Taomlar tayyorlash texnologiyasi fani orqali bolalarda ko`nikma va malakalarni hosil qilish




Download 68,14 Kb.
bet5/6
Sana21.02.2024
Hajmi68,14 Kb.
#160309
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akbarova. Kurs ishi3

2.2 Taomlar tayyorlash texnologiyasi fani orqali bolalarda ko`nikma va malakalarni hosil qilish
Respublika hukumatining eng muhm vazifalaridan biri aholining iste’mol tovarlariga ya’ni oziq-ovqat masulotlariga nisbatan o‘sib borayotgan talabini qondirishdir. Chunonchi, aholi oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlanishi natijasida ularning farovon hayot kechirishlari uchun asos yaratiladi. Bu talabni qondirish oziq-ovqat korxonlari sonini ko‘paytirish va oziq-ovqat xom ashyo bazasini kengaytirish, hamda ulardan ratsional foydalanish, tarmoq korxonlariga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, orqali hal etadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining barcha tarmoqlarini o‘zaro uyg‘unlashishi (integratsiyalashuvi) hamda ixtisoslashishi natijasida aholining ikki xil ehtiyojini qondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarilib, iste’molchilarga etkazib berilishi zarur. Ulardan birinchisi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish. U oziq-ovqat mahsulotlari majmuasiini tashkil etadi. Unga non va non mahsulotlari, qandolat, shakar, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, choy, uzum vinosi, kon’yak, aroq, turli xildagi konservalar va boshqa mahsulotlar kiradi. Bu oziq-ovqat mahsulotlari inson organizmi uchun zarur moddalarni berib, uning sog‘lom o‘sishini ta’minlaydi. Shu bilan birga agrosanoat majmuasi aholi uchun hayot kechirish jarayonida foydalaniladigan tovarlar ishlab chiqaradi. U xalq iste’moli mollari majmuasini tashkil etadi. Unda oyoq kiyimi, kiyim-bosh, gazlamalar, sanoat spirti, texnika yog‘lari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Shu majmua rivojlanishi bilan aholining yashash sharoiti o‘zgaradi. Bu erda aholining zarur bo‘lgan boshqa buyumlar, vositalar, shuningdek, uy-joy bilan ta’minlanishi, unga turli xildagi xizmatlar ko‘rsatilishi va boshqalar ham e’tiborga olinishi kerak. Aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi davlatning oziq-ovqat xavfsizligiga ham bog‘liq. Chunki mamlakat miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi unga bo‘lgan mamlakat ehtiyojini tashqi omillarga (chet el davlatlariga) bog‘lanmagan holda ta’minlashi lozim. SHuning natijasida mamlakat miqyosida siyosiy-iqtisodiy hamda ijtimoiy barqarorlik ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda uning un va un mahsulotlariga bo‘lgan talabi asosan respublikaga chetdan keltiriladigan mahsulotlar evaziga qondirilardi. Bu holatni respublika mustaqilligi davrida saqlab qolish mutlaqo maqsadga muvofiq emas edi. Shuning uchun ham respublika hukumati o‘tish davrining birinchi yillaridan boshlab g‘alla mustaqilligi siyosatini izchillik bilan amalga oshirildi. Bunga erishish uchun samarali hisoblangan paxta xomashyosi ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga harakat qilindi. Natijada «ikkinchi non» hisoblangan kartoshka etishtirish ham rivojlantirildi. Hozirgi davrda mahsulotning bu turi chet eldan sotib olinayotgani yo‘q, chunonchi, bu borada ham davlat xavfsizigiga erishilmoqda, lekin hozirgi davrda respublika aholisining go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, yog‘ mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi tibbiyot 4 normativiga nisbatan ancha past. Bu masalani hal etish maqsadida agrosanoat majmuasi markaziy bo‘g‘ini hisoblangan qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini intensiv rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bunda chorvachilik tarmoqlarini ustuvor sur’atlarda rivojlantirishga harakat qilinmoqda. Jumladan, parrandachilikni sanoat negizida rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Qoramolchilik, qo‘ychilik bilan shug‘ullanadigan nodavlat korxonalari uchun har tomonlama iqtisodiy imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularni moliyaviy mablag‘lar bilan barqaror ravishda ta’minlash maqsadida imtiyozli kreditlar berish yo‘lga qo‘yilmoqda, soliq imtiyozlari berilmoqda, ularning ishlab chiqarishlari uchun zarur bo‘lgan, chet ellardan keltirilayotgan vositalar bojxona to‘lovlaridan ozod etilmoqda. Bularning hammasi xalq iste’moli mollari miqdorini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, inson salomatligi va umrining uzoqligi 70% uning ovqatlanish va hayot tarziga, 20% tibbiy xizmat holatiga va 10% uning hayotiy tug‘ma ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Keltirilgan ma’lumotlar inson salomatligining holati va umrini uzaytirishda oziq – ovqat va uni ishlab chiqaruvchi sanoatning ahamiyati haqida aniq tasavvur beradi. O‘simlik xomashyolarini qayta ishlovchi korxonalarining o‘zi xomashyoni birlamchi qayta ishlovchi va xomashyoni ikkilamchi qayta ishlovchi soxalar korxonalariga ajratiladi. Xomashyoni birlamchi qayta ishlovchi korxonalarga un-yorma, sochma shakar, konserva, birlamchi vinochilik, spirt, tamaki va choy yaprog‘ini birlamchi tayyorlash, o‘simlik moyi ishlab chiqarish korxonalarini kiritish mumkin. Ularning xomashyosi don, meva va poliz ekinlari xosili, moyli urug‘lar va hokazo. Xomashyoni ikkilamchi qayta ishlovchi soxalar korxonalariga non, makaron, konditer, oq qand, ikkilamchi vinochilik, choy tortish va sigareta tayyorlash, yog‘ni qayta ishlash korxonalari (margarin, mayonez, sovun) kiradi. Bu korxonalar xomashyosi esa birlamchi qayta ishlash korxonalarining maxsulotlari: un, sochma shakar, o‘simlik moyi, vinomateriallar va hokazo. Oziq-ovqat sanoati maxsulotlarining turi qanchalik ko‘p bo‘lsa, xomashyolar xam turlitumandir. Shuning uchun ularni xam asosiy xususiyatlariga yoki kimyoviy tarkibiga ko‘ra ayrim guruxlarga bo‘lish mumkin. Masalan, quruq o‘simlik xomashyolari va xo‘l o‘simlik xomashyolari guruxlariga yoki uglevodli xomashyolar, moyli xomashyolar, oqsilli xomashyolar va efir-moyli xomashyolar guruxlariga bo‘lish mumkin. Har qanday xomashyo biomaterial bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari kimyoviy tarkibi, xujayra va to‘qima strukturasi elementlari kabi ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Bu xomashyolar kimyoviy tarkibiga oqsillar, uglevodlar, lipidlar, vitaminlar, fermentlar va mikroelementlar kiradi. Har bir guruxga mansub xomashyolar sifati o‘ziga xos kattaliklar bilan o‘lchanadi va aniqlanadi. Bu kattaliklar xomashyoning fizik, ximyoviy, texnologik, organoleptik va boshqa xususiyatlarini ko‘rsatuvchi kattaliklar guruxlariga bo‘linadi. Xususan, donning sifat ko‘rsatkichlari besh guruxga bo‘linadi: botanik-fiziologik ko‘rsatkichlar – o‘simlik turi, navi, unib chiqish davri va miqdori, unish energiyasi; organoleptik ko‘rsatkichlar – rangi, mazasi, hidi; fizik ko‘rsatkichlar – shakli va o‘lchamlari, absolyut va natural og‘irligi va boshqalar; mexanik ko‘rsatkichlar – taranglik moduli, sochiluvchanligi, qovushqoqligi va boshqalar; kimyoviy ko‘rsatkichlar – namligi, kul miqdori, kleykovina miqdori, kislotaliligi va boshqalar; texnologik ko‘rsatkichlar – donning un ishlab chiqarish, non ishlab chiqarish yoki makaron ishlab chiqarish uchun yaroqli ekanligini ko‘rsatuvchi maxsus kattaliklar. O‘simliklar o‘sish davrida ularning yaprog‘ida, poyasida, urug‘ida va mevasida asosan foydali moddalarning sintez jarayonlari borsa, qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlashda asosan gidroletik – parchalanish jarayonlari boradi. Biroq, yig‘im terimdan keyin dastlab xomashyoda terimdan keyingi pishish bosqichi jarayonlari bo‘ladi, unda o‘sish davridagi sintez jarayonlari oxiriga etadi. Undan keyingi saqlash davrida xomashyo terimdan keyingi pishish bosqichidan asta sekin tinch holat bosqichi jarayonlarini kechiradi. Bunday tabiiy tinch holatda fiziologik jarayonlar minimal bo‘lib, unib chiqish kuzatilmaydi. Biroq nafas olish jarayonida fermentlar ishtirokida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari borib, xomashyo issiqlik va karbonat angidrid ajratadi, toksinlar parchalanib, xomashyoning immuniteti oshadi. Bu xolatda xomashyo asosiy zaxira moddasining sarfi nihoyatda kam bo‘ladi. Bu xolatni saqlab qolishda eng asosiy omil bu past temperaturadir. Tinch xolatini yo‘qotgan xomashyo sifatining buzilishi tezlashadi. Bu xomashyolar turiga ko‘ra o‘z-o‘zidan qizish, fiziologik aynish va oxirgi bosqichda unib chiqish biokimyoviy va kimyoviy jarayonlarini kechirib, mutlaqo yaroqsiz xolga keladi. Xomashyoni saqlash rejimlari - temperatura, nisbiy namlik va muhitning gaz tarkibidir. Masalan don massasini saqlashning uchta rejimi mavjud: quruq xolatda (kritik namlikgacha bo‘lgan); sovutilgan xolatda; kislorodsiz sharoitda. Bunday rejimlarda korxonalarda 3-4 oy, silos elevatorlarda 2-3 yil, maxsus skladzarda 4-5 yillab donni saqlash imkoniyatini beradi. Meva va sabzavotlarni saqlash sovutilgan xolatda ikki xil: sovutilgan va muzlatilgan usulda amalga oshiriladi. Xar bir meva va sabzavotni yaxshi saqlashning asosiy sharti bu optimal tanlangan sovutish xarorati va nisbiy namlikdir. Masalan, olmalar -0,5 dan +0,50C; danaklilar 0 0C ; mandarin 0,3 dan 20C gacha bo‘lgan xaroratlarda va xavoning nisbiy namligi danaklilar uchun 80-85% ; olma, uzum, nok uchun 85-90% ; sitruslar uchun 78-83% optimal sharoit hisoblanadi. Kartoshka 00C gacha va undan past xaroratlargacha sovutilmasligi kerak. Meva va sabzavotlarni saqlashning universal sharoitlari mavjud emas. Har qanday meva sabzavotning, optimal sharoitda ham, saqlanish muddati davomiyligi uning individual xususiyati bo‘lib, ma’lum chegaraga ega. Olma, uzum, karam, ayrim piyoz navlari kabi meva va sabzavotlar 6-7 oygacha saqlansa, pomidor, bodring, yashil sabzavotlar, danakli va yumshoq mevalar bir necha xafta yoki uzog‘i 2-3 oy saqlanishi mumkin. Xomashyolarni qayta ishlashga tayyorlash usullari turli xil bo‘lib, qaysi usulni qo‘llash xomashyoning turiga, fizik xolatiga va keyingi qayta ishlanish uslubiyatiga bog‘liq. Bunda turli quruq-sochiluvchan xomashyolarni qayta ishlashga tayyorlash usullari o‘xshash bo‘lsa, turli suvli xomashyolarni qayta ishlashga tayyorlash usullari ham o‘xshash bo‘ladi. Yog‘-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining etakchi tarmoq-laridan biridir. O‘zbekistonda qadimdan o‘simlik moyi kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i, paxta chigiti, poliz ekinlari urug‘laridan juvozlarda olingan. Respublikada yillik kuvvati 3,5 mln. tonna moyli o‘simlik urug‘larini qayta ishlaydigan korxonalar ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog‘ida paxta, soya, raps moylari, meva danaklari hamda sabzavot urug‘laridan moy olinib, oziq-ovqat, atir-upa va farmatsevtika sanoatlari tarmoklarida ishlatiladi. Yog‘ moy sanoatida bu moylardan margarin mahsulotlari, mayonez, kir sovun, atir sovun, texnika maksadlari uchun boshqa turli mahsulotlar ishlab chikariladi. O‘simlik moyi ishlab chikarishda yiliga o‘rtacha 2,1 mln. tonnadan ko‘prok paxta chigiti ishlatiladi. Yog‘-sanoati korxonalari YoMK (yog‘-moy kombinati), MEZ (moy ekstraksiya zavodi) va turli xususiy kichik korxonalar ko‘rinishidagi ayrim sexlar ko‘rinishida ishlamoqdalar. Barcha ishlab chiqarish va qayta ishlash sexlaridan tashkil topgan yog‘-moy kombinatining umumiy sxemasi quyidagi sxemada keltirilgan bo‘lib, unda xomashyo va material xarakati bo‘yicha ishlab chiqarish bo‘limlarining ketma-ketligi va bog‘liqligi keltirilgan. Sexga kelayotgan rafinatsiyalanmagan forpress paxta moyi 1-tarozli bak orqali 2- nasos yordamida 3-neytralizatorlarga beriladi. Neytralizatorga ikkinchi tarafdan ya’ni, 5- sig‘imdan kerakli konsentratsiyadagi ishchi ishqor eritmasi asta sekinlik bilan purkab beriladi, so‘ngra 30- 45 minut davomida aralashtiriladi. Moy tarkibidagi hosil bo‘lgan soapstok zarrachalarini yiriklashtirish maqsadida, moy massasiga nisbatan 1-3% miqdorda 4-sig‘im orqali suv yoki tuzli suv beriladi va 15-20 minut aralashtiriladi. Shuningdek, ushbu sig‘imda suv o‘rniga osh tuzi eritmasini ham hosil qilish mumkin. Odatda osh tuzi soapstok qiyin ajralgan paytlarda yaxshi yordam beradi.Soapstokni to‘liq ajralishi uchun 8 soat davomida moy neytralizatorda tindirish uchun qoldiriladi. Bu vaqtda soapstok zarrachalari neytralizatorning konussimon qismiga cho‘kib to‘planadi. Ajralgan soaptok o‘z oqimi bilan 9- soapstok uchun mo‘ljallangan sig‘imga ajratib olinadi, u erdan soaptok 10-nasos yordamida qayta ishlashga uzatiladi. Neytrallash jarayoni 20-25ºC haroratda boshlanadi va 50-55ºC haroratda jarayon to‘xtatiladi. Neytralizatorlarda neytrallash jarayoni aralashtirgichning aylanish soni 50-60 ayl/min holatida 30 min dan 60 min gacha davom etishi mumkin. Neytrallangan moy tarkibidagi ortiqcha ishqor va sovun qoldiqlaridan tozalash uchun nasos yordamida 8-vakuum yuvish quritish uskunasiga uzatiladi. Bu erga 6-sig‘imdan moy massasiga nisbatan 8-10% miqdorda ikki marta suv beriladi va moy ikki yoki uch marta yuviladi. Yuvish sovunga sifat tahlili salbiy natija bergandagina to‘xtatiladi. Yuvish tugagandan keyin moyni tindirib suvni cho‘ktiriladi so‘ngra moy 90-95˚S haroratda 40-50 mm simob ustuni qoldiq bosim ostida quritiladi. Quritilgan moy tarkibida 0,1% gacha namlik qolishiga ruxsat beriladi. Hosil bo‘lgan yuvindi suv 11-moy tutqichga uzatiladi, u erda moy tutib qolinadi va ajralgan texnik moy 12-nasos yordamida jarayonga qaytarib beriladi, suv esa tozalash tizimiga uzatiladi. Yuvilgan moy tarkibidagi sovun qoldiqlari va ortiqcha ishqor miqdori buyicha nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng, nasos yordamida 21-oqlash apparatiga uzatiladi. Oqlash apparatiga moy massasiga nisbatan 1-3% miqdorda, ba’zi hollarda 5% miqdorda oqlovchi tuproq bilan ishlov beriladi. Oqlash apparatiga oqlovchi tuproq uskunada hosil qilingan vakuum yordamida 7-sig‘imdan so‘rib olinadi. Oqlash apparatida vakuum 40-60 mm simob ustuni qoldiq bosimida quritiladi. Oqlash harorat 90-95˚C gacha etkazilib, 30 min atrofida aylantirib turgan holda amalga oshiriladi. Oqlash va yuvish quritish jarayonlari uchun vakuum 13-tomchi yig‘gich, 14-kondensator, 15-kondensat yig‘gich va 16-vakuum nasoslar yordamida hosil qilinadi. Moy tarkibidagi rang beruvchi moddalarni o‘ziga adsorbsiyalagan oqlovchi tuproq 12- sig‘imga ajratib olinadi, u erdan tarkibidagi moydan ajratish maqsadida moyizlantirishga yuboriladi. Moy va oqlovchi tuproqli aralashma 17- nasos yordamida 18-vertikal plastinkali filtrga beriladi. Filtrlangan moy standart talablariga javob bermasa jarayonga qaytariladi. Vertikal filtrdan ajralgan oqlovchi tuproq 23-sig‘im orqali moysizlantirilib so‘ngra qayta ishlashga beriladi. Moy 19-polirovkali filtrlarda ikkinchi marta filtrlanib 20-sig‘imga beriladi va u erdan davriy dezodaratorga xidsizlantirish maqsadadida uzatiladi. Dezodoratsiyaga berilayotgan moy nasos 24 va sig‘im 25 orqali amalga oshiriladi. Margarin sariyog‘ga o‘xshash yog‘ sifatida 1869 yilda fransuz kimyog‘ari Mej-Mure tomonidan ishlab chiqarilgan. U eritilgan mol yog‘ining tez eriydigan qismini sigir oshqozanidagi zardob yordamida emulsiyalashni taklif etdi. Xosil bo‘lgan aralashmani yax suvda sovutilganda yarim qattiq och sariq rangli yaltiroq maxsulot xosil bo‘ldi. Mej-Mure uni margarin deb atadi. (Margjaret – fransuzcha – marvarid). Ya’ni marvarid ma’nosini bildiradi. Margarin – bu mayda zarrachali emulsiya bo‘lib, uning tarkibiga: yog‘lar, sut, tuz, shakar vitaminlar fosfatidlar, emulgatorlar va boshqalar kiradi. Birinchi margarin zavodlari 1930 yilda Moskva va Sankt-Peterburgda ishga tushirilgan. Respublikamizda Toshkent yog‘-moy kombinatida qattiq va yumshoq margarin ishlab chiqarilmoqda. Moylarning ozuqa qiymati ularning energetik qiymati va fiziologik ta’siri Bilan belgilanadi. Margarin kishi organizmiga singishi jixatidan sut yog‘idan past emas va energetik qiymati jixatidan esa undan yuqori turadi. Ma’lumki mayda zarrachali emulsiya holatidagi yog‘lar kishi organizmiga yaxshi singadi. Bunga yog‘larning erish xarorati ham ta’sir etadi. Shu sababli, margarin uchun ishlatiladigan yog‘larning xususiyatlari asos qilib olinib, masulotning erish arorati 31-340C dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Margarinda mavjud bo‘lgan essensial (to‘yinmagan) yog‘ kislotalar uning fiziologik qiymatini oshiradi. Demak, zamonaviy o`qitish tizimining vazifasi talabaning individual qobiliyatini hisobga olish va rivojlanishtirishdan iborat bo`lishi kerak. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi sharoitida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning farqli xususiyatlari bilan ajralib turadi. Mashina va jihozlar unumdorligi, ular puxtaligining ko`p marotaba oshganligi tufayli mahsulot birligiga sarf qilinadigan energiya ham bir necha marotaba kamayadi. Bu sharoitlar kadrlar tayyorlash tizimiga tegishli talablar qo`ymoqda. Ilmiy texnika taraqqiyotining jadallashuvi sharoitida oldingi davrda ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori sifati va puxtaligi bilan ajralib turmas edi. Shuning uchun, mahsulotlar uchun kafolatli ta‘mir muddatlari o`rnatilgan bo`lib, kafolatli ta‘mir esa, ishlab chiqarish korxonalari hisobidan bajarilar edi. Mazkur sharoitlarda an‘anaviy o`qitish tizimi, ishlab chiqarish talabiga javob berar edi. Ishlab chiqarish sharoitining o`zgarishi bilan an‘anaviy o`qitish asosida tayyorlangan mutaxassislar malakasi qo`yiladigan talablarga javob bera olmay qo`ydi. O`qitishning ommaviyligi o`sib kelayotgan ko`pchilik kadrlarni tayyorlash, sifat darajasini ishlab chiqariladigan mahsulot sifatining o`sish sur‘atidan, ya‘ni ilmiytexnik taraqqiyoti jadallashuvidan ancha orqada qola boshladi. Bu holat, bir tomondan pedagogik texnologiyaning sodir bo`lish zaruriyatini tasdiqlasa, ikkinchi tomondan u ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvining mahsuloti ekanligini namoyish etadi. Shu sababli, ilmiy texnik taraqqiyot tezlashuviga ikki, uch va undan ortiq fanlar tutashuvida paydo bo`ladigan yangi fanlarning ta‘sirini alohida ta‘kidlash zarur bo`ladi. Pedagogik texnologiya ham ikkita fan – «pedagogika» va «texnologiya»lar tutashuvlarida paydo bo`lgan yangi fanlardan biridir. Pedagogik texnologiya ilmiy texnika taraqqiyoti jadallashuvi talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta‘minlash imkoniyatini yaratdi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari tegishli davr talablari asosida ham paydo bo`ldi. «Pedagogika» bu o`tmish va tajribali avloddan hayot uchun zaruriy bo`lgan ijtimoiy tajribalarni yosh avlodga berish va uning yosh avlod tomonidan faol o`zlashtirish qonuniyatlarini o`rganadigan fandir. Jamiyat taraqqiyoti, har qaysi yangi avlod o`zining o`tmish avlodidan qolgan merosni egallab, uni boyitib, keyingi avlodga qoldirish orqali ta‘minlanadi. «Pedagogika» atamasi qadimgi Yunoniston (Gresiya)da paydo bo`ladi, uning negizini «pedagog» so`zi tashkil etadi. Qadimgi Yunonistonda o`quvchini ta`lim muassasasiga 11 kuzatib boruvchi, unga xizmat qiluvchi qulni pedagog (Yunoncha «pays» - bola, «agogoeyn» - yetaklovchi) deb ataganlar. Ya‘ni pedagog so`zi «bola yetaklovchi» ma‘nosini anglatadi. Ta`lim muassasasida mashg`ulotlarni o`qituvchilar – «didiska»lar o`tar edi («didasko» - men o`qitaman, keyinroq «didaktika» - o`qitish nazariyasi paydo bo`ladi). Mazkur fanning bu sohasi falsafa fani negizida amalga oshirilar edi. XVIII asrning boshlarida ingliz faylasufi va tabiatshunos olimi Frensis Bekon (1561-1626 yy.) tomonidan pedagogika falsafadan chiqarib olingan edi. U 1623 yili «Afzalliklar va fanlarning ko`payishi haqida» nomli chop etilgan asarida, pedagogikani bilimning alohida sohasi sifatida «O`qishga qo`llanma» haqidagi fan deb atadi. Ushbu asrda pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi maqomi, mashhur chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1592-1670 yy.) asarlari va obro`i tufayli mustahkamlandi. U o`zining mashhur «Buyuk didaktika» asarida, o`quv ishining nazariyasi va uni tashkil etishining asosiy masalalarini ishlab chiqdi. Pedagogikaning predmeti - bu o`rganish, ta‘lim, tarbiya sharoitida inson shaxsining rivojlanish va shakllanishiga yo`naltirilgan jarayoni deb hisoblanadi. Shunday qilib, pedagogika, inson shaxsining rivoji va shakllanish mohiyatini o`rganish haqidagi fan sifatda namoyon bo`ladi. Shu asosda o`qitish va tarbiya nazariyasi va uslubiyoti maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon sifatida belgilanadi. Pedagogika fan sifatida, ommaviy o`qitishni tashkil etishni talab etadigan, kengaytirilgan ishlab chiqarish yo`lga qo`yilayotgan davrda paydo bo`ldi. «Texnologiya» esa, materiallar, yoki yarim fabrikatlarni olish, ishlov berish va qayta ishlash usullarini ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiy fandir. «Texnologiya» atamasi ham qadimgi Yunonistonda paydo bo`ldi va u, ikkita so`z – «texne» - san‘at va «logos» - o`rganish – dan iborat. Ushbu davrda, bu hunarmandning maxsulotni tayyorlash san‘atiga, ustozi rahbarligi ostida (mashqlar tufayli) o`zining tirishqoqligi va tabiiy iqtidori orqali erishishini anglatar edi. Hunar o`rganish individual tarzda amalga oshirilar edi. Kopgina hollarda, kasbhunar sir-sanoatlari, faqat avloddan avlodga, oilaviy qarindosh urug`larga o`rgatilar edi. Avloddagi uzilishlar, ma‘lum bir kasb sir-sanoatlarini yoqolishiga olib kelgan 12 hollar ham mavjud. Misol tariqasida, qadim Sharqdagi masjit - madrasalarning tashqi va ichki devorlari, gumbazlaridagi naqshlar tabiiy boyoqlarining tayyorlanish sirlari yo`qolib ketganini keltirish mumkin. Bu bo`yoqlar hanuzgacha odamlarni o`zining tabiiyligi, chiroyi, ranglarining jilosi, betakrorligi, o`zidan nur sochib turishi, uzoqqa chidamliligi bilan maftun etib kelmoqda. «Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga – XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishining paydo bo`lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o`q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi sabab bo`ldi. Bunday murakkab va mehnattalab mashina va jihozlarni ishlab chiqarish faqat texnologik jarayon asosida aniq ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar yordamida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda – xom ashyo, materiallar, yarim fabrikat va mahsulotlarni olish, ishlov berish, qayta ishlash yo`llari va usullarining murakkab jarayonlarini o`zaro bog`liq, ketma-ket va aniq bajariladigan harakat, operatsiyalarga bo`lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishga asos bo`ladi. Bizning davrda, texnologiya deb, ma‘lum ishni bajarish san‘ati tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o`rganish taqozo etiladi. Jamiyat va ta‘limning rivoji – bu ikkisi chambarchas bog`liq, yagona tizim bo`lib, uni «jamiyat-ta‘lim» tizimi sifatida tasvirlash mumkin. Bu tizim ishlab chiqarish usuli, o`qitish vositalari va o`qitish tizimi omillari bilan belgilanadi XX asrning ikkinchi yarmida «Pedagogik texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishi va uning asosiy rivojlanish bosqichlari, o`qitish tizimining rivojlanish ob‘ektivligi yaqqol aks ettirilgan. Zamonaviy rivojlanish, fan jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanganligi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, pedagogik texnologiyaning paydo bo`lishi, o`qituvchilik faoliyati ham, boshqa ishlab chiqarish faoliyatlaridek, faoliyat turi ekanligi bilan bog`liqdir. Pedagogik texnologiya atamasi, hali yakdillik bilan izohlanmagan, shuning uchun uning turlicha ta‘riflari mavjud, lekin atamaning yakdillik bilan izohlanmaganini inobatga olib, unga nufuzli YuNESKO tashkiloti tomonidan berilgan ta‘rifiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini rivojlantirish markazi xulosasiga asosan, pedagogik texnologiya ijtimoiy hayotning turli sohalari bilan o`zaro bog`liq ravishda shakllanib, rivojlanish natijasida turlicha ko`rinishlarda namoyon bo`ladi: Nazariy fan sifatida pedagogik texgologiya o`z maqsadi, vazifalari, muammolari, metodologiyasi va boshqa nazariy asoslariga ega. O`quv fan ko`rinishda - pedagogik texnologiyalarni ijtimoiy xodisa, nazariy fan, o`quv - tarbiya tizimi, jarayoni, pedagogik faoliyat va uning uslublari, aloqador fanlarning ilmiytadqiqot soxasi sifatida, turli ta‘lim muassasalarida belgilangan.
Xulosa
Xulosa o`rnida, o’zbek oshpazligi va pazandalik san’ati ham san’atning boshqa tarmoqlari kabi doimo o’zgarib, tabora boyib brogan. Ovqat pishirish boshlang’ich jamoa tuzumida-yovvoyilik ning o’tabosqichida kelib chiqqan deyish mumkin .Bu davrda odamlar davrni kashf etganlar ,baliq ovlab olingan turli hayvonlarni pishirib ovqat sifatida istemol qila boshlaganlar .Olovdan foydalanish natijasida odamlar har xil hayvon va o`simliklarning oziqalik sifatini ajrata oladigan bo`lganlar , shu bilan birga taomlarning har xil turlarini kashf etishga asos solganlar. O`zbekiston xududida asrlar davomida dehqonchilik, bog`dorchilik ,chovachilik,taraqiy etgan kishi hayotdagi ikir-chikirlardan yuqori ko`tarila olishi, o`zining diqqat-e`tiborini asosiy, muhim narsaga qarata bilishi muhimdir. Aks holda, uni kundalik mayda-chuyda janjallar va ular bilan bog‘liq salbiy hissiyotlar «yeb bitirishi» mumkin. U doimiy ravishda achchig‘lana boshlaydi, atrofdagilar bilan o`z munosabatlarida vazminlikni yo‘qota boshlaydi, o`qituvchilik kasbi haqida gap ketganda bunga aslo yo`l qo`yib bo`lmaydi. Akademik D. S. Lixachyov maqsadning kishilar hayoti va his-tuyg‘ulariga ta`siri to`g‘risida qiziqarli yozadi: «Kishi hayotda erishadigan ko`p narsalar — uning hayotda qanday mavqeni egallashi, boshqalarga nimalar berishi va o`zi uchun nimalar olishi — uning o`ziga bog‘liq. Muvofaqiyat o`z-o`zidan kelmaydi. U kishining hayotda nimani muvofaqiyat deb hisoblashiga, u o`ziga qanday baho berishiga, qanday vaziyat yo`lni tanlaganiga, nihoyat, uning hayotdagi maqsadi qandayligiga bog‘liq... Har bir kishida kichik va muvofaqiyat shaxsiy maqsadlardan tashqari, hayotda albatta katta, shaxsdan yuqori turadigan maqsad ham bo`lishi kerak, shunda muvofaqiyatsizliklar ehtimoli kam darajaga keltiriladi. Haqiqatda ham shunday. Kichik maqsadlarda ro‘y berishi mumkin bo`lgan muvofaqiyatsizlik ulushi hamisha katta bo`ladi. O`z oldingizga sof maishiy vazifani — yaxshi narsalar sotib olish vazifasini qo`ydingiz, lekin sizga ikkinchi navli narsa tegib qoladi. Bunday hol juda tez-tez sodir bo`lib turadi. Agar, bu kichik vazifa siz uchun asosiy vazifa bo`lsa, siz endi o`zingizni omadsiz deb his qilasiz. Agar, bu kichik maqsad siz uchun «yo`l-yo`lakay» maqsad bo`lsa, siz uni «yo`l-yo`lakay» va kichik maqsad deb his qilsangiz, o`zingizning bu «muvofaqiyatsizligingizga» unchalik e`tibor ham bermaysiz. Siz unga juda xotirjam munosabatda bo`lasiz. Pedagog —avvalo grajdan bo`lib, fe`l-atvorining butun ehtirosi bilan adolat uchun kurashmog‘i lozim», degan bir adib 311 Bordiyu, siz o`z oldingizga shaxsdan yuqori turadigan maqsadni, aytaylik, eng umumiy maqsad — odamlarga iloji boricha ko`proq foyda keltirish maqsadini qo`ygan bo`lsangizchi? Bu ulkan hayotiy vazifangizni bajarishda sizga qanday «mavhum» muvofaqiyatsizlik halaqit berishi mumkin? Uni bajarishga har qanday sharoitda ham erishish mumkin, muvofaqiyatsizlik esa, natijasiz narsa, faqat ayrim hollardagina... Umuman, sizga muvofaqiyat kulib boqadi, atrofdagilarning muvofaqiyati va e`tirofi kulib boqadi. Agar, bu vazifada sizning shaxsiy baxtingiz ham bor bo`lsa, bu baxtingiz ta`minlanadi». Albatta, kishi o`z oldiga katta maqsad qo`yganda, ma`yus, g‘amgin, tushkunlik kayfiyatida bo`lishi mumkin. Bunday bo`lishiga sabab shuki, kishi juda uzoq maqsad bilan band bo`lar ekan, boshqa, xususiy, ancha yaqin maqsadlariga erishganidan mutlaqo qoniqmaydi va bu qoniqishni his qilmaydi. U bugun erishgan muvofaqiyatidan, yaxshi o`tkazgan darsidan, muvofaqiyatli o`tkazilgan guruhdan tashqari tadbirdan quvona olmaydi, o`zining kundalik hayoti imkoniyatlaridan foydalanishni bilmaydi.

Download 68,14 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 68,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taomlar tayyorlash texnologiyasi fani orqali bolalarda ko`nikma va malakalarni hosil qilish

Download 68,14 Kb.