Annotatsiya : ushbu maqolada kimyo fanini tabaqalashtirilgan holda o’qitishning xususiyat- lari va ahamiyati ko’rib chiqilgan. Kalit so’zlar




Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/194
Sana29.09.2024
Hajmi3,67 Mb.
#272877
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Annotatsiya
: ushbu maqolada kimyo fanini tabaqalashtirilgan holda o’qitishning xususiyat-
lari va ahamiyati ko’rib chiqilgan.
Kalit so’zlar
: kimyo, fan, tabaqalashtirilgan o’qitish, anorganik va organik modda. 
Kimyo fanining mazmunini, kimyoviy tushunchalarni asta-sekin rivojlanib borishi asosida, 
ma‘lum tizimga solinishining o’zi, kimyo fanini o’qitishda o’quvchilarni rivojlantiruvchi vosita 
bo’lib xizmat qiladi. Bu borada o’quv jarayonining faollik xususiyati ham muhim ahamiyatga ega.
Kimyoning barcha bo’limlari birin-ketin rivojlanib boruvchi tushunchalar bilan o’zaro 
bog‘langan bo’lib, bu ularni bir butun tizimga birlashtiradi. Kimyo kursida atom-molekulyar 
ta‘limot, davriy qonun, anorganik va organik moddalarning tuzilish nazariyasi, elektrolitik 
dissotsilanish nazariyasi kabi ta‘limotlarning qo’shilib borishi fan mazmunining tuzilishi 
rivojlantiruvchi ta‘limda asos bo’lib xizmat qilishidan dalolat beradi.
Bu borada faqat kuchaytirilgan savollar yetarli bo’lmay, aniq ma‘lumotlarni davriy ravishda 
umuiylashtirish talab etiladi. Umumlashtirish – bu fikrlash faoliyatining yuqori darajasidir. Qolgan 
barcha fikrlash usullari o’quvchilarni umumlashtirishni o’rgatishga tayyorlaydi. O‘rganilgan 
ob‘ektlar orasidagi bog‘liqliklar izlansa, shunda umumlashtirish amalga oshadi.
Umumlashtiriluvchi manba kimyoviy masalalar, qiziqarli ma‘lumotlar yoki turli o’qitish 
metodlari bo’lishi mumkin. Eng qimmatli jarayon o’quvchilarning mustaqil ishlarida amalga 
oshirgan.
Umumiy o’rta ta‘lim tizimida kimyo fanini o’qitishda maxsus umulashtiruvchi mavzular bor. 
Masalan, anorganik moddalarning asosiy sinflariga doir bilimlarni umumlashtirish, anorganik 
kimyoga doir bilimlarni umulashtirish, organik kimyoga doir bilimlarni umumlashtirish kabi 
mavzular o’tiladi va savol-javoblar, genetik bog‘lanishga doir mashq va masalalar yechish orqali 
mustahkamlanadi.
Bilishning oxirgi bosqichi umumlashgan bilimlarni aniqlashtirish va amaliyotga bog‘lashdan 
iboratdir. Shuni ham yodda saqlash kerak-ki, nazariyaga haddan ziyod berilish, rivojlanishga olib 
kelmay, sxolastik tasavvurlarni shakllanishiga olib keladi. Kimyo ta‘limida faol rivojlantiruvchi 
vositalarga quyidagilar kiradi: 
- muammoli o’qitish;
- ko’rgazmali va texnik vositalardan keng foydalanish;
- bilimlarni tizimli nazorat qilish
- mustaqil ishlarning har xil turlari; 
- kimyoviy masalalar tizimi
- o’quvchilarga differensial yondoshish.
Rivojlantiruvchi ta‘limning murakkabligi shundan iboratki, o’quvchilarning rivojlanishi har 
kimda alohida o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, ular bir xil natijaga turli yo’llardan boradi va bu 
yo’llar turlicha vaqt talab etadi.
Kimyo o’quv fanining mazmunini sistemali yozilishi ham kimyoni o’rganishda o’quvchilarni 
rivojlantirish vositasi bo’lishi mumkin, chunki uning asosida kimyoviy tushuncha va bilimlarning 
bosqichma – bosqich rivojlantirish yotadi, shuningdek o’quv jarayonining faolligi ham rivojlantirish 
vositasi bo’la oladi. Sistemalilik maktab kimyo kursi dasturida aniqlangan bo’ladi va u sinfdan sinfga 
tomon o’quvchilarning rivojlanish darajasi oshishini ko’zda tutadi, o’quvchilarning moddalar va 
ularning o’zgarishlari to’g‘risidagi tassavurlarni boyitib borilishi quyidagicha yondashadi.

Download 3,67 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   194




Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Annotatsiya : ushbu maqolada kimyo fanini tabaqalashtirilgan holda o’qitishning xususiyat- lari va ahamiyati ko’rib chiqilgan. Kalit so’zlar

Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish