|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б Pdf ko'rish
|
bet | 183/194 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 3,67 Mb. | | #272877 |
Bog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismМай 2021 10-қисм
Тошкент
bajarish zarurligiga qarshi qaratilgan о‘ziga xos norozilik shaklidir.
Kichik maktab yoshidagi о‘quvchilarning xarakteriga xos yosh xususiyatlariga mehribonlik,
qiziquvchanlik, tо‘g‘rilik, ishonuvchanlik kabi ijobiy xislatlar ham kiradi. Kichik maktab
yoshidagi о‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri- taqlidchanlikdir. Kichik maktab yoshidagi
о‘quvchilar kattalarga, ba’zi tengqurlariga, shuning bilan birga yaxshi kо‘rgan kitoblari, kо‘rgan
filmlardagi qahramonlarga taqlid qilishga intiladilar. Bu bir tomondan shaxsiy namuna bо‘lish
orqali shaxsning ijtimoiy qimmatli xislatlarini tarbiyalash imkonini beradi, ikkinchi tomondan esa
ayrim xavfga ham sabab bо‘lishi mumkin, chunki kichik maktab yoshidagi о‘quvchi faqat ijobiy
tomonlarnigina qabul qilmaydi, balki salbiy jihatlarini ham kо‘chirib oladi.
О‘quvchilarda 3-4 sinflardan boshlab burch hissini anglash sezilarli ravishda namoyon bо‘la
boshlaydi. Bu yoshdagi burch hissi hali yetarli darajada barqaror va batamom mustaqil bо‘lmaydi.
N.B.Andrianovaning tadqiqotlariga kо‘ra anglangan burch hissi xususiyatlarining namoyon
bо‘lishi jihatidan о‘quvchilarning tо‘rtta tipga ajratish mumkin. Birinchi tipda burch hissi nisbatan
barqaror bо‘ladi va hayotiy munosabatlarning keng doirasiga tarqaladi. Ikkinchi tip burch hissining
beqarorligi bilan tavsiflanadi, bu tipda burch hissi faqat ayrim ahloqiy xatti-harakatlaridagina
namoyon bо‘ladi. Tо‘rtinchi tip sust rivojlangan burch hissiga ega, bu tipga taalluqli bolalardan
ba’zilari itoatlidirlar. Lekin ularning itoatkorligi ma’lum zaruriyat bilan bog‘liqdir.
Yuqoridagi fiklardan kо‘rinadiki kichik maktab yoshidagi о‘quvchilarda shaxs xususiyatlari,
ahloqiy sifatlar, badiiy estetik did, qiziqish, irodaviy faolliklarning rivojlanishining dastlabki davri
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati
1. Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya: Ucheb. Posobiye. – Rostov : Izd-vo
«Feniks», 1997. – 480 s.
2. G‘oziyev E.G‘. Psixologiya: (Yosh davrlar psixologiyasi). О‘quv qо‘llanma. –T.:
“О‘qituvchi”, 1994, - 224 b.
3. Vigotskiy L.S. Psixologiya razvitiya rebyonka. – M.: Smisl, 2004. - 512 s
|
| |