O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari




Download 82,83 Kb.
bet6/10
Sana23.05.2024
Hajmi82,83 Kb.
#251227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Narbayeva Fazilat...

2.2 O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari.
Kasbiy kompetentlik sifatlari. Mutaxassis qiyofasida namoyon bo‘ladigan kasbiy kompetentlik o‘zida bir qator sifatlarni qamrab oladi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi sifatlardan tarkib topadi:
Ijtimoiy-huquqiy kompetentlik – ijtimoiy tashkilotlar va sub’ektlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘la olish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy muloqot va xatti-harakat uslublarini o‘zlashtira olganlik.
Shaxsiy kompetentlik – doimiy ravishda kasbiy o‘sishga erishish va kasbiy malakani oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olish.
Maxsus kompetentlik – mustaqil ravishda kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, odatiy kasbiy-pedagogik vazifalarni to‘g‘ri hal qilish va o‘z mehnatining natijalarini real baholash malakasiga hamda mutaxassisligi bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikmalarni mustaqil ravishda izchil o‘zlashtirib borish qobiliyatiga egalik.
Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish qobiliyatiga, zamonaviy didaktik vositalar (texnik vositalar va o‘quv qurollari)dan foydalanish malakasiga egalik.
5. Tezkor harakatlana olish kompetentligi – favqulotda holatlarda (tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda, texnologik jarayon ishdan chiqqanda) va muammoli vaziyatlarda (pedagogik ziddiyatlar yuzaga kelganda) oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik kabilar)ni samarali o‘zlashtira olishiga yordam beradi.
Kasbiy kompetentsiyaga ega mutaxassis:
-o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi;
-yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;
-davr talablarini chuqur anglaydi;
-yangi bilimlarni izlab topadi;
-ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi.
Pedagogning kasbiy kompetentligi. O‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi pedagogik faoliyatning barcha tomonlarida: kasbiy faoliyatda, kundalik munosabatlarda, shaxsiyat rivojlanishida, mehnatning majmuiy natijasida namoyon bo‘ladi va uning barcha komponentlari shakllanganligini talab etadi.
Pedagogning kasbiy kompetentsiyasi esa uning:
-o‘quv va tarbiyaviy xarakterga ega muammolarni yechishda vaziyatga mos metod va usullardan samarali foydalana olish;
-ularni oqilona tanlay bilish;
-vaziyatga mos kelmaydigan metod va usullarni rad etish;
-masalaga tanqidiy yondasha olish kabi malakalarga egaligini ifodalaydi.
Ish faoliyatida pedagoglarning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishlarida “Individual rivojlanish dasturi” muhim vosita sanaladi.
Uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, jismoniy madaniyat o‘quvchilari har bir darsga innovatsion yondashishlari kerak. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan pedagogik hamkorlik qilishi,bunda asosan quyidagilarga e’tibor berishlari lozim:
- baholashning yangi usullarini topish;
- kasbiga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirish;
- pedagogik va kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish;
Innovatsion model asosida tashkil etiladigan o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish jarayonlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- darsning samaradorligini ta’minlash;
- darsning mazmunan integrativ xususiyatga ega bo‘lgan;
- ta’lim menejmenti hamda boshqaruv psixologiyasining roli va ahamiyati kengroq yoritilgan;
- pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda kompetentlilik;
- innovatsion faoliyat va o‘qituvchi shaxsining kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlari. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- mustaqil ta’lim olishga va malaka oshirishga o‘qituvchilarning psixologik va pedagogik tayyorgarligi darajasini ko‘tarish;
- malaka oshirish mazmunida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning maqsadi va metodlari hamda ta’lim mazmunida psixologiyaning rolini kuchaytirish;
- malaka oshirish kurslarida o‘qitishning oddiy axborotlar bilan ta’minlash shaklidan faol shakliga, ya’ni muammoli suhbat uslublari yordamida va pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi tushuncha va ko‘nikmalarni shakllantirishga o‘tish;
- kompetentli o‘qituvchining shaxsiy pozitsiyasini ta’lim-tarbiya jarayonining sub’ekti sifatida shakllantirish.
Mamlakatimizda zamon talabiga mos yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar tayyorlash uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari hisoblanmish – mediadan ta’lim jarayonida foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlaridan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ta’lim jarayonida media, ya’ni, internet, televidenie, radio, kino, video, telefon va boshqa aloqa vositalari o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Xulosa qilib aytganda, bugun Respublikamizning deyarli barcha oliy ta’lim muassasalarida kompyuterlar mavjud, shunday ekan barcha pedagoglar undan nafaqat informatika darslarida, balki barcha fanlarni o‘qitishda o‘rinli foydalanishlari lozim. Fanlarni o‘qitishda zamoniy pedagog va axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishni maqsadli yo‘lga qo‘ysak, ta’lim-tarbiya va dars sifati samaradorligini oshirishga erishamiz.


Download 82,83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 82,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari

Download 82,83 Kb.