• Toblab pishiriladigan gosht taomlar
  • Mahsulot tayyorlash texnalogiyasi




    Download 1,3 Mb.
    bet10/12
    Sana06.12.2023
    Hajmi1,3 Mb.
    #112203
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    9-2-TEXS Saidova Gulhayo Kurs ishi

    Bug'lama go'sht. Porsiyali bo'laklarga ajratilgan go'sht to'qmoqlab yumshatiladi, tuz va chuchuk qalampir sepilib, qovuriladi, keyin idishga bir qavat qilib joylanadi-da, ustidan qaynatma yoki suv quyiladi, tomat pyuresi qo'shiladi va deyarli tayyor bo'lguncha dimlanadi. Shundan so'ng qaynatma bo'shatib olinib, chala qovurilib, suyultirilgan sabzavot solinadi va qaylapishiriladi. Go'sht dimlangan idishga qovurilgan kartoshka, palladia qilib to'g'ralgan, chala ovurilgan sabzavotlar (sabzi, piyoz, petrashka), yanchilmagan murch, dafna bargi solinadi, ustiga tayyorlangan vaju solinib, pishguncha dimlanadi.
    Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): mol go'shti-170 yoki qo'y go'shti
    - 175, yoxud go'shti - 147, eritilgan hayvon yog'i - 12, kartoshka - 193, sholg'om - 20, sabzi - 25, petrushka - 13, no'shpiyoz -30, tomat pyuresi - 15, bug'doy uni - 3. Tayyor mahsulot chiqishi - 325.


    1. rasm. Qiyma kabob





    1. rasm. Azu.



    Azu. 10-15 g li qalamchalar shaklida to'g'ralgan go'sht yaxshilab qizdirilgan yog'li odatdagi tova yoki tunuka tovaga 1-1,5 sm qalinlikda solinadi, tuz, chuchuk qalampir sepiladi va vaqt-vaqti bilan aralashtirilib turgan holda yaxshilab qovuriladi. Qovurilgan go'sht chuqur idishlarga solinadi, issiq qaynatma yoki suv quyilib, chala qovurilgan tomat pastasi qo'shiladi va dimlanadi. Kartoshka pallalab yoki qalamcha qilib to'g'ralib, yaxshilab qovuriladi, no'shpiyoz kokila qilib to'g'raladi, chala qovuriladi, tuzlangan bodringlar mayda pallachalar shaklida yoki kokila qilib to'g'ralib, yopiq idishda pishiriladi.
    Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): mol go'shti-162, eritilgan hayvon yog'i - 12, tomat pyuresi - 15, no'shpiyoz - 30, bug'doy uni - 5, tuzlangan bodring - 50, kartoshka - 193, sarimsoqpiyoz - 1,0. Tayyor mahsulot chiqishi - 325.


    Toblab pishiriladigan go'sht taomlar


    Go'sht mahsulotlari toblab pishirish uchun avval qaynatiladi, yopiq idishda pishiriladi, dimlanadi yoki to'la-to'kis pishguncha qovuriladi, keyin garnir, qayla bilan yoki qaylasiz porsiyali tovalar yoxud tunuka tovalarda toblab pishiriladi. Ular 250-300 °C haroratda qizil qobiq hosil bo'lguncha va mahsulot 80-85 °C gacha isiguncha, bevosita suzib berish oldidan toblab pishiriladi, negaki saqlab turiladigan bo'lsa, taomlarning tashqi ko'rinishi va mazasi yomonlashadi.
    Porsiyali tovada toblab pishirilgan taomlar o'sha tovaning o'zida suzib beriladi. Suzib berilayotganda ustiga eritilgan sariyog' quyiladi.




    1. rasm. Turkcha kabob.

    Download 1,3 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1,3 Mb.