• Annotatsiya
  • Kalit so’z
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet180/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    ONATILI DARSLARI JARAYONIDA “SO’ZDAN - SO’Z YASASH” USULIDAN 
    FOYDALANISH 
    Botirova Havojon Umidovna
    Chirchiq shahar 10- umumiy o’rta ta’lim 
    maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
    +998976852323 havoxon@bk.ru
    Annotatsiya: 
    Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’qituvchi 
    -o’quvchilarning mustaqil fikrlashiga, o’z fikr va mulohazalarini bayon etishga izlanishga 
    yo’naltiradi, o’qituvchi - o’quvchilar mustaqil o’qishga va izlanishga tayyorlaydi. Asosiysi sinfdagi 
    barcha o’quvchilar darsda ishtirok etadilar.
    Kalit so’z: 
    Pedagogik, texnologiya, maqsad, o’quvchi, millat, zamonaviy, shaxs.
    Yangi pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi o’quvchi - o’quvchilarga samarali 
    bilim berishdan, oqil, ma’rifatli, ayni paytda o’zining o’tmishi, ulug’ qadriyatlari millati bilan 
    faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan malakali ixtisos egalari bo’lib yetishadigan shaxslarni 
    tarbiyalashdan iboratdir. Bugun ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar va tub islohotlar 
    xalqimizning azal-azaldan ilmga tashnaligi va ma’rifatparvarligidan, albatta. O’zbek xalqi qadim 
    zamonlardan farzand tarbiyasi va kelajagiga juda katta e’tibor va ahamiyat berib kelgan. Bugun ham 
    ta’lim tizimining, qolaversa har bir oilaning orzusi tomonlama kamol topgan sog’lom, qobiliyatli, 
    o’z Vatani va xalqiga sodiq insonlarni tarbiyalash va ularni voyaga yetkazishdan iboratdir. Ta’lim 
    jarayonida ilg’or pedagogik uslub va texnologiyalar ta’lim resurslari va multemidia taqdimotlaridan 
    foydalanish o’ziga xos ijobiy natijalar berayotganini alohida e’tirof etishimiz mumkin. Adabiyot 
    darslarida o’qitishning noan’anaviy usullari qo’llash ham yuqori samara beradi. Bunday usullar 
    qo’llanilgan har bir darsda ta’lim oluvchining ehtiyoji va qiziqishlarini, fikrlash qobiliyatini 
    rivojlantiradi, ijodkorligini oshiradi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Biz yoshlarga doir davlat 
    siyosatini hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz, nafaqat davom ettiramiz, balki bu 
    siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz. 
    Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, 
    dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol 
    topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar 
    etamiz”,- deya biz pedagoglar oldiga ulkan va ma’suliyatli vazifa yukladilar. Bu ulug’ maqsadni 
    ro’yobga chiqarish ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan barcha o’qituvchilarning o’z ishigaijodiy 
    yondashish, har bir ishda yuksak samaradorlikka erishish, zamonaviy pedagogik usullarni qo’llab 
    darslarni samarali tashkil etishni talab qiladi. Har bir pedagog shuni doimo hisobga olishi va esda 
    tutishi lozimki, dars o’quv-tarbiya jarayonining asosiy shaklidir. Bugungi kunda zamonaviy dars 
    berishning turlicha usullari qo’llanilib kelinmoqda.
    Dars jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga e’tibor qaratiladi, birinchi 
    navbatda bu amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan soha 
    mutaxassislarining fikricha “Pedagogik texnologiya” bu o’quvchilarni o’qishi, o’rganish va ularni 
    har tomonlama rivojlantirish qonun qoidalarini o’z ichiga olgan pedagogik tadbirlar tizimida 
    iboratdir deyiladi.O’qitish metodi quyidagicha tavsiflanadi: o’qitishning maqsadi, o’zlashtirish 
    usuli, o’quv jarayoni qatnashchilari (o’qituvchi, o’quvchi, talaba)ning o’zaro munosabati.
    O’qitish metodikasi tushunchasi:
    a) pedagogning o’qitish usullari va o’quvchining o’qish usullari hamda o’quvchining o’qituvchi 
    bilan o’zaro bog’langanligini;
    b) o’qitishdan ko’zlangan maqsadga erishish bo’yicha hamkorlikda ishlashning o’ziga xosligi, 
    ya’ni, o’qitish metodlari belgilangan maqsadga yetish uchun ta’lim vazifalarini hal etishda 
    o’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatidir. Har bir pedagog shuni doimo hisobga 
    olishi va esda tutishi lozimki, dars o’quv-tarbiya jarayonining asosiy shaklidir. Dars jarayonida 
    har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga e’tibor qaratiladi, birinchi navbatda bu amalga 
    oshiriladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislarining 
    fikricha “Pedagogik texnologiya” bu o’quvchilarni o’qishi, o’rganish va ularni har tomonlama 
    rivojlantirish qonun qoidalarini o’z ichiga olgan pedagogik tadbirlar tizimida iboratdir deyiladi. 
    Ta’limni texnologiyalashtirish ta’lim jarayonini samaradorligini oshirish va ta’lim oluvchilarni 


    188

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish