|
Go`sht mahsulotlarining inson organizmi uchun ahamiyati
|
bet | 5/12 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 1,3 Mb. | | #112203 |
Bog'liq 9-2-TEXS Saidova Gulhayo Kurs ishi
Go'sht oqsil moddalar, yog'lar, mineral va ekstraktiv moddalarga boy bo'ladi. Oqsil moddalar organizm to'qimalarini tuzish va tiklash uchun xizmat qiladi, yog' esa quvvat manbai hisoblanadi. Ekstraktiv moddalar go'sht taomlarga maza va hid beradi. Shu tufayli ular ovqat hazm qilish shiralari ajralib chiqishiga hamda ovqatning yaxshi hazm bo'lishiga ko'maklashadi. Go'sht taomlarni uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar bilan boyitish uchun ular sabzavotlar, yormalar hamda makaron mahsulotlaridan tayyorlangan garnirlar bilan suzib beriladi. Sabzavot garnirlar tarkibida ishqorli elementlar bor bo'lib, ular organizmdagi kislota, ishqor muvozanatini saqlab turadi. Go'sht taomlarning aksariyati qaylalar bilan tayyorlanadi, shu sababli ovqatlarning turlari va ta'mi xilma-xildir.
Gо‗sht oqsilga juda boy. Uning tarkibida 14,5—23% oqsil, 2—37% yog‗, 0,5—1,3% mineral mahsulotlar (fosfor, kalsiy, natriy va temir tuzlari), A, D, RR va V guruhidagi darmondorilar bor.
Go'shtning kaloriyasi uning sifatiga, molning oriq-semizligiga, boqish usuliga, ozuqlantirishga, yoshiga, jinsiga, fiziologik holatiga va hokazolarga bog'liq bo'lgani holda 1 kilogrammda taxminan 1200— 2800 kilokaloriya va undan ham ko'proq bo'lishi tajribalarda sinab ko'rilgan.
Miozin go'sht tarkibidagi eng muhim oqsil hisoblanib, salmoqli o'rin egallaydi. Shunga ko'ra, go'sht tarkibidagi barcha oqsil moddalarning deyarli 35— 40 foizi miozin hisobiga tashkil topganligi aniqlangan.
Go'sht tarkibida nihoyatda murakkab hisoblangan nuk-leoproteidlar ham uchraydi. Jumladan, ribonuklein va dezoksiri-bonuklin kislotalari, elastin, kollagen va mukoproteinlar bo'lishi aniqlangan.
So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, mol go'shtida molning oriq-semizligiga ko'ra, 3 foizdan 35 foizgacha moy bo'lishi mumkin ekan. Shuningdek, barcha turdagi mineral moddalar (kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir va h.k.lar) ham bo'lishi kuzatilgan. Fosfor va mis ham salmoqli o'rin egallar ekan. Kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha, go'sht tarkibidagi yog' moddalarining ko'payishi bilan undagi
mineral moddalar miqdori kamayib borar ekan. Go'sht tarkibidagi turli xildagi vitaminlar (tiamin — Bp riboflavin — B2, nikotin kislotasi — RRp biotin — N, xolin, kobalamin — B12, foliyev kislotasi)-ning bo'lishi uning qiymatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Go'shtning sifatli va to'yimliligi uning tarkibidagi yog' va oqsil moddalarining miqdoriga bog'liqdir. Kuzatishlardan aniq bo'lishicha 1 g yog'da 9,3 kkal va 1 g oqsilda 4,1 kkal mavjud ekan.
Lekin ozuqa sifatida muskul to'qimasining ahamiyati va roli insonlar uchun beqiyosdir.
|
| |