|
rasm. Bir necha turdagi kolbasa mahsulotlari
|
bet | 3/12 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 1,3 Mb. | | #112203 |
Bog'liq 9-2-TEXS Saidova Gulhayo Kurs ishi rasm. Bir necha turdagi kolbasa mahsulotlari.
Barcha kolbasa mahsulotlari quyidagi gruppalarga bo`linadi: qaynatilgan kolbasalar, sosiskalar va sardelkalar; qiymali va liver kolbasalar; go`sht nonlari; pashtetlar; zelslar; studen; chala dudlangan va dudlangan kolbasalar.
Bu mahsulotlar xomashyosi, tayyorlash usuli va tashqi bezalishlariga qarab bir-biridan farq qiladi.
Qaynatilgan kolbasalar go`sht xomashyosining sifati va tarkibiga ko‗ra, oliy 1- va 2-sortlarga bo`linadi.
GO`SHT KONSERVALARI
Go`sht konservalari qoramol, cho`chqa, qo`y va uy parrandalari go`shtidan, turli xil kalla-pochalardan, shuningdek boshqa mahsulotlardan tayyorlanadi. Tuyimliligini oshirish va ta‘mini yaxshilash uchun konservalarga yog` va dorivorlar qo`shiladi.
rasm. Konservalangan go‘sh mahsuloti.
Go`sht konservalari qo`yidagi asosiy belgilariga ko`ra klassifikasiya qilinadi: xom ashyo turi jihatidan—go`shtdan tayyorlangan konservalar, go`sht-o`simlikli konservalar, kalla-pochalardan tayyorlangan konservalar, o`simlik va mol (hayvon) yog`idan tayyorlangan konservalar; idish turi jihatidan—metall bankali konservalar va shisha bankali konservalar; issiq ishlov berilishi jihatidan — sterilizatsiya qilingan va pasterizatsiyalangan konservalar; ishlatilishiga qarab — gazak konservalari, ovqatbop konservalar va yarim fabrikat konservalarga bo`linadi.
GO‗SHT VA GO‗SHT MAHSULOTLARINI SAQLASH
Go`sht va go`sht mahsulotlari xolodilniklarda va muzxonalarda yoki quruq, toza, sovuq va yaxshi shamollatiladigan qorong`i binolarda saqlanadi.
Parranda go`shtlari magazinlarda Oo dan past haroratda ko`pi bilan 5 sutka, 0° dan to 6° gacha bo`lgan haroratda ko`pi bilan 3 sutka, 8°S dan yuqori bo`lmagan haroratda (muzxonalarda), ko`pi bilan 2 sutka saqlanadi.
rasm. Muzlatgichda saqlanayotgan go‘shtning ko‘rinishi.
|
| |