• Kalit so‘zlari
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    O‘QUVCHILARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
    Babayeva Dilafruz Ramazanovna
    Yunusobod tumani 122-umumta’lim 
    maktabi Psixologi
    Annotatsiya
    : ushbu maqolada o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning psixologik 
    yondashuvlariga oid fikrlar berilgan hamda o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish 
    jarayonining pedagogik-psixologik mohiyati ochib berilgan. 
    Kalit so‘zlari
    : ta’lim-tarbiya, psixologik xususiyatlar, ijtimoiy faolliklar.
    Respublikamizning ijtimoiy hayotida islohotlarning davomiyligini ta’minlash hamda 
    demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish yoshlarimizga, xususan, ularning ijtimoiy faolligiga 
    bog‘liqdir. O‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, balki muntazam 
    tarzda maqsadli ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida shakllantiriladi. 
    O‘quvchi-yoshlar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ularning 
    yoshi va psixologik xususiyatlarini bilish hamda hisobga olishga bog‘liqdir. Bu holat burilish 
    hisoblangan o‘smirlik davrining alohida xususiyati bo‘lib, u ko‘proq shu davrga taalluqlidir. U 
    psixik jarayonlarning, o‘quvchi faoliyatlarining jiddiy ravishda qayta qurilishi bilan bog‘liqdir. 
    Shuning uchun o‘smirlik yoshi o‘zaro munosabat shakllarida, faoliyatni tashkil qilishda qat’iy 
    o‘zgarishlarni talab qiladi. O‘smirlarga ta’lim-tarbiya berishda uchraydigan qiyinchiliklar bu 
    yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi qonuniyatlari va xususiyatlarini ba’zan yetarli darajada 
    bilmaslik yoki inkor qilish natijasida paydo bo‘ladi. Bu davr ijtimoiy faollikni tarbiyalash uchun 
    ancha qo‘l keladi. Chunki bolaning katta odamga aylanish jarayonining o‘zi qiyin, bu jarayon 
    psixikaning, odamlar bilan bo‘lgan munosabat shakllarining jiddiy ravishda qayta o‘zgarishi hamda 
    hayot sharoiti va faoliyatining o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. O‘smirlarga ta’lim-tarbiya berishdagi 
    qiyinchiliklar shundan iboratki, bunda o‘smir bilan bo‘ladigan munosabatlarda uning hayoti va 
    faoliyatini nazorat qilish shakllarini o‘zgartirish muhimdir. Ularga ta’sir qilishning qandaydir 
    yangi usullari va vositalarini topish lozim bo‘ladi. Bunda albatta, har bir o‘quvchi-yoshlar bilan 
    alohida munosabatda bo‘lish maqsadga muvofiqdir. 
    O‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirok darajasiga 
    bog‘liq bo‘lib, shaxsning ijtimoiy borliqqa munosabatini belgilaydi. O‘quvchi shaxsining ijtimoiy 
    faolligi quyidagi ikki jihatdan muhim ahamiyatga ega:

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish