Mahsulot tayyorlash texnalogiyasi




Download 6,5 Mb.
bet18/34
Sana13.05.2024
Hajmi6,5 Mb.
#229776
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
Hayitboyeva.Y.Z Xamir mahsulotlari va taomlari

Blinchik - hamirdan taysrlanadiran taom turi. 20 ta blinchik pishirish uchun 2 stakan bug’doy uni, 3 stakan suyuqlik (sut, suv yoki sut bilan aralashtirilgan sup), 2 ta tuxum, 0,5 choyqoshik, shakar va tuz, 100 g dumba yoki 2 oshqoshiq sariyog’ kerak bo’ladi. Tuxum, tuz, shakar, sariyog’ (yumshatilgan) qoshiq bilan yaxshilab atalanadi, so’ng suyuqlik (suv, sut) qo’shiladi va oz-ozdan unga kumib, qumoklari yuqolguncha yama atalanadi. Hosil bo’lgan atalasimon hamir katta qoshiqda yog’ surtilgan qizib turgan tovaga qo’yiladi va pushti rang bo’lguncha qovuriladi. Agar blinchik ichiga biror narsa solinadigan bo’lsa - bir tomoni, xech narsa solinmasa - ikki tomoni (kanat-kanat pirog uchun) qovuriladi. Har bir blinchikni qovurishdan oldin tovaga yog’ surtib turiladi. Blinchikni ichiga go’sht, guruch, tvorog, olma solib yoki hech narsa solmay pishirish mumkin. Xech narsa solmay pishirilgan blinchikni qaymoq asal, varene, shakar bilan eyish juda mazali. Blinchiklar. Kerakli masalliqlar
2ta tuxum, 2stakan sut, 1stakan un (8-9 osh qoshiq), 1/4osh-qoshiq o’simlik yog’I, 0.5 choy qoshiq ichimlik sodasi, tuz (0.5 choy qoshiq).
Tayyorlash:
Tuxum bilan ichimlik sodasi tuzni yaxshilab aralashtirib, so’ng sut solib yana aralashtiramiz Unni avval 3osh qoshiq solib, aralshtirib, so’ng yana 3osh qoshiq solib yana aralashtiramiz. So’ngra yana 3osh qoshiq unni solamiz (agar 2soatdan ko’p vaqtda blinchiklarni qilmoqchi bo’lsangiz, 2osh qoshiq solganingiz maqul, chunki hamir vaqt o’tishi bilan oshadi. Uzoq vaqtga usti yopilgan holda sovutgichga qo’yilishi lozim), keyin yog’ni ham solib aralashtiramiz. Avval tovani baland olovda qizitib olib, kerakli miqdorda (bir cho’mich) hamirdan quyamiz va hamirimiz tovaning hamma qismiga etib borishi uchun tezda tovani har tomonga aylantiramiz.
Hamirning ostki qismi qizargach, pishmagan tomonini pastga qilib ag’daramiz. Pishgan blinchiklarni olib(shu vaqt tova ostidagi olovni balandlatib qo’yamiz), laganga solib, ustini kattaroq kenglikdagi narsa bilan yopib qo’yamiz). Suyuq hamirimizdan olib, tova olovini psaytirib, hamirni tovaga solamiz va yuqoridagi jarayonni yana takrorlaymiz. Har gal blinchik pishganda tovadan olayotib, tova olovini balandlatamiz va har gal pishgan blinchiklar ustini tezda qopqoq bilan yopib qo’yamiz.

Download 6,5 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Download 6,5 Mb.