|
Kotlet qiymasidan tayyorlaoadigan taomlar
|
bet | 11/12 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 1,3 Mb. | | #112203 |
Bog'liq 9-2-TEXS Saidova Gulhayo Kurs ishi
Kotlet qiymasidan qilinadigan mahsulotlar qovurib, dinilab va toblab pishiriladi. Mahsulotlar ko'pchigan, mazali va shirali bo'lishi uchun ular suzib berish oldidan ikki tomoni qovuriladi hamda qovurish javonida maromiga yetkaziladi. Mahsulotlarning tayyor bo'lganligi (pishganligi) sirtida oq pufakchalar paydo bo'lishidan bilinadi; mahsulotlarning o'rtasidagi harorat 90 °C dan past bo`lmasligi kerak. Kotlet qiymasidan tayyorlangan mahsulotlarga issiqlik bilan ishlov berilganda vazni 19 % kamayadi. Suzib berishda mahsulotlar ustiga eritilgan sariyog', go' sht shirasi yoki qayla quyib beriladi.
rasm. Qiyma turlari.
Teftellar. Tayyorlangan yarim tayyor mahsulot - teftellar tunuka tovaga bir qavat qilib joylanadi, plita yoki qovurish javonida qovurilib, ustiga qizil qayla, tomat qaylasi yoki tomatli smetana qaylasi quyilib, qovurish javonida 10-12 min dimlanadi. Teftellarni mo'l yog'da qovurib, keyin uncha chuqur bo' lmagan idishga bir-ikki qavat qilib j oylash, ustiga vaju qo`yish va dimlash ham mumkin.
Chiqindi mahsulotlardan tayyorlanadigan taomlar
Chiqindi mahsulotlardan qilinadigan ovqatlarning ozuq qimmati yuqori va ta'mi yaxshi bo'ladi. Ayrim chiqindi mahsulotlarda oqsil go'shtdagiga qaraganda ko'proq bo'ladi. Ular vitaminlar, mineral moddalarga boy va juda quvvatli bo'ladi. Chiqindi mahsulotlardan taomlar tayyorlashda tozalik va ozodagarchilik (sanitariya va gigiyena) qoidalariga qattiq amal qilish zarur, chunki ushbu qoidalar buzilsa, chiqindi mahsulotlar mikroorganizmlar rivojlanishi uchun muhit bo'lib xizmat qilishi mumkin.
rasm. Tefteli
Tayyorlab bo'lingan chiqindi mahsulotlar darhol issiqlik bilan ishlovdan o'tkaziladi. Ular ko'pincha qaynatiladi, keyin qovuriladi yoki dimlanadi. Ba'zi chiqindi mahsulotlar to'g'ridan-to'g'ri qovuriladi.
Xulosa
Kurs ishida yuqorida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirgan holda quyidagicha xulosa qilish mumkin:
Go`sht va go`sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymati haqida ma‘lumotlar tahlil qilindi;
Mol go‘shtini nimtalash va suyaklaridan ajratish haqida ma‘lumotlar yig‘ildi;
Go‘sht yarim tayyor maxsulotlarini tayyorlash yo‘llari ko‘rsatib berildi;
Qo‘y go‘shtini nimtalash va suyaklardan ajratish haqida ma‘lumotlar to‘plandi;
Go‘sht qiymasini va undan yarim tayyor maxsulotlarini tayyorlashni aniqlandi;
Go‘sht kotlet massasini va undan tayyor maxsulotlarni tayyorlash haqida ma‘lumotlar to‘plandi;
Suyaklarga ishlov berish haqida ma‘lumotlar tahlil qilindi;
Yirik bо‗laklab qovurilgan gо‗sht haqida ma‘lumotlar tahlil qilindi;
Qizartirib yopib pishirilgan gо‗sht haqida ma‘lumotlar yig‘ildi;
Gо‗sht qiymasidan tayyorlangan ovqatlar haqida ma‘lumotlar aniqlandi;
|
| |