III.BOB. PEDAGOGIK KOMPETENTLILIK KO'RSATKICHLARI VA BAHOLASH MEZONLARI




Download 82,83 Kb.
bet7/10
Sana23.05.2024
Hajmi82,83 Kb.
#251227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Narbayeva Fazilat...

III.BOB. PEDAGOGIK KOMPETENTLILIK KO'RSATKICHLARI VA BAHOLASH MEZONLARI.
3.1. Pedagogik jarayonlarda o'qituvchilar tomonidan o'ziga xos ahamiyat kasb etuvchi vazifalar.
O‘qituvchilar ta’lim muassasasida pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etish va uni boshqarish hamda qulay ta’limiy muhitni shakllantirishi uchun o‘qitishning turli xil zamonaviy usullarini bilishi va ularga asoslanishi, rivojlantiruvchi g‘oyalar yo‘nalishini aniqlay olishi, ilg‘or tajribalarni va fan-texnika yutuqlarini muntazam o‘rganib borishi, ularni o‘z faoliyatida tatbiq etishi, yangiliklarga asoslangan o‘z innovatsion faoliyatini tashkil eta olishi zarur hisoblanadi. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning faoliyatlarini takomillashtirish va o‘quv jarayonini rivojlantirishning eng asosiy shartlaridan biri o‘qituvchilarning pedagogik jarayonlarni ilmiy asosda tashkil etishining zarurligidir.
Pedagogik jarayonlarning ilmiyligi - yangiliklarni tatbiq etish va innovatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslanish hamda ilmiy asoslangan ma’lumotlardan foydalanish, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning pedagogik, psixologik va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini o‘zlashtirish, shular qatori pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish jarayoniga innovatsion yondashuv texnologiyalarini joriy etish kabi vazifalarni belgilaydi.
UO‘TM o‘qituvchilari faoliyati samaradorligi ularning tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ijodiy, kommunikativ va boshqa ko‘nikma va malakalari qatori pedagogik qobiliyatlariga ham bevosita bog‘liq hisoblanadi. UO‘TM o‘qituvchisi faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblangan ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va uni takomillashtirish negizi boshqariladigan ob’yekt va boshqaruvchi sub’yekt tizimlaridan tashkil topadi. Bu tizim o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari hamda pedagogik jarayon (ob’yekt)dagi faolligining bog‘liqligi va aloqadorligidan tashkil topadi. Shunday qilib, UO‘TM o‘qituvchisi faoliyati o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish, pedagogik jarayonlar ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish va boshqarishdan iborat bo‘lib, ular o‘z navbatida ta’lim jarayonini va didaktik vositalarni boshqaradilar. Demak, UO‘TM o‘qituvchisi faoliyati samaradorligi ta’lim jarayonidagi intizom, o‘quvchilar faolligi, ta’lim jarayoni samaradorligi va o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari darajasi orqali ifodalanadi va bu o‘z navbatida o‘qituvchining pedagogik kompetentliligiga bog‘liq bo‘lib, ta’lim jarayoni ishtirokchilari o‘quv faoliyatida chorasizlik va majburiylik o‘rnini ijodiy yondashuvlar egallashiga xizmat qiladi. Intellektual faollik, sabrlilik va chidamlilik, ijodkorlik va yaratuvchanlik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik, notiqlik va talabchanlik, nazoratga moyillik va kuzatuvchanlik, ishontira olish va xotirada saqlab qolish, tarbiyaviy munosabatlarda faollik va o‘rnak bo‘lish hamda pedagogik ta’sir ko‘rsatish va liderlik xususiyatlarini shakllanganligi va yuqori darajadagi rivojlanganligini UO‘TM o‘qituvchisining pedagogik kompetentliligi komponentlari deb aytishimiz mumkin. Demak, o‘z pedagogik faoliyatida o‘qituvchi uchun eng zarur bo‘lgan xususiyatlardan biri pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish va mazkur jarayon ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishidagi notiqlik va talabchanlik, nazoratga moyillik va kuzatuvchanlik, ishontira olish va xotirada saqlab qolish, tarbiyaviy munosabatlarda faollik va o‘rnak bo‘lish kabi xislatlarini uning pedagogik kompetentliligi deb hisoblab, pedagogik kompetentlilikning tashkiliy tizim sifatida uning komponentlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish yo‘nalishida qo‘yilayotgan zamonaviy talablar o‘qituvchilarda shakllantirilishi va rivojlantirilishi zarur bo‘lgan muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlarning quyidagi ko‘rsatkichlarini nazarda tutadi:
- Vatanni sevish, ona yurtiga, ota-onasiga va yoru do‘stlariga sadoqatli bo‘lish va e’tiqod qilish;
- mustaqil respublikamiz konstitutsiyasi va qonunlari, davlatimiz ramzlari, qadriyatlarga sodiqlik;
- milliy urf-odatlar va umuminsoniy mamlakatimizda Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish yo‘nalishida qo‘yilayotgan zamonaviy talablar o‘qituvchilarda shakllantirilishi va rivojlantirilishi zarur bo‘lgan muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlarning quyidagi ko‘rsatkichlarini nazarda tutadi:
- milliy urf-odatlar va umuminsoniy mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va rivojlanishlar hamda ularning natijalariga qiziqish va e’tiborli bo‘lish;
- tinchlik, mustaqillik, erkinlik va bag‘rikenglikning ahamiyati va zaruriyatini tushunib yetish;
- tarixni bilish va vaziyatlarga ko‘ra o‘tmishni va bugungi kundagi taraqqiyotni ob’yektiv baholash;
- mustaqillik davrida yashayotgan bugungi kunning qadriga yetish va faxrlanish, kelajakka ishonch bilan yashash va ijod qilish;
- shaxslararo va tabiat bilan bo‘lgan munosabatlarda faol va adolatli hamda muhabbatli bo‘lish;
- o‘zligini anglash, o‘zini va boshqalarni hurmat qilish, o‘zini- o‘zi boshqara olish va o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;
- shaxsiy manfaatlarini umummilliy manfaatlar bilan uyg‘un holda ko‘ra olish;
-xalqimizning ma’nayiy merosini mustahkamlash va rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirok etish;
- mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarida faollik ko‘rsatish;
- milliy an’ana, urf-odatlar va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlod qalbi va ongiga, ona-yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirishga intilish;
- ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik kabi tamoyillarning mazmun-mohiyatini o‘quvchi-yoshlarga tushuntirishda prinsipiallik;
- tizimli fikrlash, keng dunyoqarash va refleksiv tafakkurga ega bo'lish;
- Vatan va kelajak oldidagi burchini anglash;
- tadqiqotchilik va tahliliy faoliyatga, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, pedagogik mahoratni oshirish, mustaqil ta’lim olish va o‘zini-o‘zi rivojlantirishga, yangiliklarga moyillik;
- innovatsion jarayonlarga va oldindan aniqlanayotgan vaziyatlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, o‘zgalar muvaffaqiyatini oqilona baholash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishda adolatlilik.

Download 82,83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 82,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III.BOB. PEDAGOGIK KOMPETENTLILIK KO'RSATKICHLARI VA BAHOLASH MEZONLARI

Download 82,83 Kb.