|
O‘qituvchining pedagogik kompetentliligi yo
|
bet | 8/10 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 82,83 Kb. | | #251227 |
Bog'liq Narbayeva Fazilat...3.2. O‘qituvchining pedagogik kompetentliligi yo‘nalishida qo‘yilayotgan eng asosiy talablar.
Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
-shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomonidan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyaiariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;
-keng bilimga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi; yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;
-o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasi bo‘yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi; -ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi; o‘z ishiga ijodiy yondashishi; bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi;
-pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi; o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
DTS talablarini amaliyotda qo‘llash va uning monitoringini olib borish; o‘z fani bo‘yicha ta’lim jarayonining rivojlanish moyilligi va dinamikasini aniqlash uchun o‘quvchilar o‘rtasida anketa so‘rovlari va suhbat o‘tkazish asosida axborotlar to‘plash va tahlil qilish; ta’lim jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘nalishida belgilangan vazifalarni qayta ko‘rib chiqish, yangilash; o‘quvchilarning innovatsion faoliyat natijalariga qiziqishini shakllantirish va rag‘batlantirish asosida innovatsion faoliyatni tashkil etish.
Kasbiy ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlar sifatida didaktik qobiliyatning mazkur komponentlari shakllangan o‘qituvchilarda turli vaziyatlarda, ya’ni muammoli vaziyatlarda ham vaziyatli yondashuvni motivlashtirish samarali funksiyalaridan o‘z tatbiq etish, vazifasiga maqsadli- ko‘ra to‘g‘ri foydalanish, o‘quvchilar fikrini o‘rganish, tahlil qilish va ob’yektiv baholash ko‘nikmalari shakllangan bo‘ladi. Bular asosida o‘quvchilarning psixologik xususiyatlariga mos doimiy yo‘naltirish yotadi va bunday qobiliyat egasi bo‘lgan pedagog o‘z O‘quvchilarining bilimi, ko‘nikma va malakasi, dunyoqarashini, qiziqishlarini, ta’lim jarayonida o‘zaro bevosita ta’sirlar mavjudligini tasavvur qila oladi.
|
| |