|
Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б Pdf ko'rish
|
bet | 181/194 | Sana | 29.09.2024 | Hajmi | 3,67 Mb. | | #272877 |
Bog'liq 10.Pedagogika yonalishi 1 qismМай 2021 10-қисм
Тошкент
berilgan sharoitda hamda ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalariga
erishishlarini kafolatlash maqsadida uni to’liq boshqarish g’oyasini tashkil etishdir. Ona tili va
adabiyot fanidan mavzu tanlandi. Masalan: Cho’lponning “Kecha va kunduz” romanidagi
Zebining baxtsizligiga uning o’zi ham aybdormi? Savoli baxs mavzusi sifatida tanlandi.
Rahbar tinglovchilarni mavzuga munosabatiga ko’ra tinglovchilarni 2 guruhga ajratadi va ularni
o’quv xonasining 2 tomoniga qator qo’yilgan stollarga o’tqizadi va har bir guruh qatnashchilari
qaysi nuqtai nazarni himoya qilishlarini belgilaydi. (Masalan. 1-guruh savolga “Ha” deb javob
beruvchilar, 2- guruh esa”Yo’q”). Shundan so’ng, rahbar tinglovchilarni juftlaydi, har bir juftda
qarama-qarshi qarashlar tarafdorlari bo’lishi kerak. Juftlar tartib raqami yoki alifbo harflari
bilan belgilanadi. O’qituvchi 1-guruh a’zolariga (keltirilgan misolda ijobiy holatni joriy qilish
tarafdorlari) har biri juft sanasi (ramzi) bilan belgilangan katak qog’oz varaqlarni tarqatadi.
Tinglovchilar o’quv xonasining 2 tomonida o’tirib, juftma-juft yozma muloqotni boshlaydilar.
Ta’lim metodlari ob’yektiv xarakterga ega bo’lib, qaysi pedagog qo’llashidan qat’i nazar,
doimiy amal qiladigan mustahkam qonun-qoidalar bilan bog’liq. Ular barcha didaktik qoidalar,
qonunlarning talabi hamda maqsadlarning doimiy komponentlari, o’quv faoliyatining mazmuni,
shaklini ifodalaydi. O’quvchilarning so’z boyligini oshirishga, fikrlash doirasini kengaytirishga
zamin hozirlaydi. Bunda bir so’z tanlab olinadi va harflardan foydalanib boshqa so’zlar hosil qilinadi.
So’ngra hosil qilingan so’zlar so’z turkumlariga ajratiladi. qilingan har bir so’zdagiharflardan yana
so’zlar hosil qilib, klaster usulini davom ettirish orqali o’quvchilardagi savodxonligi oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. V.S. Farbenman Ilg’or pedagogik texnologiyalar. Toshkent, Fan, 2000.
2. S. Fuzallov va boshqalar Ona tili kitobi: 3- sinf uchun darslik. 15-nashri. - Toshkent:
O’qituvchi, 2019.
3. A. G’ulomov, M. Qodirov “Ona tili o’qitish metodikasi”, Toshkent., 2001 yil.
|
| |