|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б Pdf ko'rish
|
bet | 182/194 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 3,67 Mb. | | #272877 |
Bog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismМай 2021 10-қисм
Тошкент
KICHIK MAKTAB YOSHIDA SHAXS XUSUSIYATLARINI NAMOYON BО‘LISHI
Abdullayeva Dilbar Ubaydullayevna
Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsent v.b.
psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon:+998(90) 955 0 07
dilbar3007@inbox.ru
Kasimova Madina Rustam qizi
Toshkent davlat pedagogika universiteti
1-bosqich talabasi
Telefon:+998 99 1424656
Annotatsiya:
Maqolada boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining о‘ziga xos xususiyatlari, ularda
shaxs xususiyatlarining namoyon bо‘lishi, ahloqiy sifatlarini rivojlantirishga ta’sir kо‘rsatuvchi
omillar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
kichik maktab yoshi, boshlang‘ich sinf, o‘quvchi, o‘qituvchi, munosabat, shaxs,
ahloqiy sifat, psixologik xususiyat.
Har qanday jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday ta’lim olishiga va qay tarzda
tarbiyalanishiga bog‘liq. Ana shunday avlodgina mamlakat oldida turgan umumdavlat ahamiyatiga
molik vazifalarni bajarishga qodir bо‘lib, о‘z xalqining tarixiy taqdirini belgilab oladi.
Ma’lumki о‘quvchi shaxsini shakllantirish ishlarini namunali yо‘lga qо‘yish uchun avvalo
ularning xarakter xislatlarini qanchalik tarkib topganligini aniqlash maqsadga muvofiqdir
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari ishonuvchan tashqi ta’sirotga beriluvchan bо‘ladilar. Buyuk
allomalarimiz ta’kidlaganidek kishining fe’l atvori hammadan kо‘ra kо‘proq hayotining dastlabki
yillarida tarkib topadi va unda shu davrda paydo bо‘lgan sifatlar mustahkam о‘rnashib kishining
ikkinchi tabiatida ijobiy hissiyotlarni fazilatlarni tarkib toptirish yuksak ahloq normalarini
shakllantirish uchun butun ma’suliyat boshlang‘ich sinf о‘qituvchisining zimmasiga tushadi.
Bolaning mazkur yosh davrida о‘qituvchining har bir gapi har bir xatti-harakati ta’sir kо‘rsatish
uslubi uning uchun haqiqat mezoni vazifasini bajaradi. Chunki о‘quvchilar о‘qituvchilariga qattiq
ishonadilar, uning fikr-mulohazalariga quloq soladilar pedagogik nazokatidan jiddiy ta’sirlanadilar
talablariga hamisha amal qiladilar u bergan topshiriqlarni bekamu-kо‘st bajarishga intiladilar. Ana
shu davrda о‘qituvchi uchun о‘quvchilarning ma’naviyatiga ta’sir kо‘rsatish, ijobiy his-tuyg‘ulari
va ezgu niyatlarini qо‘llab quvvatlash, ularni atrofdagi kishilarga yordam berishga undash tо‘g‘ri
mulohaza yuritishga о‘rgatish noma’qbul qiliqlardan tiyish, tabiat manzaralarini kuzatishga va
musiqa tinglashga odatlantirish, ularga burch hissini tushuntirish, ular bilan о‘qilgan kitoblarni
muhokama qilish imkoniyati tug‘iladi.
О‘qituvchining о‘quvchilar bilan mazmunli suhbatlar о‘tkazishi ularni g‘aroyibotlar olamiga
olib kirishi faollik sari yetaklashi alohida ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab yoshidagi
о‘quvchilarning ahloqiy sifatlarini rivojlantirishda kо‘zlangan maqsadga erishish uchun ularning
yoshi va psixologik xususiyatlarini hisobga olish shart.
Ma’lumki о‘quvchilarning psixologik xususiyatlari har xil bо‘lib, bir о‘quvchiga muvaffaqiyat
bilan qо‘llangan tarbiyaviy ta’sir vositasi boshqa biriga qо‘llanilganda kutilgan natijani bermasligi
mumkin. Tarbiyaviy tadbirlar о‘quvchilarga yakkama-yakka yondashib amalga oshirilsa yaxshiroq
samaraga erishilishi shubhasizdir.
Mana shunday yondashishda о‘quvchi shaxsining xususiyatlariga va uning muayyan davrdagi
psixologik holatiga mos tarbiyaviy vositalarni tanlash va yangi vositalarni topishni talab qiladi.
Bunda о‘qituvchining о‘quvchilarga g‘amxо‘rligi pedagogik odob, о‘z xatti-harakatining natijasini
oldindan kо‘ra olishi muhim rol о‘ynaydi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish о‘qituvchi о‘quvchilarning xususiyatlarini qanchalik
о‘rganganiga bog‘liqdir. Ta’lim jarayonida har bir о‘quvchining psixik dunyosiga oqilona yо‘l
topa olish muvaffaqiyatlarning garovidir.
Kichik maktab yoshidagi о‘quvchilar xarakterida uchraydigan kamchiliklar ya’ni ularning
injiqligi va qaysarligi oila tarbiyasidagi nuqsonlar oqibatidir. Bunday bola о‘zining barcha talab
va hohishlari qondirilishiga odatlanib qolgan bо‘ladi. Boladagi injiqlik va qaysarlik uning maktab
tomonidan о‘z oldiga qо‘yilgan qat’iy talablarga «о‘zi hohlagan ish» ni emas, balki «kerakli ish»ni
|
| |