• Kalit so‘zlar
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet186/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Mirzoyeva Dilfuza Rajabovna
    Navoiy viloyati Karmana tumaniga 
    qarashli 9 – umumiy o‘rta ta’lim 
    maktabining Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
    Annotatsiya:
    maqolada didaktik vositalar, uslubiy tavsiya va qo‘llanmalar, taqdimot, 
    multimediya ilovalardan foydalanishning metodik jihatlari yoritilgan.
    Kalit so‘zlar
    : AKT, taqdimot, metodika, qo‘llanma.
    Komil insonni voyaga yetkazishda boshlang‘ich ta’lim shubhasiz mustahkam poydevor rolini 
    o‘taydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, 
    dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart! degan so‘zlariga asosan mustaqillik yillarida ta’limni 
    tubdan isloh qilish borasida benihoya ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 2014-yil 19-fevral kuni 
    tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining PQ-2133 sonli ―Sog‘lom bola 
    yili davlat dasturito‘g‘risidagi qarorida boshlang‘ich sinflarda o‘qitish sifatini yaxshilash chora-
    tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘pgina vazifalar belgilab berilgan. Boshlang‘ich ta’lim 
    bo‘yicha Yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti ham mustaqillik davridagi tajribalar natijasi 
    sifatida maydonga keldi. U boshlang‘ich ta’lim darsliklari va metodik qo‘llanmalarining yangi 
    avlodini yaratishda dasturulamal vazifasini o‘tamoqda. 
    Boshlang‘ich ta’lim standartida o‘quvchilarning o‘qish malakalarining sifatlarni va ijodiy 
    fikrlay olishlari, o‘z-o‘zini nazorat qila bilishlari, nutq madaniyatini o‘zlashtirishlari, husnixat 
    bilan savodli yozish ko‘nikmalarini egallashlari alohida qayd etilgan. Boshlang‘ich sinfda O‘qish 
    fani o‘quvchilarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini 
    anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan 
    erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarga xizmat qiladi.
    Mazkur qarorning ijrosi sifatida 1-3-sinf o‘qish fani bo‘yicha multimedia elektron ilovalar, 
    metodik qo‘llanma yaratildi. Bu qo‘llanmada ilg‘or pedagogik va axborot kommunikasion 
    texnologiyalardan foydalanib o‘qitiladigan dars ishlanmalari, multimedia elektron ilovalar, dars 
    jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullar, didaktik o‘yin texnologiyalar, mantiqiy mashqlar va 
    darslikdagi mualliflar haqida ma’lumotlar o‘rin olgan. Ular o‘quvchilarni o‘ylashga, izlanishga, 
    xulosalar chiqarishga undaydi.
    Metodik qo‘llanmalarda o‘quvchilarni to‘g‘ri, tez, ifodali tushunib o‘qish, o‘quvchilarning 
    og‘zaki nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish, so‘zlardan nutqida to‘g‘ri va o‘rinli 
    foydalanishga o‘rgatish maqsad qilib olingan.
    Har bir o‘qituvchi 1-3-sinf o‘qish fanidan yaratilgan ilovali metodik qo‘llanmalardan ta’lim 
    sifatini oshirishda o‘rinli va maqsadli foydalanishi zarur. Ayniqsa, o‘qish darslarida turli janrdagi 
    asarlarning matni ustida ishlashga va ularning xususiyatlari haqidagi mavjud bilimlarini yanada 
    boyitishga alohida e’tibor qaratish lozim. Shuning uchun mazkur metodik qo‘llanmalar mazmuni, 
    unda berilgan didaktik materiallar, savol-topshiriqlarga ilmiy va tanqidiy ѐndashuv asosida 
    amaliyotga tatbiq etish talab etiladi.
    Bolalar adabiyoti o‘quvchilarni ѐshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va Vatanga muhabbat 
    ruhida tarbiyalashda mamlakatimizning qudratli qurolidir. Bugungi davrda bu fanga intilish, 
    qiziqish, o‘rganish, o‘zlashtirish yanada oshdi. Shunday ekan, kichkintoylarga atab yoziladigan har 
    qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo‘lishi, ular qalbida chuqur 
    o‘y-fikrlar uyg‘otishi, yorqin obrazlar va yuksak g‘oyalarga boy bo‘lishi, ularni ulkan va porloq 
    ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda yoritilishi 
    lozim. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ana shu talablarga javob 
    bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogic va psixologik nuqtai nazardan ham alohida 
    ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda avvalo, badiiy tilga suyanadi. Adabiy 
    asarning tili uning g‘oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, 
    obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson 
    yetkazadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy “Mahbub-ul qulub” asarida tilni “ko‘ngil xazinasining 
    qulfi ”, deb ta’riflaydi, kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan so‘zlashga chaqiradi. 


    194

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish