|
II.BOB. PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPITENTLIGINI RIVOJLANTIRISH BUGUNGI KUNNING MODELIDIR
|
bet | 5/10 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 82,83 Kb. | | #251227 |
Bog'liq Narbayeva Fazilat...II.BOB. PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPITENTLIGINI RIVOJLANTIRISH BUGUNGI KUNNING MODELIDIR.
2.1 Innovator-pedagoglarning ta’lim tizimi.
Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo‘lib bormoqda. Bugungi kunda ta’lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Mamlakatimizda ta’lim tizimining moderinizatsiya qilinishi, ta’lim muassasalarida shart-sharoitlar, yuqori malakali mutaxasssilarga bo‘lgan ehtiyoj va talabning o‘sib borishi nafaqat oliy ta’lim muassasalari balki faoliyati samaradorligida ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularning innovatsion faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirib borishda bugungi kunda muhim muammolarni bartaraf etishga qaratilgan talablardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu o‘z navbatida pedagoglarning kasbiy kompitentligini rivojlantirish jarayonlariga ijodiy yondashuvni talab qilmoqda. Ya’ni, pedagoglarning bilim, ko‘nikma va malakalari, tajribasi, mahorati, omilkorligi asosida pedagogik jarayonlar samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlashi, pedagogik jarayon sub’ektlari (pedagog va talabalar) faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlaridagi qarorlarni qabul qilishda mavjud vaziyatlarni, sub’ektlarning moyilligi, ehtiyoji va qiziqishini o‘rganishi lozim. Ta’limning maqsad va vazifalarini yangidan anglanishi, mehnat bozorini «bilimli» bitiruvchidan kompetentli bitiruvchi tomon o‘zgarganligi ko‘plab ilg‘or xorijiy davlatlarning, ya’ni AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Singapur, Janubiy Koreya ta’lim tizimlarini kompetentlik yo‘nalishida isloh qilishning asosiy sabablari hisoblanadi.
Islohotlar ta’limning maqsad va mazmunini, o‘qitish usullari va texnologiyalarini, o‘qish natijalarini kompetentlik talablariga asosan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Bunda ilg‘or ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga mos holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini yaratish pedagogik yo‘nalishdagi tadqiqotlar orasida alohida ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchining innovatsion faoliyatga tayyorligini ijtimoiy va kasbiy muhim sifatlari nafaqat ta’lim muassasasidagi iqtisodiy va moliyaviy vaziyatga, balki bevosita bu sifatlarning talab etilganligi bilan bog‘liqdir. Innovator-pedagoglar bugungi kun ta’lim tizimining talabi bo‘lib, kasbiy cho‘qqilarga erishish uchun malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslarida ta’limni chuqurlashtirish talab etiladi. O‘qituvchilar o‘zlarining innovatsion faoliyatini keng yoyish, yosh o‘qituvchilarga o‘rgatish, interfaol o‘qitish usullarini ochiq darslarda namoyon qilishlari zarur. Uzluksiz ta’lim jarayonida har bir o‘qituvchi innovatsion usullardan foydalana olishi, uni amaliyotda tadbiq eta olishi lozim. Bu jarayonda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
- innovatsion texnologiya tushunchasini uning mazmun-mohiyatini bilishi;
- innovatsion texnologiyalarning ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o‘rni va ro‘lini bilishi;
- innovatsion texnologiyalarni fanlar bo‘yicha qo‘llash prinsiplarini bilishi;
- ta’limiy va ishchanlik o‘yinlarini bilishi;
- muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlarini bilishi;
- o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo‘llarini bilishi;
- o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullarini egallashi;
- ko‘rgazmali o‘qitish usullarini bilishi va egallashi.
Pedagoglik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi pedagog bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi, yosh individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktabgacha ta’lim hayoti kichik pedagogik jarayon bo‘lib, juda xilma-xildir. Pedagogik jarayonda turli vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa pedagogdan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi. Shuning uchun bugungi kun tarbiyachisi:
• pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol;
• O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to‘g‘ri anglagan, e’tiqodli fuqaro;
• ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan;
• pedagoglik kasbini va bolalarni yaxshi ko‘radigan, har bir bola ulg‘ayib, yaxshi inson bo‘lishiga chin ko‘ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko‘maklashadigan;
• erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo‘lmog‘i darkor.
|
| |