|
Mahsulot tayyorlash texnalogiyasi
|
bet | 8/12 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 1,3 Mb. | | #112203 |
Bog'liq 9-2-TEXS Saidova Gulhayo Kurs ishiGo'shtni mayda bo'laklar holida qovurish. Mayda bo'laklar holida qovurish uchun pushti mag'iz, to'sh go'shti, qovurg'a go'shti, orqa oyoqlarning ichki hamda ustki qismlaridan foydalaniladi. To'g'ralgan go'sht yaxshi qizdirilgan yog'li tovaga 1-1,5 sm qalinlikda solinadi va baland olovda, sanchqi yoki kurakcha bilan aralashtirib turgan holda qovuriladi. Go'shtni qalin qilib solish yaramaydi, aks holda qovurilgan qobiq hosil bo'lishiga ko'p vaqt ketadi, go'shtdan ko'p shira ajralib chiqishi oqibatida go'sht quruq va qattiq bo'lib qoladi.
rasm. Lahm go`sht.
Befstroganov. 30-40 mm uzunlikdagi qalamchalar shaklida to'g'ralgan go'sht yaxshi qizdirilgan yog'li tovaga solinib, tuz, murch sepiladi va 3-5 min mobaynida tez (baland olovda) qovuriladi, bunda go'sht aralashtirib turiladi. Qovurilgan go'shtga chala qovurilgan no'shpiyoz qo'shiladi, ustiga smetana qaylasi quyiladi, «Yujniy» vajusi qo'shiladi va qaynab chiqquncha qizdiriladi.
Qovurdoq. Mol, buzoq go'shtidan tayyorlanadi. Qalamcha qilib to'g'ralgan go'sht qizdirilgan yog'li tovaga solinib, tuz, murch sepiladi va tayyor bo'lguncha qovuriladi, mayda to'g'ralib, chala qovurilgan no'shpiyoz, tomat pyuresi solinadi va 2-3 min qovuriladi. Porsiyali tovada suzib beriladi. Alohida idishda qovurilgan kartoshka, qumoq-qumoq guruchdan iborat garnir beriladi. Ovqat ko'p miqdorda tayyorlangan bo'lsa, gamir go'shtning yoniga qo'yib beriladi.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): mol go'shti - 162 yoki go'shti 129, yoxud qo'y go'shti - 166, yoinki buzoq go'shti - 180, no'shpiyoz - 36, eritilgan hayvon yog'i - 10, tomat pyuresi - 15, garnir -160. Tayyor mahsulot chiqishi - 250.
Mol go'shtidan qilinadigan kabob. Kubik qilib to'g'ralgan go'sht yengil- yengil urib yumshatilib, avval sixga mol go'shti, keyin tuzlangan yoki dudlangan yog', so'ng yana mol go'shti, keyin yog' bo'laklari va hokazo kiydirilib, tuz, chuchuk qalampir sepiladi, qizdirilgan yog'li tovaga qo'yiladi va hamma tomoni tayyor bo'lguncha qovuriladi.
rasm. Six kabob
Suzib berishda porsiyali idish yoki taqsimchaning o'rtasiga qumoq-qumoq gurach bo'tqasi yoxud yopiq idishda pishirilgan guruch solinib, ustiga kabob qo'yiladi, mo'l yog'da qovurilgan no'shpiyoz halqalari solinadi, go'sht shirasi quyiladi, alohida idishda «Yujniy», «Ketchup» qaylasi beriladi.
|
| |