|
Loyiha nomi: Matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi uchun video kontent yaratish
|
bet | 22/74 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 154,35 Kb. | | #115134 |
Bog'liq Loyiha nomi Matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha
1-mavzu. “Matematika o‘qitish metodikasi” fanining predmeti. Matematika o‘qitishni tashkil etish formalari.
“Matematika o‘qitish metodikasi” fanining predmeti, fan sifatida uning taraqqiyoti, bosqichlari o‘quv predmeti sifatida maqsadi, mazmuni. Matematika o‘qitishni tashkil etish formalari. Sinf dars sistemasi. Matematika o‘qitishda kuzatish va tajriba, taqqoslash va analogiya metodlari. Matematika o‘qitishda analiz va sintez kabi metodlarning o‘rni. Analitik metod bilan masalalar yechish va teoremalarni isbotlash. Matematika o‘qitishda induksiya, deduksiya. Matematika o‘qitishda umumlashtirish, abstraksiyalash va ularning ahamiyati.
2-mavzu. Maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari matematikasi kursida matematik mantiq elementlari. Matematik tushuncha, ta’rif, aksioma va teoremalarning mantiqiy tuzilishi.
Maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari matematikasi kursida matematik mantiq elementlari. Matematik tushuncha, ta’rif, aksioma va teoremalarning mantiqiy tuzilishi. Zaruriy va yetarli shartlar. Ularni o‘qitish muammolari. O‘quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirish jarayonida masalalarning ahamiyati. Masala yechishda umumiy va xususiy usullar. Isbotlashga va hisoblashga doir masalalarni analitik metod bilan yechish. Matematikani o‘qitishda masalalarning o‘rni va roli, o‘quvchilarni matnli masalalar yechishga o‘rgatish metodikasi. Matematika o‘qitish jarayonida matematik tafakkurni rivojlantirish shakllari va usullari. Teoremalar, ularning turlari, isbotlash usullari. Teoremalarni o‘qitishning metodikasi.
3-mavzu. Matematik o‘qitish metodlari. Sinfdan tashqari va fakultativ mashg‘ulotlar, ularning tashkiliy shakllari, maqsad va vazifalari, o‘tkazish metodikasi. Matematika o‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalari.
Matematik o‘qitish metodlari (muammoli, evristik, dasturlashgan, blokli, modulli). Matematika o‘qitish metodlarining klassifikatsiyasi. Matematika o‘qitishda muammoli, evristik, dasturlashgan, blokli, modulli metodlari. Sinfdan tashqari va fakultativ mashg‘ulotlar, ularning tashkiliy shakllari, maqsad va vazifalari, o‘tkazish metodikasi. Matematika o‘qitishda pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari. Matematika o‘qitishga innovatsionyondashuvlar: texnologik, integrativ, faoliyatli yondashuvlar.Matematika o‘qitishda interfaol usullar: “Aqliy hujum”, “Yalpi aqliy hujum”, “6x6,” “Qora quti”, “Charxpalak”, “Bumerang”, “Klaster”, “Sinkveyn” va boshqalar. Matematika o‘qitishni loyihalashtirish va o‘qituvchining darsga tayyorlanish sistemasi, dars tahlili. Matematika o‘qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning roli. Darsni loyihalashtirish va uni strukturasini tuzish. Tinglovchilar tomonidan tayyorlangan dars ishlanmalari taqdimoti.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Loyiha nomi: Matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi uchun video kontent yaratish
|