• Kurs ishining obekti
  • Kurs ishi topshirdi: Qabul qildi: urganch-2024 mundarija




    Download 82,83 Kb.
    bet3/10
    Sana23.05.2024
    Hajmi82,83 Kb.
    #251227
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Narbayeva Fazilat...

    Kurs ishining maqsadi: Mahoratli pedagogni o‘qitishda kasbiy kompitensiyani rivojlantirish
    Kurs ishining vazifasi:
    Mahoratli pedagog o‘quvchilarni o‘qitishdagi vazifasi o‘quvchilarda bilim ko‘nikmalarini oshirish, bilim darajalarini oshirish, o‘quvchilarga yaxshi ta’lim-tarbiya bera olish.
    Kurs ishining obekti: Kasbiy kompitensiya
    Kurs ishining predmeti: o‘rganish jarayoni.
    Kurs ishining tuzilishi: Kirish ikkita bob, rejalar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
    I.BOB. PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI.
    1.1. Pedagogning kompetentligi.
    Siyosiy va ijtimoiy turg‘unlik hukm surayotgan jahonning ko‘plab mamlakatlarida taraqqiyotning asosiy poydevori ilm-fan ekanligi yanada aniq o‘z isbotini topmoqda. Rivojlangan mamlakatlar hamda sust rivojlanayotgan mamlakatlari orasidagi tafovutni qisqartirish g‘oyasi BMT tomonidan ilgari surilar ekan, bunda asosiy e’tibor sust rivojlanayotgan hamda o‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda ta’lim taraqqiyotini jadallashtirish, malakali kadrlarni tayyorlash, muammoli vaziyatlarda noan’anaviy qarorlar qabul qila oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalalari mamlakat siyosiy darajasigacha ko‘tarilmoqda.
    “Kompetensiya” so‘zi tarjimada “layoqatli”, “munosib bo‘lmoq” kabi ma’nolarni anglatuvchi lotincha “competere” so‘zi asosida hosil bo‘lgan. “Kompetentlik” va “Kompetensiya” tushunchalari haqida turlicha qarashlar yoki ta’riflar mavjud bo‘lib, bu tushunchani ilk bor keng miqyosida tahlil etgan olim ingliz olimi J.Raven bo‘lib, u kompetentlikni ma’lum bir fan yoki sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilimlar, qobiliyatlar, ko‘nikma va malakalar majmuyi deb izohlaydi. Kompetentlik – bu faoliyatga qo‘shilish paytida olingan shaxsning malaka xarakteristikasidir deb izohlaydi o‘z tadqiqotlarida B.Yu.Yelkonin. A.G.Bermusga ko‘ra, “Kompetentlik takomillashib borayotgan shaxsning barcha insoniy hislatlarini, bilimi, tajribasi, umuman olganda, butun borlig‘ini yagona tizimga birlashtirishidir”. “Kompetentlik” bu nafaqat har sohada bilimdonlik, balki o‘z bilimlarini uzluksiz ravishda yangilab, o‘z ustida ishlab borishi hamdir, – deydi M.A.Choshanov. Agar inson ma’lum bir sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyor bo‘lsa undagi bilim va sifatlar kompetensiya deyiladi deb yozadi M.Aronov tadqiqot ishlarida. O.Ye.Lebedev mutaxassislarning noaniq vaziyatlarda samarali faoliyat ko‘rsata olish qobiliyati bu kompetentlikdir deb hisoblaydi. Kompetensiya va kompetentlik haqida umumiy va keng qamrovli ishlar olib borgan A.V.Xutorskiy bo‘lib, uning qarashlari hozirgacha dolzarbligini yo‘qotmagan. U “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalarini faoliyatda alohida mazmun kasb etib, ularni quyidagicha ajratib olish mumkinligini ta’kidlaydi. Kompetensiya – insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba, faoliyat usullari) hisoblanib, ma’lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan shaxsning munosabatida sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir. Kompetenlik esa inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini bildiruvchi, talabga javob beradigan kompetensiyalar yig‘indisiga ega bo‘lishi demakdir.Bundan ko‘rinadiki jamiyatdagi barcha yangilanishlarga moslashish, taraqqiyot bilan hamnafas takomillashib boruvchi kadr uchun shaxsiy yetuklik bilan birga kasbiy kompetentlik ham katta ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlarida kompetensiya masalasi uning inson shaxsiy va kasbiy faoliyatidagi yoki jamiyatdagi o‘rni masalasidan qator bahslar davom etmoqda. Ta’lim tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatish, shaxsiy rivojlanish sohasida asosiy kompetensiya elementlarini aniqlash, uni shakllantirish, rivojlantirish hamda takomillashtirish masalasi zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir. Kompetensiya masalasida xalqaro pedagoglar tajribasini amaliyotga tatbiq qilish yoki asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliy o‘zbek pedagogikasi me’yorlaridan kelib chiqqan holda kompetensiya mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha fikrlar xilma-xilligicha qolmoqda.
    1. Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish.
    2. Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o'zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
    a) psixologik kompetentlik pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
    b) metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
    c) informatsion kompetentlik axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;
    d) kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
    e) innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;
    f) kommunikativ kompetentlik - jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
    g) shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
    h) texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
    i) ekstremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
    MUHOKAMA
    Har bir pedagog o‘z kasbiy kompetentligiga ega bo‘ladi. Bu orqali u pedagogik jarayonda ishtirok etadi. Bu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanish uchun esa yuqoridagi sifatlarni o‘zida aks ettirishi lozim. Kasbiy kompetentlikning barcha sifatlarini to‘la to‘kis o‘zida mujassam etgan pedagog ularni amaliyotda qo‘llash jarayonini ham bexato yo‘lga qo‘yishi lozim. Qachonki o‘z bilimlarini ta’lim oluvchiga kasbiy kompetentligini qo‘llagan holdagina yetkazib bersa,bu pedagogni ta’lim jarayonida chinakam yutuqqa erishgan deya olamiz.
    Biz mutaxassis ya’ni pedagogni kasbiy kompetentligini oshirishi uchun o‘z o‘zini tahlil qilishi, o‘z ustida ishlashi va o‘z o‘zini baholay olishi kerak degan edik. Bular orasida o‘z ustida ishlash yaqqol mohiyat kasb etadi.
    Mutaxassisning o‘z ustida ishlashi quyidagilarda ko‘rinadi:
    - kasbiy BKMni takomillashtirib borish;
    - faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondoshish;
    - kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
    O‘zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o‘ziga xos jihatlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi:
    1) maxsus yoki kasbiy kompetentlik(kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish);
    2) ijtimoiy kompetentlik(kasbiy faoliyatni hamkorlikda tashkil etish, ijtimoiy
    mas’ullik);
    3) autokompetentlik(o‘zini ijtimoiy-kasbiy rivojlantira olish);
    4) ekstremal kasbiy kompetentlik(kutilmagan vaziyatlarda ishlay olish).
    Pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslari (B.Nazarova) Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi.
    Pedagogik kompetentlilik dunyoqarashi, o‘qituvchilarning psixologik-pedagogik va ma’naviy tashkiliy-texnologik salohiyati, ya’ni uning kasbiy imkoniyatlari salohiyatini tasvirlaydi. Pedagogik kompetentlilik o‘qituvchining pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi tushunchalari darajasi, uning individual qobiliyatlari va malakasi, o‘zini-o‘zi rivojlantirishga va uzluksiz mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan moyilligi, intilishlari, shuningdek, zamonaviy talablar asosida ta’limiy jarayonlarni boshqarish imkoniyatlari orqali aniqlanadi. Shunday ekan, o‘qituvchi boshqaruv yo‘nalishidagi hamda pedagogik tushunchalarni jarayonlarni tashkil etish o‘zlashtirmasdan va boshqarish pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanishi maqsadga muvofiq emas, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda pedagogik kompetentlilik ikki asosiy: boshqaruv va pedagogik komponentlarini o‘z ichiga oladi. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish komponentlarining asosiy ko‘rsatkichlari sifatida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish funksiyalarini bajarishda zamonaviy metod va vositalardan foydalanish; pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish metodlari va rahbarlik uslublaridan foydalanishda tashqi muhitning o‘zgarishlarini inobatga olish; pedagogik jarayon sub’yektlari hayotiy faoliyatini mavjud vaziyatlarga mos ravishda ta’minlash; pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalaridan foydalanish; pedagogik jarayon sub’yektlari faoliyatini boshqarishda ta’lim menejmenti asoslarini amaliyotga tatbiq etishni hamda pedagogik komponentlarning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va zamonaviy ilmiy-metodik mahsulotlar bilan ta’minlash; davlat ta’lim standartlarini amaliyotda qo‘llash va uning monitoringini olib borish, o‘quvchilar o‘rtasida anketa so‘rovlari va test sinovlari o‘tkazishni keltirish mumkin. Demak, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘qituvchi kasbiy tayyorgarligining asosi bu uning kompetentligidir, kasbiy kompetentlilik - bu kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalari darajasining yuqoriligi bo‘lsa, pedagogik kompetentlilik - qator zaruriy umuminsoniy sifatlarga ega bo‘lishidir deb aytish mumkin. Kasbiy kompetentlilik o‘qituvchidan qator yo‘nalishlar bo‘yicha, ya’ni pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda tizimli yondashuvni tatbiq etish; pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish funksiyalari, vositalari, metodlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini va ularni amalga oshirish usullarini bilish; rahbarlik uslublari va ulardan oqilona foydalanish; o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash; ta’lim menejmenti asoslarini bilish; axborot texnologiyalari va kommunikatsion vositalardan foydalanish; ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish masalalarini; davlat ta’lim standartlari va ularni amaliyotga tatbiq etish mezonlarini; axborotlar to‘plash metodlari va ulardan foydalanishni bilishi va mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha zaruriy tushunchalarga ega bo‘lishi zarur. O‘qituvchilar pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, pedagogik jarayon sub’yektlarini kasbiy va shaxsiy jihatdan rivojlantirish, ma’naviy boyitish hamda intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan qulay ta’limiy muhitni barqarorlashtirish zaruriyatidan kelib chiqib, o‘qituvchilarning kompetentliligini kichik uch tizim, ya’ni bilishi zarur bo‘lgan tushunchalar, o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan ko‘nikmalar va ularda shakllantirilishi zarur bo‘lgan kasbiy ahamiyatga ega shaxsiy sifatlar orqali ifodalash mumkin:- ta’lim oluvchilar faoliyati samaradorligini tahlil qilish va ob’yektiv baholashga xizmat qiluvchi refleksiv ko‘nikmalar;
    - ta’lim oluvchilarning xatti-harakatlarining natijalarini hamda o‘rganilishi rejalashtirilgan mavzuni o‘zlashtirishga tayyorgarligini oldindan his etish ko‘nikmalari;
    - ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oldindan ko‘rish ko‘nikmalari;- pedagogik jarayonlarda vujudga kelgan muammoli vaziyatlarda ta’lim oluvchilar faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish ko‘nikmasi;
    - pedagogik jarayonlarda samaradorlikka va o‘quvchilar faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni oldindan aniqlash ko‘nikmasi;
    - o‘quvchilarda ijobiy o‘quv motivlarini shakllantirish va vaziyatlarga ko‘ra o‘qituvchilik uslublaridan oqilona foydalanish ko‘nikmasi;
    - o‘quvchilar bilan o‘zaro til topishish, ya’ni muloqotga oson kirishish ko‘nikmasi;
    - pedagogik jarayonlarda o‘quvchilarni faolligini ta’minlash, ularni hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga undash ko‘nikmasi;
    - axborotlar to‘plash, tahlil qilish, ob’yektiv baholash, qayta ishlash va axborotlar almashinish ko‘nikmasi;
    - turli ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishdan iborat bo‘lgan, o‘quvchilar o‘rtasidagi shaxsiy va texnologik axborotlarning almashuvini tashkil etuvchi axborotlar bilan ishlash funksiyalari va ulardan foydalanishni bilishi;
    - dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi;
    - gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi;
    - ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
    - insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof-muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma’naviy mezonlami bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
    - axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlarni qabul qila olishi;
    O‘z ustida ishlash – pedagogning izchil ravishda o‘zining kasbiy BKM va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etishi.
    - tegishli yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha raqobat- bardosh umumkasbiy tayvorgarlikka ega bo‘lishi;
    - yangi bilimlami mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;
    - sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tasavvur hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
    - ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etishga ko‘maklashish, tadqiqotlarda ishtirok etish, ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil etish;
    - ta’lim etishda muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish, innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarishni bilishi;
    - xalqning qadriyatlar boy intellektual merosi va umuminsoniy asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
    - ta’limning barcha turlari mazmunini, ta’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash;
    - shaxslararo va tabiat bilan bo‘lgan munosabatlarda faol va adolatli hamda muhabbatli bo‘lish;
    - o‘zligini anglash, o‘zini va boshqalarni hurmat qiiish, o‘zini- o‘zi boshqara olish va o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;
    - shaxsiy manfaatlarini umummilliy manfaatlar bilan uyg‘un holda ko‘ra olish;
    - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirok etish;
    - mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarida faollik ko‘rsatish;
    - milliy an’ana, urf-odatlar va qadriyatlarimizni asrab- avaylash, yosh avlod qalbi va ongiga, ona-yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirishga intilish;
    - ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik kabi tamoyillarning mazmun-mohiyatini o‘quvchilarga tushuntirishda prinsipiallik;
    - tizimli fikrlash, keng dunyoqarash va refleksiv tafakkurga ega bo‘lish;
    - tadqiqotchilik va tahliliy faoliyatga, ilg‘or tajribalami o‘rganish, pedagogik mahoratni oshirish, mustaqil ta’lim olish va o‘zini-o‘zi rivojlantirishga, yangiliklarga moyillik;
    - innovatsion jarayonlarga va oldindan aniqlanayotgan vaziyatlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, o‘zgalar muvaffaqiyatini oqilona baholash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishda adolatlilik.
    O‘qituvchining pedagogik kompetentliligi yo‘nalishida qo‘yilayotgan eng asosiy talablardan biri ona-yurtga muhabbat va sadoqat, Vatan va vatanparvarlik tuyg‘ularini o‘quvchilar qalbi va ongiga singdirish, o‘quvchilarda mustaqil O‘zbekiston ramzlarining mazmun va mohiyati, milliy an’analar, urf-odatlar, qadriyatlar va rasm-rusumlar, mustaqillik, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati va zaruriyati yo‘nalishidagi tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish yo‘nalishlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish bilan bog‘liq funksiyalarni bajarish yo‘nalishidagi tashkilotchilik, tadqiqotchilik va ijodkorlik qobiliyatlari hamda muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlarning shakllanganlik zaruratlarini o'z ichiga oladi.
    O‘z ustida ishlash quyidagilarda ko‘rinadi:
    - kasbiy BKMni takomillashtirib borish;
    - faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;
    - kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
    - ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
    - salbiy odatlarni bartaraf etib borish;
    - ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish.
    Pedagogning o‘z ustida ishlashi bir necha bosqichda kechadi. Ular:
    1. Tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash.
    2. Yutuqlarini boitish, kamchiliklarni yo‘qotish haqida aniq qarorga kelish.
    3. Qarorga ko‘ra amaliy harakatlarni izchil tashkil etish yo‘llarini izlash.
    4. Xato va kamchiliklarni takrorlamaslikka intilish.
    5. Qarorning izchil bajarilishini doimiy nazoraq qilib borish.
    Pedagogning o‘z ustida ishlash bosqichlari Pedagogning mutaxassis sifatida:
    - aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;
    - pedagogik jarayon samaradorligini, o‘zining ishchanlik faolligini oshirish;
    - izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish;
    - ilg‘or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo‘lish;
    - faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi yangiliklarini samarali tadbiq etish;
    - kasbiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish;
    - salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash
    yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.
    Pedagoglarning o‘z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondasha olishlari qo‘l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir. Modelda o‘z ustida ishlash bosqichlari va har bir bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar qayd etiladi. Har bir bosqich uchun belgilangan vazifalarning samarali hal etilishi navbatdagi bosqichga o‘tish imkonini beradi. Ma’lum bosqich vazifalari hal etilgach, pedagog bu holatni alohida bandda qayd etadi.
    Pedagogning o‘z ustida ishlash modeli Pedagogning kasbiy kompetentlikka
    ega bo‘lishida o‘zini o‘zi tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi.

    Download 82,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 82,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi topshirdi: Qabul qildi: urganch-2024 mundarija

    Download 82,83 Kb.