jamoasi va yoshlar bilan ishlashni qamrab olib, ta‘limiy-tarbiyaviy vositalar majmuidan foydalangan holda rejalashtirishi shart.



Download 82,83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 82,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishi topshirdi: Qabul qildi: urganch-2024 mundarija

Download 82,83 Kb.