|
Go`sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar texnologiyalari
|
bet | 7/12 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 1,3 Mb. | | #112203 |
Bog'liq 9-2-TEXS Saidova Gulhayo Kurs ishi
Qaynatib pishirilgan son, to'sh go'shti. Ushbu ovqatni tayyorlash uchun dudlab pishirilgan va qaynatib pishirilgan go'sht mahsulotlaridan foydalaniladi. Ular suzib berish oldidan porsiyali bo'laklarga kesib bo'linadi, ustidan qaynatma quyilib, qaynab chiqquncha qizdiriladi. Dudlangan to'sh go'shti qaynatiib pishirilib, suyaklari ajratib olinadi, terisi olib tashlanadi. Xomligicha dudlangan son go'shti avval yuviladi va sovuq suvda 2,5-3 soal ivitilib tuzi kamaytiriladi.
rasm. Qiymali to’sh go’shtidan pishirilgan taom.
Qiymali to'sh go'shti. Tayyorlangan qiymali qo'y yoki buzoq to'shiga tuz va murch sepilib, tunuka tovaga suyaklarini yuqoriga qaratib qo'yiladi, ustiga yog' quyiladi va qovurish javoniga joylanadi. Avval qovurilgan qobiq hosil bo'lguncha 200-250 °C haroratda qovuriladi, keyin 160 °C haroratda maromiga yetkaziladi. Qovurish paytida go' shtga shira va yog' quyib turiladi. Tayyor bo'lgan go'sht porsiyalarga kesiladi va berayotganda ustiga go'sht shirasi quyib beriladi.
rasm. Kotletlar
rasm. Biqin go`sht.
Biqin go'sht. Hozirlangan yarim tayyor mahsulotga tuz, murch sepilib qizdirilgan yog'li tovaga solinadi va kerakli darajada tayyor bo'lgunga qadar 20 minutcha qovuriladi.
Suzib berishda maxsus idish yoki porsiyali idishga qovurilgan kartoshkali yoki 3-4 xil sabzavotdan iborat murakkab garnir solinib, yoniga biqin go'st qo'yiladi, ustiga go'sht shirasi, sariyog` quyib beriladi.
Biqin go'shtni qayla bilan ham suzib berish mumkin. Biqin go'shti qovurilgan bug'doy uni noni bo'lagi ustiga qo'yilib, asosiy qizil qayla yoki tomat qaylasi quyiladi, qovurilgan kartoshkadan iborat garnir alohida idishga suzib beriladi.
Langet. Hozirlangan yarim tayyor mahsulotga tuz va murch sepilib, qizdirilgan yog'li tovaga solinadi va baland olovda 7-8 min qovurib tayyor holatga keltiriladi.
|
| |