• Annotatsiya: maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatishning umumiy qonuniyatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet184/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    SAVOD O‘RGATISH DAVRINI TASHKIL ETISHGA ZAMONAVIY YONDASHUV
    Latipova Dilfuza Hamrayevna 
    Navoiy viloyati Karmana tumaniga qarashli 
    9 – umumiy o‘rta ta’lim maktabining
    boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
    Annotatsiya:
    maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatishning umumiy 
    qonuniyatlari yoritilgan.
    Kalit so‘zlar:
    savod, tayyorlov bosqichi, tovush, alifbo.
    Savod o‘rgatish darslari o‘quvchilarning umumiy kamolotiga, ularda do‘stlik, o‘rtoqlik kabi 
    xislatlarni milliy qadriyatlarni shakllantirish, jamoa ichida o‘zini boshqarish, mehnatsevarlik, 
    halollik, rostgo‘ylik, o‘qishga ongli munosabatda bo‘lish kabi ijobiy xususiyatlarni tarbiyalashga 
    ko‘maklashuvi lozim. Savod o‘rgatish davri sentyabrdan dekabrgacha davom etadi. Savod 
    o‘rgatish jarayoni ikki davrni: alifbogacha tayyorlov davri va alifbo davriga ajratiladi. Tayyorlov 
    davri ikki bosqichga bo‘linadi:
    - tovush – harf o‘rganilmaydigan bosqich;
    - unli tovushlar va harflar o‘rganiladigan bosqich.
    Alifbo davri o‘rganiladigan tovush va harflar, so‘zlarning va bo‘g‘inlarning tuzilishi, murakk-
    ablik darajasiga ko‘ra 3 bosqichga bo‘linadi. Bu davrda bolalarning fonematik eshitish qobiliyat-
    lari o‘stiriladi, o‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari boyitiladi. Boshlang‘ich ta’lim-
    da o‘qish va yozishga o‘rgatish tilshunoslik, pedagogika, adabiѐtshunoslik va metodika sohasida 
    erishilgan yutuqlarga asoslangan, takomillashgan hozirgi zamon analitik-sintetik tovush metodi 
    vositasida amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar nutqini rivojlantirishni nazarda tutadi. Darsda 
    o‘quvchilar gapni so‘zlarga, so‘zni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inni tovushlarga ajratadilar, so‘zdagi to-
    vushlarni tartibi bilan aytishni o‘rganadilar, o‘rganilgan tovushlarni o‘zaro bog‘lab so‘z tuzish 
    va o‘qish yuzasidan mashq qiladilar. Bolalar tovushlarni yozuvda harf bilan ifodalash, harflardan 
    bo‘g‘in va so‘z tuzishga, ularni o‘qishga o‘rganadilar. Gap va bog‘lanishli matnni ongli, to‘g‘ri, 
    bo‘g‘inlab ravon o‘qish, so‘ngra so‘zni butunicha sidirg‘a o‘qish malakasini egallaydilar. O‘qu-
    vchilarni o‘qish va yozishga o‘rgatish baravar olib boriladi. Yozuvda tovushlarni harflar bilan 
    belgilashga, harflar va bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga, so‘z va gaplarni yozma to‘g‘ri shakllantir-
    ishga, talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarni va qisqa gaplarni eshitib yozishga, 
    gapning birinchi so‘zini, kishilarning ismini, shahar, qishloq, ko‘cha nomlarini, ayrim hayvon-
    larga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harf bilan yozishni bilib oladilar.
    Savod o‘rgatish darslarida o‘quvchilarning boshqalar nutqini diqqat bilan tinglash va nima 
    haqida gapirayotganini tushunib olish ko‘nikmalari o‘stiriladi. Bolalar sinfdoshlari oldida 
    gapirishga, o‘qituvchining savollariga javob berishga, topshiriqlarni mustaqil bajarishga, bilmagan 
    va o‘zlari qiziqqan narsalar to‘g‘risida so‘rab bilib olishga, o‘qiganlarini qayta hikoyalashga, 
    o‘zlari kuzatgan, ko‘rgan kinofilmlar hamda eshitgan va o‘qigan hikoya, ertaklari, kuzatgan 
    rasmlari haqida hikoya qilib berishga o‘rganadilar. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar olgan 
    bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar birgalikda o‘qish jarayonida maxsus sinfdan tashqari o‘qish 
    mashg‘ulotlarida bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirishga tatbiq etiladi. Savod o‘rgatish 
    davrida sinfdan tashqari o‘qish haftada bir marta o‘tkaziladi va unga o‘qish darslarining ikkinchi 
    qismidan 15- 20 daqiqa ajratiladi. 
    O‘qish va yozishga o‘rgatish darslarida bolalar ruhiyatini hisobga olgan holda ish turlarini 
    mukammallashtirish talab etiladi, dam olish mashqlari o‘tkaziladi. Metodik qo‘llanmalarda berilgan 
    didaktik o‘yinlardan foydalanib, bir turidan boshqa turiga o‘tiladi va o‘quvchilar toliqishining 
    oldi olinadi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tabiatdagi o‘zgarishlar, 
    kishilarning turli mavsumda bajaradigan mehnatlarini kuzatadilar va shular asosida hikoya 
    tuzishni o‘rganadilar. Bu davrda olib boriladigan barcha ishlarda oila va maktab hamkorligining 
    uzviyligi, o‘zaro muomala madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi. Savod o‘rgatish davrida 
    o‘qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o‘qish va yozish ko‘nikmasi 
    deyiladi. Bu ko‘nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko‘nikma bilimsiz shakllanmaydi. 
    Bilim ko‘nikmaga aylanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv 
    chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o‘quvchi harflarni 


    192

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish